Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Rejalashtirish prinsiplari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə16/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

3.3. Rejalashtirish prinsiplari
Rejalashtirishning o‘ziga xos prinsiplari, usullari va uslublari, umuman aytganda, bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirishning o‘ziga xos metodologiyasi mavjud. Lekin bu gap sobiq sotsialistik to‘zumda ishlatilgan rejalashtirish metodoloiyasini butunlay inkor qilish degan fikr emas. Uning salbiy tomonlarini (erkinlikning chegaralanganligi, rejalashtirishning direktivligi, partiyaviyligi va hokazolar) olib tashlanib, ijobiy jihatlarini, ya’ni metodologiyasidan, usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Rejalashtirish jarayonida ilmiylik, reallik, optimallik, komplekslik, o‘zluksizlik, o‘zgaruvchanlik (korrektirovka qilinishi, elastiklik) nazorat kabi prinsiplari ishlatiladi.
Jahon tajribasida rejalashtirishning o‘ziga xos prinsiplari mavjud bo‘lib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • rejalashtirishning ilmiy asoslanganligini, ya’ni rejalashtirish iqtisodiy qonunlar talablarini, bozor iqtisodi qoidalarini hisobga olish, fan va texnika yutuqlariga asoslanishi, rejalashtirishda keng ma’noda ilmiy tekshirish muassasalarini, olimlarni jalb qilinishi orqali ta’minlanadi;

  • rejalashtirishni har xil muddatlarga to‘zish tizimi orqali uning o‘zluksizligi ta’minlanib boriladi;

  • jamiyatda, korxona, firmalarda ishlatiladiagn barcha resurslarning chegaralanganligi ulardan foydalanishda tejamkorlikka intilish, ulardan eng optimal variantni tanlab olishni taqozo qiladi;

  • raqobat, vaziyatning o‘zgarib turishi rejalarga o‘zgarishlar kiritib borishni taqozo qiladi va shu sababli rejalar har xil vaziyatlar uchun mo‘ljallangan alternativ variantlarda to‘zilishi, uning vaziyatga moslashuvchanligi, elastikligini ta’minlaydi;

  • bozor iqtisodiyoti qoidalari korxonalar, firmalar o‘rtasidagi aloqalarni kontraktlar asosida tashkil qilish, olingan majburiyatlarni belgilangan muddatda, miqdorda qat’iy bajarilishini talab qiladi. Bu esa rejalarning bajarilishini nazorat qilish qoidasining ahamiyatini oshiradi.




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin