Prognozlash va rejalashtirishga qanday talablar qo‘yiladi?
4 - BOB. SAVDO KORXONALARINING RESURSLARI
4.1. Savdo korxonalarining asosiy fondlari Resurs – fransuzcha «ressources» so‘zidan kelib chiqib, vosita, zahira, imkoniyat, biror-bir narsani, boyliklarni manbaasi mazmunini bildiradi.
Jamiyatda resurslar har xil turlarga bo‘linadi.
Iqtisodiyot nazariyasida resurslarga tegishli ishlab chiqarish vositalari (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); ishlab chiqarish kuchlari (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi); kapital (moliyaviy kapital), (asosiy kapital, aylanma kapital) kabi tushunchalar ishlatiladi.
Statistikada, buxgalteriya hisobida asosiy fondlar (asosiy vositalar), aylanma fondlar, (aylanma vositalari, aylanma mablag‘lar), moddiy aktivlar, nomoddiy aktivlar, ishchi kuchi, moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi tushunchalar ishlatiladi.
Umuman resurslar tushunchasiga kelsak – ular jamiyat zaruriyati uchun moddiy va ma’naviy bosqichlarni ishlab chiqarishga jalb qilishi mumkin bo‘lgan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qudratlarni majmuasi bo‘lib, ular jamiyat bilan tabiatni o‘zaro aloqasi orqali insoniyat jamiyatini taraqqiyot darajasini ta’minlaydi.
Jamiyat miqiyosida tabiiy resurslar (havo, yer, suv, yer osti resurslari, o‘rmonlar va h.k.) energetik resurslar, moddiy resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar va ma’naviy resurslar kabi tushunchalar ham mavjud.
Iqtisodiyotda resurslar tushunchasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish omillari tushunchasi ham ishlatiladi. Jamiyatda takror ishlab chiqarish jarayoni quyidagi omillar orqali harakatda bo‘ladi:
Birinchiomil – inson omili, uning mehnati;
Ikkinchiomil – mehnat vositalari, ya’ni kapital;
Uchinchi omil- tabiiy resurslar, yer;
Turtinchi omil - tadbirkorlik.
Beshinchi omil – axborotlar.
Umuman olganda, resurslar ishlab chiqarish omillarini o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri orqali yaratiladi, shakllanadi.
Resurslar tushunchasi ishlab chiqarish omillaridan kengroq. Chunki resurslar ishlab chiqarishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qudrat majmuasi bo‘lsa, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar majmuasidir va inson uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Insoniyat hayotida doimo chegaralangan imkoniyatlar va chegaralangan resurslarga duch keladi. haqiqatda har bir insonni alohida olib qarasak uni imkoniyatlari chegaralanganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan shaxsning jismoniy, intellektual, makon va zamondagi imkoniyatlari chegaralangan. Xuddi shunday, jamiyatda, tabiatda va koinotdagi insonlar foydalanadigan (havodan tashqari) barcha resurslar chegaralngan.
Butun jamiyatda resurslar chegaralangan, chunki tabiiy, moddiy, mehnat, moliyaviy va boshqa resurslar son jihatidan va sifat jihatidan chegaraga ega. Bejiz emaski, iqtisodiy fanlar, avvalom bor, iqtisodiyot nazariyasi uchun chegaralangan resurslardan moddiy boylik yaratish, uni iste’mol uchun aholi o‘rtasida taqsimlashda insonlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Savdo korxonalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari kabi tushunchalar ishlatiladi. Ular savdo korxonalarining iqtisodiy salohiyatini tashkil qiladi.
Savdo korxonalari faoliyatini o‘rganishda asosiy va aylanma fondlar, moddiy va nomoddiy aktivlar, ishchi kuchi, moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy kategoriyalar ishlatiladi. Savdo korxonasini barcha resurslarini quyidagi 4.1.1-rasmda ifodalash mumkin.