1. Laboratoriya ishlarida qo‘llaniladigan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kuchlanishi 220-380 V dir.
2. Bu kuchlanish tok o‘zgaruvchi qismlar bilan to‘g‘ri muomala qilishni bilmaganlar uchun xavflidir.
3. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan ulovchi simlar yordamida yig‘iladi.
Ochiq simlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
4. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o‘qituvchi ulash mumkin.
5. O‘qituvchi tekshirmagan elektr sxemalarni ulash mutloq mumkin emas.
6. Agregatlar ishlayotgan vaqtda quyidagi extiyot choralariga rioya qilish kerak.
Ust – bosh sochlar yig‘ishtirilgan, simlar va har – xil buyumlar mashinaning aynalayotgan qisimlarga yaqin xolda tegib qolmasligi kerak. Muftalar va aynalayotgan qisimlar yonida turish va ularga qo‘l tekkizish taqiqlanadi.
7. Laboratoriya stendini yig‘ilgan sxemalarni tarmoqqa ruxsatsiz ulab: o‘chirib, yoqish man etiladi.
8. Barcha xollarda elektr qurilmalar o‘lchov asboblar va o‘tkazgichlarni nasozlik aniqlansa, darxol rahbar o‘qituvchiga murojat qilinsin.
9. Sxemalarni shunday yig‘ish kerakki, simlar va o‘tkazgichlar bir-biri bilan kesishib qolmasin, tarang xam bo‘lib tortilib qolmasin.
10. Boshqarish va o‘lchov asboblarini shunday qo‘yish kerakki, ishga tushgan mashinalar va o‘tkazgichlar agregatni boshqarish va kuzatish qulay bo‘lsin.
11. Biror talaba kuchlanish ostida ishlayotgan elektr tokni ushlab olsa, darxol agregatni o’chirib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur va darxol telefonda “03”raqami orqali tez yordam ga qo‘ng‘iroq qilishi zarur.
12. Bu qoidalar bilan barcha talabalar tanishib chiqib texnika xavfsizligi bo‘yicha laboratoriya kitobida qo‘l qo‘yilgan bo‘lishlari shart va laboratoriyada ishlovchilar qoidani bilishi shart.
13. Yuqorida ko‘rsatilgan texnika xavfsizligi qoidalarni buzgan talabalar laboratoriya ishlaridan chetlatiladi va intizomiy choralar ko‘riladi.