Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Boshqa auditor (Other auditor) -



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/86
tarix23.07.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#137214
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
xalqaro audit

 
Boshqa auditor (Other auditor) - 
asosiy auditordan farqlanadigan va asosiy auditor 
tomonidan audit o’tkazilgan moliyaviy hisobotga kiritilgan sub’ektning tarkibiy 
qismi bo’lgan moliyaviy ma’lumot bo’yicha hisobot tayyorlashga mas’ul bo’lgan 
auditor. “Boshqa auditorlar” tushunchasiga xuddi shu yoki boshqa nom bilan 
ataladigan affiliilangan firmalar, korrespondent firmalar, shuningdek ushbu 
kompaniya bilan bog’liq bo’lmagan auditorlar kiradi. 
Oldingi auditor (Predecessor auditor) - 
oldin sub’ektning auditori bo’lgan va 
keyinchalik boshqa auditorga almashtirilgan auditor.
 
Tashqi auditor (External auditor) - 
lozim bo’lganda “tashqi auditor” va “tashqi 
audit” atamalari “tashqi auditor”ni “ichki auditor”dan, tashqi audit jarayonida amalga 
oshiriladigan faoliyatni ichki auditda amalga oshiriladigan faoliyatidan ajratish uchun 
qo’llaniladi. 
Xodimlar (Personnel) - 
o’z tarkibiga firmaning auditorlik faoliyatiga jalb qilingan 
barcha hamkorlar va xodimlar jadvalidagi kasbiy xodimlarni kiritadi. 
Auditorlik dalil (Audit evidence) 
- auditorlik xulosasi asoslanadigan xulosalarni 
shakllantirish jarayonida auditor tomonidan olinadigan


81 
ma’lumotdir. Auditorlik dalillar moliyaviy hisobot asosida yotadigan dastlabki 
hujjatlar va hisob yozuvlaridan hamda boshqa manbalardan olingan tasdiqlovchi 
ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
 
Auditorlik firmasi (Audit firm) 
- auditorlik xizmatlarini ko’rsatadigan sub’ekt yoki 
firma, jumladan, tegishli ravishda uning hamkorlari yoki amaliyot bilan 
shug’ullanadigan alohida auditorlar. 
Auditorning yordamchilari (Assistants) 
- alohida auditni o’tkazish uchun jalb 
qilingan, ammo auditor bo’lmagan xodimlar. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin