Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   354
Bank iwi

Ikkinchi bosqich. 
Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bank-
korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi. 
Uchinchi bosqich. 
Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni 
taqdim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani oladi 
yoki trattani akseptlaydi. 
To‘rtinchi bosqich. 
Olingan to‘lov miqdori importyor bankidan 
eksportyor bankiga, undan esa eksportyor hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
[169]. 
Valutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqlamasdan turib valuta ope-
ratsiyalarini o‘tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valuta «kotirovka»lari 
yordamida o‘rnatiladi. 
Valuta kotirovkasi 
deganda almashtirish uchun taqdim etilgan 
valutalar kursini va ular o‘rtasidagi nisbatni o‘rnatish tushuniladi. Bosh-
qacha qilib aytganda, chet el valuta kursining valuta birjasida maxsus 
idora tomonidan belgilanishi va maxsus bulletenlarda nashr qilinishi 
valuta kotirovkasi deyiladi. Kotirovka, odatda, birjada amaldagi vaziyat 
va qonunchilik normalariga muvofiq chet el valutalari, qimmatli 
qog‘ozlar kursini yoki mollar narxini belgilash va ularni qayd etish bilan 
bog‘liq. 
Valuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi. 
Rasmiy 
valuta kotirovkasi 
davlat (asosan Markaziy bank) tomonidan amalga 
oshiriladi. Rasmiy valuta kursidan davlat valuta operatsiyalarida, 
bojxona ishlarida, to‘lov balansini tuzishda foydalaniladi. 
Shuni qayd qilish lozimki, Markaziy emissiya banki belgilaydigan 
rasmiy valuta kursini hukumat belgilaydigan maxsus yoki valuta 
bozorida vujudga keladigan erkin valuta kursidan farq qilish kerak. 
Bozor kotirovkasi talab va taklifning joriy nisbati asosida doimo 
o‘zgarib turadi. U nobirjaviy valuta bozorida amalga oshiriladi. Keskin 
valuta cheklovlari mavjud mamlakatlarda bozor kotirovkasi deyarli 
qo‘llanilmaydi. Hamma operatsiyalar rasmiy kurs bo‘yicha amalga 
oshadi. 
Valuta kursi 
– bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul 
birligida ifodalangan narxi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki valuta operatsiyalarini, shuningdek, bojxona to‘lovlarini 
amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish uchun quyidagi chet 
el valuta kursining so‘mga nisbatan bo‘lgan narxini rasmiy ravishda 
e’lon qildi: 


275

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin