Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 1



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə4/7
tarix13.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#97593
1   2   3   4   5   6   7
Электроника (лаб)

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 1
MAVZU: KETMA – KET ULANGAN O‘ZGARMAS TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH
Mashg‘ulot maqsadi.
O‘zgarmas tok tarmog‘iga aktiv elementlarni ketma-ket ulab elektr zanjirini yig‘ishni o‘rganish, yig‘ilgan zanjirdagi elementlarning elektr qiymatlarini o‘lchab olish va xisoblashni o‘rganish.
Kerakli jixozlar:
Laboratoriya stendi;
Elektr iste’molchilar;
Elektr o‘tkazgichlar;
O‘lchov vositalari;
Elektr manba (E.Yu.K.)
Elektr iste’molchilari ketma-ket ulangan zanjir tarmoqlanmagan zanjir deyiladi. Bunday zanjirda iste’molchilardagi tok kuchi bir-biriga teng bo‘lib u quyidagicha:
I=I1= I2= I3 ya’ni I=const
Kuchlanishlar Kirixgofning ikkinchi qonuni berk konturda iste’molchilardagi kuchlanishlar yig‘indisi zanjirga berilgan EYuK qiymatiga tengdir va quyidagicha:
E1=I1* R1+ I2* R2+ I3* R3 ya’ni E= U1 + U2 + U3
Elektr zanjirining bir qismi uchun Om qonuni
Butun zanjir uchun Om qonuni
Z anjirning umumiy qarshiligi:




1.1rasm. Elektr iste’molchilari tarmoqlanmagan elektr zanjiri va ko‘rinishi
Yuqoridagi elektr zanjiri yig‘ilgandan so‘ng elementlar qiymatlarini o‘lchang va 1.1 jadvalga yozing.
1.1 – jadval

O‘lchash qiymatlari

Xisoblash qiymatlari



Ukir

I

U1

U2

U3

R1

R2

R3

Rek

P1

P2

P3

Pek

V

A

V

Om

Vt

1








































2









































Nazorat savollari:

  1. Elektr iste’molchilarning ketma-ket ulanishini sharhlab bering?

  2. Om qonunlarini tushuntiring?

  3. Krixgof qonunlarini tushuntirig?

  4. Tugun deganda nimani tushunasiz va misollar keltiring?

  5. Zanjirning quvvatini aniqlashni tushuntiring?

  6. Mavzu bo‘yicha xulosa chiqaring.



LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 2
MAVZU: PARALEL ULANGAN O‘ZGARMAS TOK ZANJIRINI TEKSHIRISH.
Mashg‘ulot maqsadi.
O‘zgarmas tok tarmog‘iga aktiv elementlarni paralel ulab elektr zanjirini yig‘ishni o‘rganish, yig‘ilgan zanjirdagi elementlarning elektr qiymatlarini o‘lchab olish va xisoblashni o‘rganish.
Kerakli jixozlar:
Laboratoriya stendi;
Elektr iste’molchilar;
Elektr o‘tkazgichlar;
O‘lchov vositalari;
Elektr manba (E.Yu.K.)
Elektr zanjiriga iste’molchilarni parallel ulash bunda iste’molchilarning birinchi (bosh) uchlari bir-biriga va ikkinchi (oxirgi) uchlari bir-biriga ulanadi. Ya’ni:
Elektr zanjirda iste’molchilar parallel ulansa bunday zanjir tarmoqlangan zanjir deyiladi.
Bunday zanjirda iste’molchilardagi tok kuchi iste’molchilarning qarshiligiga bog‘liq va ulardagi kuchlanish bir-biriga tengdir.
Ya’ni:
U=U1= U2= U3 yoki U=sonst
Elektr toki. Kirxgofning birinchi qonuni elektr zanjirning xar bir tugunidagi elektr toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng (tugundan chiqayotgan toklarning ishoralari manfiy olinsin) va quyidagicha:
I-I1-I2-I3=0 yoki I= I1 +I2 +I3
Zanjirning umumiy qarshiligi:





2.1 – rasm. Elektr iste’molchilari tarmoqlangan elektr zanjiri va korinishi
Yuqoridagi elektr zanjiri yig‘ilgandan so‘ng elementlar qiymatlari o‘lchang va 2.1 jadvalga yozing.
2.1 – jadval

O‘lchash qiymatlari

Xisoblash qiymatlari



U

Ikir

I 1

I 2

I 3

R1

R2

R3

Rek

P1

P2

P3

Pek

V

A

A

Om

Vt

1








































2










































Nazorat savollari:

  1. Elektr iste’molchilarning parallel ulanishini sharxlab bering?

  2. Om qonunlarini tushuntiring?

  3. Krixgof qonunlarini tushuntirig?

  4. Tugun deganda nimani tushunasiz va misollar keltiring?

  5. Zanjirning quvvatini aniqlashni tushuntiring?

  6. Mavzu bo‘yicha xulosa chiqaring.

LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 3
MAVZU: ARALASH ULANGAN O‘ZGARMAS TOK ZANJIRLARINI TEKSHIRISH.
Mashg‘ulot maqsadi.
1. Om va Kirxgof qonunlarini o‘zgarmas tok zanjiriga qo‘llashni o‘rganish.
2. Zanjir elementlarining parametrlarini aniqlash va ekvivalent qarshiligini topish.
3. O‘zgarmas tok zanjirlarini hisoblash usullarini qo‘llash bilan tanishish.
4. Eng sodda potentsial diagrammalar qurishga malaka hosil qilish.


Ishni bajarish tartibi.
1. 1-rasmdagi sxemani yig‘ib, har bir elementning vazifasini aniqlash.
2. Sxemani o’qituvchi tekshirgandang so‘ng uni tarmoqqa ulang. Bunda K1 -rubilьnikni 1-holatga, K2- rubilьnikni 2-holatga qo‘ying.
3. Stenddagi volьmetr yordamida har bir elementga navbat bilan ulab, undagi kuchlanishlarni o‘lchang.
4. Har bir konturdagi ampermetrlar yordamida toklarini o‘lchab oling va ular yordamida har bir elementdagi toklarni aniqlang.
5. O‘lchangan va hisoblangan (p.3 va p.4) lar asosida har bir elementning qarshiligini va zanjirning ekvivalent (muqobil) qarshiligini aniqlang.
6. K1 rubilnikni 2-holatga, K2 rubilnikni 1-holatga qo’yib yuqoridagi o‘lchashlarni (p.3, p.4, p.5) takrorlang.
7. K1 va K2 rubilniklarni 1-holatga qo’yib, (p.3, p.4, p.5) yuqoridagi hisoblash va o‘lchashlarni takrorlang.
8. 1-rasmdagi sxema bo‘yicha ixtiyoriy chetki konturlarning bittasi uchun potentsial diagramma quring.
9. O‘lchangan va hisoblangan kattaliklar uchun jadval tuzing.


Laboratoriya ishini bajarish uchun metodik ko‘rsatma

1. Har bir kontur uchun alohida magnitoelektrik ampermetr ulab kontur toklarini aniqlab olinadi. va elementlaridagi toklarni aniqlash uchun, Kirxgofning birinchi qonunidan foydalaniladi. Har bir elementdagi kuchlanishni o‘lchash uchun magnitoelektrik sistemadagi voltmetrni navbat bilan har bir elementga ulanadi. Qarshiliklarni topish uchun Om qonunidan foydalaniladi.


2. Tarmoqlangan elektr zanjirida bir nechta manbalar ishtirok etsa, u murakkab elektr zanjiri bo’ladi. Bunday zanjirlarni hisoblashda Kirxgof qonunlari qo‘llaniladi. Kirxgofning birinchi qonuni tugunlar uchun yozilgan. Elektr zanjirining ikkitadan ortiq o‘tkazgich tutashgan joylari tugun deb ataladi. Tugunda tok tarmoqlanadi.
Kirxgofning birinchi qonuni: Tugunda toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng.
.

Bunda tugunga kirayotgan toklarni musbat, tugundan chiqayotgan toklarni manfiy deb qabul qilamiz. Har bir elektr zanjiridagi konturning o‘z kontur toki bo‘ladi. Agar kontur elementlari boshqa konturga kirmasa, u holda bu elementdagi ( va ) tok kontur toklarining algebraik yig‘indisi sifatida topiladi.


Bir nechta manbasi bo’lgan tarmoqlangan elektr zanjirlarini hisoblashda “ustma-ust” qo‘yish metodidan foydalaniladi. Bu metodga asosan zanjirda qancha manba bo‘lsa, murakkab zanjirni shuncha sondagi sodda zanjir bilan almashtirish mumkin. Buning uchun zanjirda bitta manbani qoldirib, qolganlarini uzib qo‘yamiz (zanjirdan uzilgan manbalar o‘rnida ularning ichki qarshiliklarini qoldiramiz yoki u joyni qisqa tutashtirib qo‘yamiz). Undan so‘ng ikkinchi manbani ulab qolganlarini uzib, zanjirni hisoblaymiz. Shunday qilib zanjirda qancha manba bo‘lsa, navbat bilan ulab chiqamiz. Har bir tarmoqdagi tokni, har bir manba hosil qiladigan toklarning algebraik yig‘indisi sifatida topamiz.



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin