Mokili bahya mashinalari kam cho’zilish xususiyatiga ega bo’lgan kiyim detallarini tikishda qo’llanadi, shuning uchun trikotaj - tikuv tsexlarida bu mashinadan keng qo’llanilmaydi. Bu mashinalar asosan mahsulotning kam cho’ziladigan choklarini hosil etish jarayonlarida qo’llaniladi. Undan tashqari, trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida bunday mashinalar mahsulotlarga dekorativ ishlov berishda ham qo’llanilishi mumkin.
Mokili bahya mashinalarining tezligi yuqori bo’ladi, asosan 3500 dan 5000 ayl/min. gacha.
Mokili bahya qatorlari, halqali bahya qatorlariga qaraganda mustahkamligi jihatidan pastdir, chunki mokili mashinaning igna ipi naychani atrofidan aylantirilib o’tkazilganda va igna ko’zchasidan ko’p marotaba o’tishi natijasida
o’zining avvalgi mustahkamligini yo’qotadi va bo’shashib qoladi. Pastdagi ip ham naychaga ko’p marotaba o’ralishi natijasida, u ham o’z mustahkamligini yo’qotadi. Undan tashqari, naychalarni almashtirish oqibatida ish unumdorligi pasayib ketadi. Sanoatda mokili bahya mashinalarining turli xillari ishlatiladi. Ulardan trikotaj fabrikalarida eng ko’p tarqalgani 22 - A klasli PMZ tikuv mashinasi.
Ammo, hozirgi kunda ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan yuqori ish unumdorli mokili tikuv mashinasi 97 - klas PMZ mashinasidir. Lekin 22 - A klas PMZ mokili mashinalari hozirgi kungacha keng qo’llanilayotgani uchun va konstruktiv tuzilishi oddiy bo’lgani uchun mokili mashinalarni o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Mokili 22 klas PMZ mashinaning turi bir necha variantda chiqarilgan, 22 - A klas esa asosiy variantlardan biri bo’lganligi uchun, shu mashinaning asosida boshqa variantlari qurilgan. Misol uchun: 22 - A klas PMZ mokili bahya mashinasi ichki va ustki kiyimlarni, hamda erkaklar ko’ylaklarini tikishda, ya’ni kiyilganda kam cho’ziladigan kiyimlarni tikishda qo’llanilsa, 22 - B mokili bahya mashinasi takomillashtirilgan bo’lib, bu mashinaga qo’shimcha moslama, ya’ni moki mexanizmida - shpulьkani suruvchi (otvodchik) o’rnatilgan. Shunga o’xshash, 22- V klas PMZ mashinasining yuqorida qayd qilingan mashinalardan farqi, tikilayotgan matoning chet qismini tikish bilan pichoq mexanizmi yordamida birga kesadi.