Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354
Bank iwi

 
4.5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalari 
 
[160]. 
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini O‘zbekis-
ton Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Qimmatli 
qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida», «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarni xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, 


263
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq, shuningdek, «Tijorat 
banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir 
tavsiyalar» (1996-yil 26 apreldagi 211-sonli yo‘riqnoma) asosida amalga 
oshiradi. 
Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan umumiy 
litsenziya asosida qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni bajarishadi. 
Litsenziyada banklar bajaradigan operatsiyalar ro‘yxatida qimmatli 
qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan quyidagi faoliyat turlari qayd 
etiladi (33-chizma):
Banklarning qimmatli qog‘ozlar 
bozoridagi operatsiyalari 
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni 
saqlash; 
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish; 
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash; 
dilerlik, depozitor va aksionerlar reyestrini yuritish va saqlash; 
tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslahatlar berish; 
mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish 
va h.k.
33-chizma.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshi-
riladigan faoliyat turlari. 
Mablag‘larni 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash
turli xil 
qimmatli qog‘ozlar: 
oddiy va imtiyozli aksiyalar; 
obligatsiyalar; 
davlat qarzdorlik majburiyatlari; 
depozit sertifikatlari; 
veksel va boshqalarga mablag‘larni qo‘yish orqali amalga oshi-
riladi. 
Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar 
o‘tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko‘lamiga qarab ularning 
investitsion faoliyati turli yo‘nalishlarga qaratilgan bo‘lishi va shu 
operatsiyalar turlari bo‘yicha olinadigan daromad salmog‘i ham turli 
bo‘lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli 
qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya 
qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega 
va ular bo‘yicha to‘lanmaslik riski nolga teng bo‘lib, bozor stavkasining 


264
o‘zgarish riski ham kichik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. 
Uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar yuqori daromad keltiradi, 
shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar 
o‘z mablag‘larini munitsipalitetlarning qimmatli qog‘ozlariga ham 
qo‘yishadi, chunki ular bo‘yicha to‘lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi. 
O‘z likvidligini ta’minlash maqsadida banklar uncha katta 
bo‘lmagan summani boshqa qimmatli qog‘ozlar: 
bank akseptlari; 
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tijorat qog‘ozlari; 
brokerlik ssudalar; 
tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo‘yishadi. 
Daromadlilikni ta’minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga 
qo‘ygan holda banklar o‘z mablag‘larini ba’zi bir hukumat muassasalari 
obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga 
investitsiya qiladilar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning 
investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtayi nazaridan bank 
daromadi tarkibida keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. 
[161]. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar 
chiqarilishiga va muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat ro‘y-
xatidan o‘tkazilmagan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish amaldagi 
qonunlarga ko‘ra noqonuniy hisoblanadi. Tijorat banklari quyidagi 
turdagi qimmatli qog‘ozlarni chiqarishlari mumkin: 
ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar; 
o‘z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat 
sertifikatlari;
qo‘shimcha zayom mablag‘larini jalb qilish maqsadida chiqa-
riladigan veksellar. 
Barcha chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar ularning miqdori 
investorlar sonidan qat’iy nazar Markaziy bank qaydnomasidan 
o‘tkazilishi shart. Tijorat banki chiqargan aksiyalar 35 yoki undan ortiq 
foizning yoxud 50 foizdan ortiq aksiyadorlar ovozini ta’minlovchi 
aksiyalarning bir shaxs tomonidan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat 
qiluvchi shaxslar guruhi tomonidan sotib olinishi O‘zbekiston Res-
publikasining monopoliyaga qarshi siyosatini amalga oshiruvchi vako-
latli organi subyektlarning bir-birlari mol-mulkini nazorat qiluvchilar 
deb e’tirof etilishi tartibi va qoidalarni belgilab qo‘yadi. 
Aksiyalarni chiqarish tartibi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilinishi 
qayd qilish tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘ozlarni 


265
chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti qayd (registratsiya) qilinmaydigan 
bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: 
emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul 
qilish; 
qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishini qayd qilish; 
qimmatli qog‘ozlarni qayd qilish; 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish. 
Agar qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emissiya prospekti 
qayd qilinadigan bo‘lsa, u holda aksiyani chiqarish quyidagi tadbirlarni 
o‘z ichiga oladi: 
emitent tomonidan aksiyani chiqarish to‘g‘risida qarorni qabul 
qilish; 
emissiya prospektini tayyorlash; 
emissiya prospekti va chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayd 
(registratsiya) qilish; 
emissiya prospektini chop etish va qimmatli qog‘ozlarni chiqarish 
haqida ommaviy-axborot vositalari bilan e’lon qilish; 
qimmatli qog‘ozlarni sotish; 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini qayd qilish; 
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar yakunini chop etish. 
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha qarorni amaldagi qonun-
chilik bilan kafolatlangan bank boshqaruv organlari qabul qiladi. Emis-
siya prospektini bank boshqaruvi tayyorlaydi. Boshqaruv raisi va bosh 
buxgalter imzo qo‘yadi. Tikilib, sahifalar raqamlanadi va bank muhri 
bilan muhrlanadi. Bu prospekt xolis auditorlik firmasi tomonidan 
ma’qullanishi shart. Emissiya prospekti quyidagilarni yoritishi kerak: 
a) emissiya to‘g‘risida asosiy ma’lumotlarni; 
b) emitentning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlarni; 
v) kelajakda chiqarilishi ko‘zda tutilgan qimmatli qog‘ozlar 
haqidagi ma’lumotlarni.
Aksiya chiqaruvchi bank so‘nggi uch yil davomida yoxud tashkil 
topganiga uch yil to‘lmagan vaqt davomida zararsiz ishlayotgan bo‘lishi 
kerak. Yangi tashkil topgan bank bo‘lsa, u holda eng kamida mazkur 
moliyaviy yilda rentabelli bo‘lishi shart. 
[162]. 
Banklar quyidagi shartlar bajarilgan hollarda qimmatli 
qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga oshirishlari mumkin: 
a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu kor-
xonaning boshqa qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmasining miqdori bi-


266
rinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak. 
Ushbu me’yor bir emitentning ham «investitsiyalar» hisobvaraqlari, ham 
«qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» hisobvaraqlari bo‘yicha nodavlat 
qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank qo‘yilmalarini hisobga olgan holda 
hisoblab chiqiladi; 
b) bankning barcha emitentlar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga qilgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank 
regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak; 
v) oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlariga qilingan bank 
qo‘yilmasi miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 
foizidan oshmasligi kerak. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bank istalgan korxona (moliyaviy insti-
tutlardan tashqari) ustav kapitalining 20 foizidan ortig‘iga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki bilvosita (sho‘ba korxonalari orqali) egalik qilishi mumkin 
emas. 
Agar emitent faoliyati yoki amaldagi yoxud rejalashtirilayotgan 
bank investitsiyalari miqdori omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar 
manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni 
boshqarishda bank tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank 
istalgan emitent qimmatli qog‘ozlariga bank tomonidan kiritiladigan 
investitsiyalar miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega. 
Garov huquqlarini amalga oshirish natijasida qimmatli qog‘ozlar 
olingan hollarda bank bir oy muddat ichida olingan qimmatli qog‘oz-
larni sotishi shart. Agar qimmatli qog‘ozlar ko‘rsatilgan muddatda 
sotilmasa, ular «qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi» yoki «investitsiyalar» 
hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. 
[163]. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi 
banklar zarur monitoring va operatsiyalarni amalga oshirilishi ustidan 
nazoratni ta’minlovchi adekvat axborotni bank rahbariyatiga taqdim 
etish uchun keng qamrovli boshqaruv axborot tizimiga ega bo‘lishini 
taqozo etadi. 
Shu o‘rinda shuni aytish lozimki, qimmatli qog‘ozlar portfeli 
bo‘yicha ichki hisobotlar: 
qimmatli qog‘ozlar turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha bo‘linishini; 
sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini; 
xarid (sotish) sanasini; 
foiz stavkalarini; 
imtiyozlarini; 


267
olingan dividend foizlarini; 
oldi-sotdi bitimlari bo‘yicha foydani o‘z ichiga oladi. 
Bankning turli bo‘limlari o‘rtasida majburiyatlarning keraklicha 
taqsimlanishi, qarorlar qabul qilish hamda bitimlar turi va hajmiga doir 
cheklovlar belgilash bo‘yicha vakolatlarning taqsimlanishi, shuningdek, 
suiiste’molchiliklarning oldini olish uchun banklar tegishli ichki 
nazoratni amalga oshiradi. Bunday ichki nazorat quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
oldi-sotdi arizalarini qabul qiluvchi yoki qayta ishlovchi shaxslar 
buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablag‘lari, 
tasdiqnomalarni olmasligi yoki buxgalterlik o‘tkazmalarini taqqosla-
masligi lozim; 
buxgalterlik operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun 
mas’ul bo‘lgan shaxslar oldi-sotdi arizalarini qabul qilmasliklari yoki 
tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslamasliklari zarur; 
barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlam-
chi hujjatlar va buxgalterlik yozuvlari bilan taqqoslangan bo‘lishi lozim; 
hisobvaraqlardagi qoldiqlar, kliring to‘lovlar, bitimlar yoki 
buxgalterlik o‘tkazmalariga jalb etilmagan xodimlar tomonidan mun-
tazam ravishda taqqoslanishi va auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi 
kerak. 
Agar bank brokerlik operatsiyalarini bajarsa, u har bir mijoz uchun 
hisob varaqlar ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan ba-
jariladigan barcha operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning tur-
lari, operatsiyalar sanasi, sotilgan (sotib olingan) qimmatli qog‘ozlar 
narxi va soni ko‘rsatilgan holda yozuvlarni olib borishi kerak. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli 
qog‘ozlar emitent anketasining namunaviy shakli va moliyaviy ahvoli 
quyidagicha bo‘ladi: 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin