Uchinchi bosqich. Tovarni jo‘natgan eksportyor bankka talab
etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to‘lovni oladi
(odatda u eksportyorning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi).
To‘rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bank emi-
tentga yuboradi, o‘z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi
va akkreditiv summasini qoplaydi (importyor bu summani to‘lab
beradi).
Majburiyat turiga ko‘ra, bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va
«chaqirib olinmaydigan» tasdiqlangan bo‘ladi. «Chaqirib olinadigan»
akkreditiv muddatdan ilgari importyor yoki bank-emitent ko‘rsatmasiga
binoan bekor qilishi mumkin. Bunday akkreditiv eksportyor manfaat-
lariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydi-
gan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi
mumkin emas. U bank-emitentga eksportyorga to‘lovni amalga oshirish
yoki trattani akseptlashning qat’iy majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo‘llanilishi jihatdan
afzal hisoblanadi. Agar bank-emitent akkreditivni ochuvchi bankka
valuta qoplamasini jo‘natsa, akkreditiv ta’minlangan, aks holda
ta’minlanmagan deyiladi.
Inkasso – xaridor hisobvarag‘idan pul summasini olish bo‘yicha
bank harakati bo‘lib, mijozga xizmat ko‘rsatish hisob-kitob hujjatlari
asosida va xaridorning o‘z topshirig‘iga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatli inkasso operatsiyasida eksportyor o‘z bankiga inkasso
topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko‘rsatilgan
hujjatlarni taqdim etish bilan importyordan ma’lum valuta miqdorini
olish lozimligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, eksportyor o‘z
banki orqali importyor bankiga inkassatsiya uchun hujjatlarni jo‘natadi.
Inkassatsiya operatsiyasi to‘rt asosiy bosqichda o‘tadi.
Birinchi bosqich. Eksportyor o‘z bankiga inkasso topshiriqnomasi
va unga ilova qilinadigan hujjatlarni beradi.