Kiyim detallarini birlashtirishda bir ipli halqa bahyali mashinalari asosan mahsulot qismlarini vaqtinchalik birlashtirishda ishlatiladi (ishlov berishda, bo’yashda mato chetlarini ulab tikiladi).
Hosil bo’lgan bahya qatorlari oson so’tiladi, shuning uchun ularni hosil etuvchi mashinalarni tamburnыy (vaqtinchalik) deb yuritiladi.
Bu xildagi mashinalarning 28 va 85 klas PMZ tambur mashinalaridir. 28 klas PMZ bir ignali, bir ipli halqa bahyali (tambur) mashinasi, kalin matolardan bosh kiyimlar tikish uchun qґllaniladi. Mashinaning tezligi - 3000 ayl/min.
85 klas PMZ yashirin halqa bahyali tikuv mashinasi asosan ingichka va engil matolarning chetki qismlarini tikishda ishlatiladi. Tikilayotgan matoning qalinligi 1 mm dan oshmasligi zarur. Bahya qatoridagi bahyalarning uzunligi 2 mm dan – 7 mm gacha sozlanishi mumkin. Bu xildagi mashinada egilgan igna qo’llaniladi.
Oddiy tikuv mashinalaridan farqi shundaki, tikilayotgan mato igna plastinkasi ustiga emas, balki tagiga qo’yiladi va uni tagidan yuqoriga qarab mato egiladi. Mashinaning tezligi 2600 ayl/min gacha boradi. Bu mashina ishlab chiqarishda kam qo’llaniladi. Chunki bu mashinada tikishdan oldin matoning chet qismini ikki ipli yґrmalovchi mashinada tikib olish kerak. 253 klas bir ignali ikki ipli halqa bahyali mashinalar detal qismlarini birlashtirishda, chet qismlariga ishlov berishda, beyka va plankalarni tikishda, rezinkalarni tikishda ishlatilsa, perchatkalarni tikishda va ularga ishlov berishda asosiy tikuv mashinasi deb hisoblanadi. Bu mashinaning tezligi 5500 ayl/min.
Kiyim detallarini chet qismini yo’rmalovchi mashinalar
Trikotaj mahsulotlarini tikishda yo’rmalovchi mashinalar asosiy mashinalar hisobida yuritiladi. Bu mashinalar detallarini biralshtirish bilan bir vaqtning o’zida kesilib, chet qismlari yo’rmalanadi. Kesish pichoq yordamida bajariladi. Bu xilda ishlaydigan mashinalardan bittasi 51-klas yo’rmalovchi mashinasi. Bu mashina uch ipli halqa bahyali, cho’ziluvchan chokni 3mm dan 6 mm gacha yґrmalash kengligi bilan tikishi mumkin. Bahyalarning uzunligi 1,5 mm - 4 mm gacha bo’lishi mumkin. 51 klas mashinasida tikilayotgan matolarning qalinligi va zichligi ґrtacha bo’lib, tikilayotgan matolarning qavati 4 mm gacha bo’lishi mumkin.
208 klas PMZ mashinasi yuqori tezlikda ishlaydi, bajaradigan jarayonlari esa xuddi 51 klas mashinasinikiga o’xshash. Choklarining kengligi 2,5 mm - 3,5 mm gacha, bahyalar uzunligi esa 1,5 - 3,2 mm gacha. Mashina tezligi - 5000 ayl/min, kapron ipi ishlatilganda tezlik - 4000 ayl/min ga tushiriladi, chunki tez ishlasa igna qizib kapron ipi ignaga yopishib qolishi mumkin. Tikiladigan matolarning qalinligi 3,5 mm tashkil etishi mumkin, chunki lapkaning ko’tarilish balandligi 4,5 mm tashkil etadi.
208 klas PMZ mashinasining asosida 308 klas yo’rmalovchi mashinasi yaratilgan. Bu mashina to’rt ipli ikkita ignali bґlib, 208 klas mashinasidan farqi igna ushlagichda ikkita igna o’rnatiladi va shuning uchun matoning ustki qismida ikkita parallel bahya qator igna ipidan hosil bґladi.