Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə1/7
tarix13.04.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#97593
  1   2   3   4   5   6   7
Электроника (лаб)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


«ENERGETIKA» FAKULTETI


«ELEKTR TEXNIKASI, ELEKTR MEXANIKASI VA ELEKTR TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI
«Elektrotexnika »
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha
noelektr yo‘nalishlar uchun

USLUBIY KO‘RSATMA


FarPI uslubiy


kengashida tasdiqlangan
Bayon № 2022 yil

FARG‘ONA – 2022

Ushbu uslubiy ko‘rsatma «Elektrotexnika» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, undan oliy texnika o‘quv yurtlarining noelektrotexnik bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi fakultetlarning talabalari foydalanishlari uchun uslubiy ko‘rsatma. Ko‘rsatma noelektr yo‘nalishidagi ixtisosliklar uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan «Elektrotexnika» fan dasturi asosida tayyorlandi.


Talabalarning laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorlanishini osonlashtirish maqsadida laboratoriya ishlar bo‘yicha nazariy materiallar berilgan.
Uslubiy ko‘rsatma «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» kafedrasi majlisida muhokama qilingan.

Bayon № . __. __. 2022 y.


Uslubiy ko’rsatma «ENERGETIKA» fakultetining uslubiy komissiyasi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan.


Bayon № . __. __. 2022 y.


TUZUVCHILAR: ass. Numonjonov.Sh.D.

ass. Karimov N.U.

TAQRIZCHI: dots. Axunov Q.X.


KIRISH

Mamlakatning energetik salohiyatini oshirish, elektr energiyasidan foydalanish, xamda yangi elektrotexnik qurilmalardan xalq xo‘jaligining turli soxalarida keng ko‘lamda foydalanish iqtisodiy yuksalish darajasini belgilaydi. Zamonaviy qurilishni elektr energiyasi va elektrotexnik qurilmalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Elektr energiyasi qurilishda turmush va ishlab chiqarishning barcha soxalaridagi kabi, energiyaning eng muxim va eng ko‘p qo‘llaniladigan turiga aylangan. Qurilishdagi avtomatizatsiya va mexanizatsiya jarayonlarining asosini elektrotexnik mashinalar va asbob-uskunalar tashkil qilmoqda. “Elektrotexnika” fanini yaxshi o‘rganish uchun har xil elektrotexnik masalalarni yechishda analitik va tajriba usullari bor. Tajriba usullari laboratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi.


Laboratoriya mashg’ulotlarida eng avvalo talabalar:
1) Eng muhim elektrotexnik asboblar, apparatlar va mashinalarning tuzilishi va xarakteristikalari bilan tanishadilar;
2) Elektrotexnik qurilmalarni berilgan rejimda sozlash va boshqarish usullarini o‘rganadilar;
3) U yoki bu amaliy masalani yechishda ma’lum elektrotexnik qurilmaning qay darajada ishlashi va ularning ishga yaroqlilik darajasini aniqlash malakalarini oladilar.
Laboratoriyada talabalar elektr ta’minoti sxemalari, yuklamalar grafiklari, elektr energiyasining sifat ko’rsatkichlari bilan tanishadilar va tadqiq qiladilar.


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin