82
Balans sanasidan keyingi hodisalar (Post-balance sheet events)
- (“Kelgusi
xodisalar”ga qarang).
Biznes to’g’risida bilimga ega bo’lish (Knowledge of the business) -
sub’ekt o’z
faoliyatini amalga oshirayotgan doirada iqtisod va tarmoqni, shuningdek sub’ekt
qanday faoliyat ko’rsatayotganligi to’g’risida aniqroq bilimga ega bo’lish.
Boshlang’ich qoldiq (Opening balances) -
davr boshiga hisobvaraqlar bo’yicha
mavjud bo’lgan qoldiqlar. Boshlang’ich qoldiq o’tgan davr bo’yicha yakuniy
qoldiqqa asoslanadi va o’tgan davrlar bo’yicha operatsiyalar va ushbu davrlarda
qo’llanilgan hisob siyosati ta’sirini aks ettiradi.
Bog’liq tomonlar (Related parties)
- 24-sonli Buxgalteriya hisobining xalqaro
standartlarida bog’liq tomonlar va bog’liklik tomonlar orasidagi operatsiyalari
quyidagicha ifodalangan:
Bog’liq tomon (Related party) -
moliyaviy va tezkor qarorlarni qabul qilish
jarayonida bir tomon boshqa tomon ishini nazorat qilgan yoki ahamiyatli darajada
ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan taqdirda tomonlar bog’liq deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: