olmaydi. Unday holda bunday qilmishni sodir qilgan shaxslarga mamuriy,
intizomiy va boshqacha choralar ko`riladi.
Ushbu jinoyatning
predmeti
sifatida har qanday oziq-ovqat
mahsulotlari nazarda tutilgan. Lekin jinoiy javobgarlik yuzaga kelishning
sharti sifatida jinoiy oqibat yuz bergan bo`lishi kerak, qilmishni bevosita
ushbu modda bilan kvalifikasiya qilish uchun
jinoiy oqibat kelib chiqqan
bo`lishi shart"
1
.
Tovar bozoriga sifatsiz mahsulotni chiqarish yoki sotish natijasida
fuqarolarning sog`ligi uchun mazkur moddada ko`rsatilgan oqibatlar
kelib
chiqmasa, jinoiy javobgarlik ham bo`lmaydi. Biroq “Istemolchilarning
huquqlarini himoya qilish to`g`risida"gi qonunning 20-moddasiga
muvofiq, tovar (ish, xizmat)ning tuzilishi, ishlab chiqarilishi, tarkibidagi
va
boshqa nuqsonlari, shuningdek, istemolchining hayoti, sog`lig`i yoki
mol-mulkining xavfsizligini tamin eta olmaydigan materiallar, uskunalar,
asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo`llanilishi
oqibatida
istemolchining hayotiga, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar
sotuvchi (ishlab
chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.
Sotuvchi
(ishlab
chiqaruvchi,
ijrochi)
bilan
shartnoma
munosabatlariga kirishgan, kirishmaganligidan qatiy nazar,
har qanday
istemolchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararning
qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Istemolchining hayoti, sog`lig`i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar,
agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlik)
muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar
ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan etiboran o`n yil
mobaynida yuzaga kelgan bo`lsa qoplanishi lozim.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bartaraf qilib bo`lmaydigan
kuch yoki foydalanish, uni saqlash yoxud tashishning belgilangan
qoidalari istemolchi tomonidan buzilishi tufayli zarar yetkazilganligini
isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish qasddan sodir etiladi, kelib
chiqqan oqibatlar (sog`liqqa zarar yetkazilishi, odamlar o`limi) borasida
esa shaxsning aybi ehtiyotsizlikda ifodalanadi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-
qismiga ko`ra, tovar bozoriga sifatsiz mahsulot chiqarish yoki uni sotish
badanga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishiga sabab bo`lsa, eng
1
Ф.Тoxирoв. Сифaтсиз мaҳсулoт чиқaриш ѐки сoтиш
учун
жинoий жaвoбгaрлик. “қoнун ҳимoясидa" 2000 йил, 2-
сoн, 42 бeт.
www.ziyouz.com kutubxonasi
kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 2-qismida odamning o`limiga sabab bo`lgan
sifatsiz mahsulotni chiqarganlik yoki sotganlik uchun javobgarlik nazarda
tutilgan. Unga ko`ra shaxs uch yildan yetti
yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
Tahlil qilinayotgan moddaning 3-qismida sifatsiz mahsulot
chiqarganlik yoki sotganlik natijasida:
odamlar o`limiga;
boshqa og`ir oqibatlarning yuzaga kelganligi uchun javobgarlik
nazarda tutilgan.
Boshqacha og`ir oqibatlar
deganda, ikki yoki undan ortiq shaxsning
badaniga o`rtacha og`ir yoki og`ir shikast yetkazilishi sog`liqqa zarar
yetkazish, odamlarning yalpi zaharlanishi va boshqalar tushuniladi. Unga
ko`ra shaxs yetti yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: