Soliqqa oid huquqbuzarlikning subyektiv tomoni
bo`lib, bunda
g`ayriqonuniy harakatni sodir etgan shaxsni o`z xatti-harakatiga ruhiy
munosabati, aybi (qasd yoki ehtiyotsizligi) hisoblanadi. Jismoniy shaxs
(aytaylik korxona rahbari)ning ehtiyotsizligi, qonunlarni yaxshi bilmasligi
1
Бу ҳaқидa қaрaнг: “Тaдбиркoрлик субектлaрининг xўжaлик сoҳaсидaги ҳуқуқбузaрликлaри учун учун
мoлиявий жaвoбгaрликни eркинлaштириш тўғрисидa»ги Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг фaрмoни.
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. 2005 йил, 26-сoн, 178-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tufayli huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda ham nafaqat jismoniy shaxs,
balki korxona (yuridik shaxs) ham javobgarlikka tortiladi.
Ushbu yuridik tarkib mavjud bo`lgandagina soliqqa oid javobgarlik
yuz berishi mumkin. Soliqqa oid huquq-buzarliklar uchun ikki shakldagi
javobgarlik yuz berishi mumkin. Ular: 1) jismoniy shaxslarning huquqiy
javob-garligi;
2)
yuridik
shaxslarning
iqtisodiy
(moliyaviy)
javobgarligidan iborat.
Soliq to`lovchi tomonidan ortiqcha to`langan summa belgilangan
tartib va muddatlarda unga qaytarilishi yoki kelgusi soliqlar hisobiga
o`tkazilishi mumkin.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan
javobgarlik choralari haqida Soliq kodeksining 132-moddasida aytilgan.
Unda jismoniy shaxslar va korxonalarning mansabdor shaxslari mamuriy-
huquqiy, ji-noiy, fuqarolik-huquqiy, mulkiy javobgarlikka, man-sabdor
shaxslar esa shuningdek, intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi
nazarda tutilgan.
Soliq to`lovchilarga nisbatan qo`llaniladigan iqti-sodiy javobgarlik
moliyaviy jazo choralari, ularning turlari, miqdorlari va qo`llanilish
tartiblari Soliq kodeksining 135-moddasida belgilab qo`yilgan.
Amaldagi qonun hujjatlari soliq to`lovchilar huquq-larini himoya
qilishga, shu jumladan sud orqali himoya qilishga qaratilgan samarali
huquqiy mexanizmlarni na-zarda tutgan. Bunday himoya choralarining
ko`rilishi soliq to`lovchi (uning vakili) tomonidan belgilangan tartib va
muddatlarda taqdim etilgan shikoyat arizasi (sudga davo arizasi) berilishi
bilan bog`langan
1
.
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi amalga kiritilgan vaqtdan
boshlab (1998 yil 1 yanvar) soliq to`lovchilar hisobga turmaganlik yoki
hisobga turish muddatini buz-ganlik, bank hisob varaqlarini ochilishi
haqida xabar bermaganlik, deklarasiya (hisobotlar)ni o`z vaqtida taqdim
etmaganlik, hisob-kitob ishlarini yuritmaganlik yoki no-to`g`ri yuritganlik,
soliqlarni noto`g`ri hisoblab va boshqa aybli xatti-harakatlari uchun
javobgar qilinishlari mumkin.
Soliq munosabatlari sohasida soliq to`lovchi subyektlar tomonidan
sodir etiladigan huquqbuzarliklarning keng tarqalgan ko`rinishlaridan biri
– soliqdan bo`yintovlash, turli yo`llar bilan olinadigan daromadlarni
yashirish hisoblanadi.
1
Бу ҳaқидa қaрaнг: Ўзбeкистoн Рeспубликaси Прeзидeнтининг “Тaдбиркoрлик субектлaрини ҳуқуқий ҳимoя
қилиш тизимини янaдa тaкoмиллaштириш чoрa – тaдбирлaри тўғрисидa”ги фaрмoни. Ўзбeкистoн Рeспубликaси
Қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. 2005 йил, № 23-24, 167 – мoдa
www.ziyouz.com kutubxonasi
Soliqdan bo`yintovlash va uni to`lamaslikka harakat qilishning
usullari, shakllari juda xilma-xil hamda bu hodisa, aytish mumkinki,
jahonning deyarli barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. Shu sababli
soliqdan bo`yintovlash, daromadlarni yashirish hollarini aniqlash paytida,
ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar soliq xizmati organlari tajribasini
o`rganish va ulardan keng foydalanish yaxshi samara berishi mumkin.
Zamonaviy
hisob-kitob
va
tahlil
qilish
vositalari,
kompyuter
texnologiyalarini davlat soliq xizmati organlari faoliyatida keng qo`l-
lanilayotganligi soliq sohasida huquqbuzarliklarni, shu jumladan soliqdan
bo`yintovlashga
urinish
hollarini
oldini
olishga,
bu
sohadagi
huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga yordam
bermoqda.
Ammo, shu bilan birga soliqdan bo`yintovlash usullari ham tobora
takomillashib bormoqda. Shu sababli soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga
qarshi kurash usullari va vositalari ham tinimsiz yaxshilanishi, uning
samaradorligi oshirib borilishi talab etiladi.
Bugungi kunda soliq to`lovchi tomonidan sodir etiladigan va
soliqdan bo`yintovlash» deb baholanishi mumkin bo`lgan holatlarning
taxminiy ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997
yil 23 oktabrdagi 483-sonli qarorida belgilab berilgan bo`lib, unga ko`ra:
hujjatlarni soxtalashtirilishi (tuzatib qo`yish);
Qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
ishlab chiqarishga sarf qilinmagan moddiy xarajatlarni asossiz
hisobdan chiqarish;
korxona xodimlar shtati jadvalida ko`zda tutilgan bo`lsada, aslida
ishlamayotgan xodimga ish haqi yozish hisobiga xarajatlarni ko`paytirish;
savdo-sotiq va xizmat ko`rsatishdan tushgan naqd pulni bankka
topshirmasdan, keyingi hisobot oyiga o`tkazish (realizasiya va daromadlar
ko`rsatkichlarini qasddan ka-maytirib ko`rsatish);
moddiy, yonilg`i-energetik resurslari sarf-xarajatlari normativlarini
suniy ravishda oshirib ko`rsatish yoki ularni noto`g`ri tadbiq etish;
hujjatlarni yo`qotib yuborish yoki ularni taqdim etishdan bosh
tortish;
savdo zali (tarqatish joylari)da buxgalteriya yoki boshqa hujjatlar
bilan rasmiylashtirilmagan (kirim qi-linmagan) mahsulotlar (tovarlar)
borligi;
xo`jalik subyekti (tadbirkor) tegishli tarzda davlat soliq xizmati
organlarida hisobda turmasdan va ro`yxatdan o`tmasdan faoliyat
yuritishlari;
www.ziyouz.com kutubxonasi
ikki va undan ortiq mustaqil manbaadan daromad oluvchi jismoniy
shaxsni davlat soliq organlari tomoni-dan yozma ogohlantirilganiga
qaramasdan deklarasiya taqdim etishdan bosh tortishi.
Mazkur taxminiy ro`yxat keyinchalik yanada kengaytirildi va uning
tarkibiga nazorat-kassa mashinalarisiz yoki ular bo`laturib, undan
foydalanmasdan savdo qilish, mijozlarga xarid cheklari yoki naqd pul
qabul qilib olinganligi haqidagi hujjatni (kvitansiya, patta) bermaslik,
hisobotlarni taqdim etish yuzasidan belgilangan qoidalarni buzish
(noto`g`ri malumotlar taqdim etish, ulgurji savdo qoidalarini buzish kabi
boshqa bir qator holatlar ham soliqdan bo`yin toblash (daromadlarni
yashirish) hollari qatoriga kiritildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22
iyundagi «Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklari
masuliyatini oshirish yuzasidan qo`-shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi
264-son qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2001 yil 28 sentabrda 1070-son bilan «Naqd pul tushumini
yashirishga yo`l qo`ygan korxona va tashkilotlarga nisbatan jarima
jazolarini qo`llash tartibi to`g`risida Nizom» ro`yxatga olingan bo`lib,
unga ko`ra:
a)olingan
naqd
pullarni
belgilangan
muddatlarda
bankka
topshirmaslik;
b)savdo zali va tarqatish joylarida belgilangan tartibda buxgalterlik
hisobiga olinmagan (kirim qilinmagan) mahsulot (tovar)larning mavjud
bo`lishi ana shunday hu-quqbuzarlik sodir etilishi deb hisoblanadi va
tegishli jarima jazosi qo`l-lanilishiga sabab bo`ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 21 noyabrdagi «Xu-
susiylashtirilgan savdo va xizmat ko`rsatish sohasi ob-yektlari
faoliyatidagi
tartib
buzilish
hollari
to`g`risi-da»gi
qarorida
takidlanganidek: xususiylashtirilgan savdo obyektlarining 5 mingdan
ortig`ida soliqqa oid qo-nun hujjatlari buzilayotganligi, 4600 tasi esa
davlat ho-kimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasisiz faoliyat
yuritilayotganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentabrdagi
«Jismoniy shaxslarning yalpi daromadlariga deklarasiyalash tizimlarini
joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi UP-3127-son Farmoni bilan
2003-2005 yillar davomida jismoniy shaxslar daromadlarini yalpisiga
deklarasiyalash tartibiga o`tilmoqda va uning mohiyati ham soliqdan
bo`yin toblash hollarini bartaraf etishga qaratilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Rivojlangan mamlakatlarda soliqdan bo`yintovlash, daromadlarni
yashirish va norasmiy iqtisod avj olishiga yo`l qo`ymaslikning tashkiliy-
huquqiy, mamuriy majburlash vositalari bilan bir qatorda bozor
prinsiplariga tayanuvchi iqtisodiy mexanizmlari, usullari va vositalaridan
ham keng foydalaniladi. Bunda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni
meyorida, tadbirkorni noqonuniy xatti-harakatlar qilishga undamaydigan
darajada bo`lishiga erishish muhim ahamiyatga egadir.
Soliq munosabatlari sohasida sodir etilgan huquq-buzarliklar
yuzasidan belgilangan tartibda tekshirishlar (surishtiruv, dastlabki tergov
ham) olib boriladi va vakolatli organlar tomonidan javobgarlik
qo`llanilishi mumkin. Bunday tekshirishlar (shu jumladan surishtiruv,
dastlabki tergov)ni amalga oshirish tartiblari tegishli qonun hujjatlarida
(shu jumladan jinoyat prosessual qonunchilik normalarida) belgilab
qo`yilgan.
Soliq sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni hu-quqiy
javobgarlikka tortish yuzasidan javobgarlikka tortish muddatlari Soliq
kodeksida belgilab qo`yilgan.
Soliq kodeksining 124-moddasi soliqqa oid munosabatlardagi davo
qilish muddatlarini belgilaydi. Unga ko`ra:
soliq to`lovchining huquqlarini himoya qilish, ortiqcha to`langan
soliqlar, yig`imlar va jarimalar summasini budjetdan qaytarib olish uchun
davo qilish muddati fu-qarolik qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;
soliqlar, yig`imlar va jarimalarni budjetga to`lash va undirishga doir
etirozlarni taqdim etish uchun davo qi-lish muddati quyidagicha
belgilanadi:
daromadlar
to`g`risida
deklarasiyalar
to`ldirgan,
mo-liyaviy
hisobotlarni taqdim etgan soliq to`lovchilarga nisbatan – uch yil;
soliq summasi 20 foizdan ko`proq kamaytirib ko`rsatilganligi
(yashirilganligi) aniqlanganda – besh yil.
Davo qilish muddatining o`tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq
to`xtatib turiladi, tugatiladi va tiklanadi.
Dostları ilə paylaş: |