Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə18/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

3.5. Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari
Bozor raqobati sharoitida rejalarni tezkor, joriy, o‘rta muddatli, strategik (o‘zoq muddatli) tizimi qo‘llaniladi va bu asosida rejalashtirishni o‘zluksizligi ta’minlanadi.
Rejalar alohida alomatlariga qarab tasniflanadi va alohida turlarga bo‘linadi.










Faoliyatni qamrab olish darajasi




Umumiy













Bo‘limlar, sohalar
















Maqsadli










Predmeti




Mablag‘lar

bo‘yicha













Dasturli
















harakatdagi










O‘zgarish
xususiyatiga
qarab




Qat’iy










Moslashuvchan
















Ishlab chiqarish
















Moddiy ta’minot

Faoliyat
sohasi
bo‘yicha










Sotish













Moliya
















Personal
















O‘zoq muddatli (5 yildan yuqori)



Muddati bo‘yicha










O‘rta muddatli (5 yilgacha)













Qisqa muddatli (1 yilgacha)
















Strategik



Mazmuniga qarab










Taktik













Tezkor












O‘rganish miqiyosiga qarab




Global










Lokal-tavsilotlashtirilgan

Rejalarning turlari


Tasniflash alomatlari




Rejaning turlari



3.5.1 – rasm. Strategik rejalashtirish bosqichlarining ayrim turlari
Jahon amaliyotida rejalashtirishning alohida bosqichlari, ya’ni rejalashtirish jarayonining ketma-ketligi ishlabch iqilgan va ularga rioya qilishlik rejalashtirish jarayonini bosqichlarini (logik) mantiqiy bog‘liqligini ta’minlaydi. Rejalashtirish bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. Ularni umumlashtirib uch bosqichga bo‘lish mumkin.
Boshlang‘ich bosqichda g‘oyani shakllantirish, maqsadni aniqlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarning yo‘nalishlarini aniqlash, istiqbolni belgilashdan iborat bo‘lishi kerak.
O‘rtanchi bosqichi ko‘p variantli rejani to‘zish, xo‘jalik sub’ekti rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, uning optimal variantini ma’qullash.
Oxirgi bosqichi qabul qilingan rejani bajaruvchilarga yetkazish, bajarilishini ta’minlashni chora-tadbirlarini ko‘rish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Rejalashtirishni ishlab chiqarish jarayoni ham uning turlariga qarab o‘ziga xos alohida bosqichlardan iborat bo‘ladi. Masalan: strategik rejalashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish bosqichlarining ayrim variantlari 3.5.1- rasmda keltirilgan.
Uzoq muddatli rejalar quyidagi tartibda to‘zilishi ham korxonalar tajribasida ishlatilib kelinmoqda:
- korxonaning maqsadi;
- investitsiya va ishlab chiqarishni takomillashtirish;
- resurslarni ishlatilish samarasi;
- boshqarishni takomillashtirish;
- raqobat vaziyatlarining tahlili;
- korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kibilarni aniqlash, belgilash.
3.6. Prognozlash va rejalashtirish usullari hamda ko‘rsatkichlari
Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib «nimagadir yo‘l», bilish uslubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma’nosini bildiradi.
Rejalashtirish jarayonida balans usuli (moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari balansi), normallashtirish usuli, solishtirish indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy hisoblar, sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar, ekspert baholash usuli kabilardan keng foydalaniladi.
Rejalashtirishda ko‘rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga natural va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
Sonli ko‘rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini (dona, tonna, kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad hajmi; foyda summasi kabilarni ifodalaydi.
Sifat ko‘rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi va korxona faoliyatini samaradorligini o‘lchov birligi sifatida ko‘proq ishlatiladi. Bu ko‘rsatkichlar protsent, indeks, koeffitsient kabilarda o‘z aksini topadi.
Hajmiy ko‘rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim ko‘rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish hajmi, resurslar summasi va h.k.).
Solishtirma ko‘rsatkichlar nisbiy miqdorlarda o‘lchanib (sifat ko‘rsatkichlarni bir turi), solishtirma og‘irlikni, solishtirma birlikni ko‘rsatadi. Masalan: ishlab chiqarishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy ishchi-xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar.
Savdo korxonalarida tovar oboroti hajmi, assortimenti (so‘m); tovar zahiralari hajmi va assortimenti (so‘m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti (so‘m). Bu uchala ko‘rsatkichlarni assortiment bo‘yicha miqdori natural ko‘rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.) hisobga olinadi, tahlil qilinadi va rejalashtiriladi.
Muomala xarajatalri summasi, tarkibi, moddalari bo‘yicha (so‘m, %).
Mehnat va ish haqi ko‘rsatkichlari.
Daromad va foyda rentabellik ko‘rsatkichlari.
Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar.
Kapital mablag‘lar, kredit, soliq va to‘lovlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar kabilar.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin