75
bo‘lgan valutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi;
– banklar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valutasida
operatsiyalar o‘tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib
oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
– banklar uchun ochiq valuta mavqeyi limitlarini va boshqa iqtisodiy
normativlarni belgilaydi;
– milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini
belgilaydi;
– O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini tasarruf etadi va
boshqaradi.
Markaziy bank o‘z nomidan yoki hukumat topshirig‘iga ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi nomidan chet elda joylashgan kliring
(tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, xizmatlar uchun o‘zaro majburiyat
talablarini, ya’ni bir-biriga beradigan pullarni hisobga olish bilan naqd
pulsiz hisob-kitob qilish tizimi) muassasalari bilan kliring hamda to‘lov
bitimlari, shuningdek, har qanday shartnomalar tuzishga haqlidir (41-
modda).
Markaziy bank o‘zining balans hisobvaraqlarida O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Bu rezervlar
quyidagilarni:
– oltin va boshqa qimmatbaho metallarni;
– naqd chet el valutasini;
– chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisobvaraqlar va
depozitlarda bo‘lgan chet el valutasi qoldiqlarini;
– chet el hukumatlari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari
chiqargan yoki kafolatlagan chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z
ichiga oladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududi va uning tashqar-
isida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga hamda xalqaro
amaliyotga muvofiq chet el valutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish-
ga haqlidir (43-modda).
Dostları ilə paylaş: