Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi?



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   354
Bank iwi

Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi? 
Birinchidan, ijara haqi. Ikkinchidan, ijara muddati tugagandan so‘ng 
uskunalarni qoldiq qiymati bo‘yicha sotadi. Ijara haqi uskuna haqi bilan 
xizmatlar qiymatini (bank foiz stavkalariga tenglashtiriladi) qoplashi 
kerak. Uchinchidan, uskunalarni sotib olish qiymati bilan ijara haqi 
o‘rtasidagi farq. Lizing kompaniyasi uskunalarni doimiy xaridor sifatida 
katta turkumlarda (partiyalarda) sotib olayotgani uchun ishlab 
chiqaruvchilar ularga qandaydir imtiyozlar beradilar. Bundan tashqari, 
mol-mulkka soliq qoldiq qiymatiga ko‘ra to‘lanadi, ijara haqi esa xizmat 
muddatiga qarab oshib boradi. 
Ijarachining manfaatlari-chi
?
Ko‘p mamlakatlarda mol-mulkka soliq lizing shartnomalariga 


260
belgilangan to‘lovlardan ancha yuqori bo‘ladi. Ba’zi paytlarda esa ijara 
usuli hozirgi zamon uskunalaridan foydalanishning yagona imkoniyati 
bo‘lib qoladi, ayniqsa, yangi tashkil qilingan firmalar uchun. Ijarachi 
uchun uskunalar mulk xisoblanmaganligi sababli, firma balansiga 
kiritilmaydi, mol-mulkka soliq to‘lanmaydi va bu sohada buxgalteriya 
hisobi yuritilmaydi. Ijara haqi esa to‘liqligicha ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ataylab lizing bo‘yicha soliq yig‘ish-
maydi. Ammo hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab 
iqtisodiy siyosat olib boradi. Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat 
qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni to‘la 
qoplaydi, demak u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha 
imkoniyat yaratib beradi.
MDH respublikalarida «ijara korxonalari» degan ibora paydo 
bo‘lgan. Chet ellik mutaxassislar uchun bunday tushuncha mutlaqo 
tushunarsiz. Xalqaro amaliyotda ijara korxonalari degan tushunchaning 
o‘zi yo‘q. Korxonalar ijaraga berilmaydi, uskunalar va binolar berilishi 
mumkin.
Lizing munosabatlarini O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, qishloq 
xo‘jaligida qo‘llash katta samara beradi. Masalan, AQSh da fermerlar 
foydalanayotgan texnikaning 80 foizi ijaraga olinadi. Axir bir yilda 10-
15 kun ishlatiladigan kombaynni sotib olishdan qanday mantiq topish 
mumkin?
Yuqorida ta’kidlanganidek, respublika hukumati qaroriga ko‘ra, 
1999-yilning oktabr oyida «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» hissadorlik 
kompaniyasi tuzildi. Bu kompaniyaning asosiy vazifasi mamlakatimiz 
mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin