muddat ichida qarz-dorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish
yuritishni boshlash to`g`risida qaror qabul qiladi.
Hozir bo`lmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv,
sud sanatsiyasi
va tashqi boshqaruv taomillari qo`llanil-maydi. Xo`jalik sudining qarori
bankrotlik to`g`risidagi ishlar bo`yicha davlat organiga yuboriladi, bu
organ mazkur qarorni olgan kundan etiboran bir haftalik muddat ichida
xo`jalik sudiga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Bunday
nomzod bo`lmagan taqdirda xo`jalik sudi
tugatish boshqaruvchisini
bankrotlik to`g`risidagi ishlari bo`yicha davlat organi xodimlari orasidan
tayinlashi mum-kin.
Tugatish boshqaruvchisi o`zi aniqlagan barcha kreditorlarni hozir
bo`lmagan qarzdorning bankrotligi to`g`ri-sida yozma ravishda xabardor
qiladi, ular bu xabarni olgan kundan etiboran
bir oylik muddat ichida
tugatish bosh-qaruvchisiga o`z talablarini taqdim etishlari mumkin. Tu-
gatish boshqaruvchisi hozir bo`lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan
taqdirda, xo`jalik sudi uning iltimosnomasiga binoan bankrotlikning
soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda ushbu qonunda nazarda
tutilgan bankrotlikning umumiy taomiliga o`tish to`g`risida ajrim
chiqarishi mumkin.
Xo`jalik sudlari amaliyoti shuni ko`rsatadiki,
ushbu toifadagi
ishlarning ko`pchiligida arizachi - bu davlat soliq xizmati organlaridir.
Ushbu holatda soliq organlari o`z arizalariga xo`jalik yurituvchi subyekt
yoki unga tegishli mol-mulkning yuridik manzil yoki oxirgi ro`yxatga
olingan yerda yo`qligini tasdiqlovchi va turar joyning egasi, mahalla
qo`mitasi
yoki
binolardan
foydalanish
boshqarmasi
tomonidan
tasdiqlangan dalolatnomalarni ilova qiladilar.
Shuningdek qarzdor yakka
tartibdagi tadbirkor yoki amalda o`z faoliyatini tugatgan qarzdor yuridik
shaxsning rahbari qayerda ekanligini aniqlashning imkoni yo`qligini tas-
diqlovchi dalillar, (masalan,Toshkent shahrida ro`yxatdan o`tmaganligi
haqida manzilgohlar byurosidan malumotnoma) yoki turar joyidan,
ro`yxatga olingan joyda yashamasligi haqida
soliq va boshqa vakolatli
organ vakillari tomonidan tuzilgan va tegishlicha mahalla qo`mitasi
tomonidan tasdiqlangan dalolatlar ilova qilinadi.
Dostları ilə paylaş: