Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   354
Bank iwi

 
4.6. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari 
 
[164]. 
Tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, shu bilan 
birga, tashqi davlatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni amalga 
oshiradilar. Bunday operatsiyalar davlatlararo yoki xalqaro operatsiyalar 


269
deb yuritiladi. Bu operatsiyalar: 
xalqaro savdoda ishtirok qiluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni; 
ssuda kapitali bozorida investitsiya bilan bog‘liq operatsiyalarni
turizm sohasidagi operatsiyalarni; 
xorijiy qimmatli qog‘ozlar sotib olish va sotish bilan bog‘liq 
bo‘lgan operatsiyalarni; 
valutani ayirboshlash, chek, veksel, inkassatsiya uchun bank 
akseptlarini qabul qilish bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng 
asosiy qismini kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. 
Xalqaro savdoni tijorat banklari tomonidan kreditlash tovar va tovar 
hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish, aksept kreditlarini, bank 
ssudalarini berish shaklida amalga oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlash-
ning yangi shakllari ham mavjud.
Ular turkumiga: 
lizing; 
faktoring; 
forfeyting kabilarni kiritish mumkin. 
O‘rta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari 
yevro-kredit
shaklida ham beriladi. 
[165]. 
Tijorat banklari bajaradigan operatsiyalarning yana bir turi – 
bu valuta operatsiyalaridir. Bankning bir turdagi valutani boshqa bir 
turdagi valutaga almashtirish bilan bog‘liq xalqaro operatsiyalari 
valuta 
operatsiyalari
deb ataladi. Xalqaro savdo, xalqaro kredit va xizmatlar 
bo‘yicha hisoblashishlarda yagona to‘lov vositasiga ega bo‘lish zarurligi 
valuta operatsiyalarni amalga oshirishni zarur qilib qo‘yadi. 
Turli xil valuta operatsiyalari yig‘indisi jahon ssuda kapitali 
bozorining asosiy qismlaridan biri bo‘lgan valuta 
10F1
)
hosil qiladi. Valuta 
bozorida xorijiy valutaga talab va taklif vujudga keladi. Taklif sotilgan 
tovar va xizmatlar uchun daromad olgan eksportyordan, talab esa sotib 
olingan tovar va xizmatlarni to‘lash uchun xorijiy valutaga muhtoj 
importyorlardan kelib chiqadi. Valuta operatsiyalari asosini tovarlar va 
xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati tashkil etadi. 
Valuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan tijorat banklari, 
kompaniyalar va jismoniy shaxslar amalga oshiradi. Valuta operatsiya-
larining ko‘pchiligi birjadan tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari 
orqali amalga oshiriladi. Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar 
1)
Valuta bozori – chet el valutasiga talabning uning taklifi bilan o’zaro ta’sirlashish tizimi. 


270
orqali) mijozlar bilan valuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valuta 
bozorida va birjalarda olib boradi. Valuta shartnomalarining asosiy 
qismi xalqaro banklararo valuta bozorida tijorat banklari o‘rtasida 
imzolanadi. 
Xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro 
valuta bozorlari London, Parij, Nyu-York, Frankfurt-Mayn, shuningdek, 
Tokio, Singapur, Gonkong, Bahraynda muvaffaqiyat bilan faoliyat olib 
bormoqda. 
Bankning valuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning 
obro‘siga, xorijiy bo‘limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlanganlik 
darajasiga, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanganligiga, telefon va 
telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog‘liq. Valuta operatsiyala-
rining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Ular nafaqat 
valuta sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki 
xorijiy valuta zaxiralarini saqlaydi va valuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa 
banklar ularga kotirovka yuzasidan murojaat qiladi va o‘z mijozlari 
uchun valutani sotib oladi. 
Valuta operatsiyalari xorijiy valutada ifodalangan naqd pulsiz to‘lov 
vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o‘tkazmalar hisobiga 
amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valutasi hisobiga amalga oshirilgan 
operatsiyalar hajmi ancha kichik bo‘ladi. 
[166]. 
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida turli 
xil hisob shakllari qo‘llanilishi mumkin. Bular qatorida bank buyrug‘iga 
binoan: 
pul o‘tkazish (o‘tkazma turi, to‘lov topshiriqnomasi); 
bank cheki; 
bank vekseli; 
akkreditiv; 
inkasso shakllari qo‘llanilishi mumkin. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin