– bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish davrida davlat budjeti
asosiy o`rin egallashi va davlatning asosiy bo`g`inlaridan biri bo`lib
qolganligi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida budjet intizomini
buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash zaruriyatini keltirib chiqardi.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
1999 yil 15 aprel kuni Jinoyat kodeksiga yangi 184
1
-modda – budjet
intizomini buzish normasi moddasi kiritildi.
Budjet munosabatlarini tartibga solish maqsadida 2000 yil 14 dekabr
kuni O`zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to`g`risida”gi qonuni qabul
qilinib, u o`z ichiga 7 bo`lim, 43
moddani olib, unda budjet tizimining
umumiy qoidalari, budjet tizimini boshqarish, davlat budjeti,
budjetlar
o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat budjetini tayyorlash, ko`rib chiqish
va qabul qilish, davlat budjetining ijrosi va uni ijro etilishini nazorat qilish
kabi normalarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to`g`risida”gi qonunning
12-moddasi davlat budjeti xarajatlari deb nomlanib, unga ko`ra davlat
budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag` ajratish doirasida
quyidagicha:
1) budjet mablag`lari oluvchilarning
joriy xarajatlari shaklida
(budjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi,
nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa xarajatlar);
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida (qurilish ishlari):
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog`liq ishlar va xizmatlar
ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab
chiqarishga;
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
davlat ehtiyoji uchun yerga bo`lgan
huquqni va boshqa nomoddiy
aktivlarni olishga;
davlat zahiralarini vujudga keltirishga;
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan
budjet transfertlari shaklida;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan
budjet
ssudalari shaklida;
6) davlat maqsadli jamg`armalariga beriladigan budjet dotasiyalari va
budjet ssudalari shaklida;
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko`rsatish bo`yicha
to`lovlar shaklida;
www.ziyouz.com kutubxonasi
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida
amalga oshiriladi.
Agar qonun bilan belgilangan bu qoidalar fuqarolar va mansabdor
shaxslar tomonidan buzilsa, bu huquqbuzarlik
budjet intizomini buzish
deb
topiladi
.
Budjet intizomini buzishning
ijtimoiy xavfi
mazkur
jinoyat sodir
etilishi natijasida budjetda asossiz taqchillik paydo bo`lishini, yordamga
muhtoj muassasa va tashkilotlarni talab qilingan vositalar, mablag`lar bilan
taminlamaslik uchun haqiqiy asos paydo bo`ladi. Sharhlanayotgan
jinoyatning sodir etilishi davlat mablag`larini samarali, to`liq natija bilan
va o`z o`rnida ishlatishga yo`l bermaydi.
Buning natijasida aholining
alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik kayfiyati shakllanadi,
bu esa O`zbekistonda o`tkazilayotgan islohotlarning jamiyat tomonidan
idrok qilinishiga salbiy tasir o`tkazadi, ularni obro`sizlantiradi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184
1
-moddasiga ko`ra
ushbu jinoyatlarning obyekti - qonun hujjatlari bilan belgilangan budjet
mablag`laridan qonuniy foydalanish tartibi hisoblanadi.
Jinoyat Kodeksining 184
1
- moddasida
nazarda tutilgan jinoyat
quyidagi harakatlarda, yani:
1) budjet mablag`larini budjetda yoki budjetdan moliyalanadigan
muassasalar
va
tashkilotlarning
smetalarida
nazarda
tutilmagan
xarajatlarga yo`llashda;
2) shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo`yicha
budjetdan ajratilgan mablag`larning limitlardan ortib ketishida,
3) shtat smeta intizomini buzishda ifodalanadi.
Jinoyat mazkur moddaning dispozisiya qismida nazarda tutilgan
harakatlardan bittasi sodir etilgan paytdan etiboran tamom bo`lgan, deb
topiladi.
Budjet intizomini buzish predmeti
deb, budjet mablag`lari, yani
davlat budjetiga kirgan va qonunda o`rnatilgan tartibda bu mablag`larni
oluvchiga ajratilgan moddiy va pul mablag`lari tan olinishi lozim.
Budjet mablag`larini ajratish
deganda, oluvchiga moddiy va pul
mablag`larini bevosita yo`naltirish hamda unga tegishli bo`lgan vositalarni
maqsadli ishlatish sharti bilan budjetga o`tkazishga ruxsat tushuniladi.
Davlat budjeti yoki uning qismi tarkibiga kirmaydigan
Dostları ilə paylaş: