Bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalar (Related party transaction) - narxi
belgilanganligidan qat’i nazar, bog’liq tomonlar o’rtasida bir-biriga zahiralar yoki
majburiyatlarni o’tkazish.
Buxgalteriya baholash (Accounting estimate) - aniq o’lchov usullari bo’lmagan
modda summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichi.
Buxgalteriya hisobining keng-qamrovlik asosi (Comprehensive basis of accounting) - moliyaviy hisobotni tayyorlashda barcha ahamiyatli moddalarga
nisbatan qo’llaniladigan va mustahkam negizga ega bo’lgan bir qator mezonlardan
iborat.
Buxgalteriya hisobi tizimi (Accounting system) - operatsiyalar moliyaviy yozuvlar
usulida qayta ishlanadigan sub’ektning masalalar va hisob yozuvlarining turkumi.
Bunday tizimlar operatsiyalar va boshqa xodisalar bo’yicha hisobotlarni solishtirish,
to’plash, hisoblash, turkumlash, ro’yxatga olish, umumlashtirish va taqdim etish
uchun qo’llaniladi.
Davlat sektori (Public sector) - “davlat sektori” atamasi milliy, hududiy (masalan,
ma’muriy-hududiy birlik), mahalliy (masalan, shahar, tuman) boshqaruv idoralari va
boshqa davlat sub’ektlariga (masalan, agentlik, qo’mita, boshqarma va korxonalar)
taalluqli.
Davlat tijorat korxonalari (Government business enterprises) - odatda siyosiy yoki
jamoat maqsadlarni amalga oshiruvchi davlat sektorida faoliyat ko’rsatadigan
korxonalar. Odatda, ulardan tijorat, ya’ni operatsion xarajat-larning asosiy qismini
foydalanuvchilar hisobiga qoplash yo’li bilan foyda olish yoki o’z-o’zini qoplash
asosida faoliyatni amalga oshirish talab qilinadi.
Etarlilik (Suffirciency) - auditorlik dalillarining miqdoriy o’lchami.
Istiqbolliy baholash (Projection) -
(a) kelajakda albatta sodir etilishi mumkin bo’lmagan xodisalar va ob’ekt
rahbariyatining harakatlari yuzasidan gipotetik taxminlar, masalan, qaysidir ob’ektlar
tashkil etish bosqichida yoki faoliyat tavsifiga ahamiyatli o’zgartirishlar kiritish
imkoniyatini ko’rib chiqayotganda;
83
(b) eng aniq va gipotetik taxminlar birligi asosida tayyorlangan istiqbolliy moliyaviy
ma’lumot.