72
oshirishdan maqsad jami xarajatlar hajmini va ish bilan bandlikni
ko‘paytirish uchun kreditni arzon va oson olish mumkin bo‘ladigan qilib
qo‘yishdan iborat.
Iqtisodiyotdagi nomutanosibliklar kuchayib, inflatsiya darajasi
yuqori bo‘lgan, chayqovchilik kengaygan bir sharoitda Markaziy bank
pul massasini chegaralash yordamida konyunkturani «qizib ketishi»ning
oldini olishga harakat qiladi. Bunda Markaziy bank quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshiradi:
– tijorat banklarining zaxiralarini qirqish yo‘li bilan pul massasini
qisqartirish uchun ochiq bozorda tijorat banklari va aholiga davlat qimmatli
qog‘ozlarini sotish bo‘yicha operatsiyalar kengaytiriladi;
– tijorat banklarini ortiqcha zaxiralardan o‘z-o‘zidan ozod qilish hamda
pul multiplikatorini kamaytirish maqsadida zaxiralash me’yori oshiriladi;
– tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olish vositasida o‘z
zaxiralarini ko‘paytirishga bo‘lgan qiziqishni kamaytirish maqsadida hisob
stavkalari ko‘paytiriladi.
Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan bu chora-tadbirlar jami
Dostları ilə paylaş: