Mehnat salohiyati nima va u mehnat resuslaridan qanday farqlanadi?
Ishchi kuchi nima?
Ishchi kuchi takror ishlab chiqarilishi qanday fazalardan iborat bo‘ladi?
Ro‘yxatdagi xodimlar soni qanday aniqlanadi?
Xodimlarni o‘rtacha soni qanday aniqlanadi?
Mehnat resuslarni tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi?
Savdoda sotuvchilar soni qanday rejalashtiriladi?
Rahbar hodimlar soni qanday aniqlanadi?
5 – BOB. XALQ ISTE’MOLI TOVARLARIGA BAHONI SHAKLLANISHI
5.1. Baho va baholashtirishni mohiyati va ahamiyati
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiy jarayonlardagi bahoni ahamiyatini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimida baho markazlashgan holda tasdiqlangan.
Bozor raqobavti sharoitida bahoning oxirgi miqdori bozorda talab va taklif va boshqa omillar ta’siri ostida shakllanadi. Lekin bu degani baho absolyut erkin shakllanadi degan ma’noni bildirmaydi. Uning shakllanishi ko‘p bosqichlardan o‘tadi.
Baho davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari orqali chegaralanishi mumkin.
Baho iqtisodiy kategoriya bo‘lib insoniyat taraqqiyotida tovar-pul muomalasini vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan.
Baho tovar qiymatining puldagi ifodasidir.
Baho bozorning elementi. Bozorning dahshatli raqobat shart-sharoitida korxonalarning samarali ishlash uchun baholarni belgilashni asosli usullarini, qo‘llanishini, marketingda oqilona baho siyosat va uni ketma-ket amalga joriy qilish asosiy zaruriyat bo‘lib hisoblanadi.
Tovarning iste’mol qiymati va qiymati bor yoki ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan narsa tovar deb yuritiladi. Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdori bilan belgilanadi.
Ijtimoiy zaruriy mehnat – mavjud iste’mol qiymatni yaratish uchun, normal sharoitda, jamiyatdagi o‘rtacha qobiliyat va mehnat intensivligida sarflangan umumiy mehnatning miqdoridir.
Sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdorini aniqlash juda murakkab va og‘ir jarayon hisoblanadi.
Baho iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch, vosita yoki intrument rolini o‘ynaydigan iqtisodiy, tarixiy, ijtimoiy kategoriyadir. Bahoni iqtisodiy tushuncha sifatida, uni hayotiyligini, doimiy insoniyat taraqqiyotida harakatda bo‘lib kelganligini va ahamiyatini hech kimga asoslash va tushuntirish zaruriyati bo‘lmasa kerak. Lekin, baho tushunchasi juda murakkab.
Oddiy hayotda, har bir kishi yoshligidan oldi-sotdi jarayonini ko‘zatadi yoki ishtirok etadi. Turmush tarzida inson baho tushunchasi bilan to‘qnashadi va uni o‘zining va boshqalarni moddiy faravonligiga qanday ta’sir qilishini anglaydi, tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi. Masalan: inson yuqori bahodagi tovarni qimmatli ekanligini anglasa, past baholigi uning arzonligini, qimmatli tovar uning cho‘ntagiga og‘ir botishi, past baholik tovar kam yuk bo‘lishini anglaydi. Shu bilan bir qatorda nega tovarning bahosi yuqori yoki past darajada ekanligi, uning sabablari to‘g‘risida xaridor xulosa qilib o‘tirmaydi. Uni qiziqtiradigan masala, o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni o‘zining sotib olish qobiliyati miqdorida xarid qilishdan iborat.
Iqtisodiyotda, hayotda baho nafaqat alohida tovarlarni oldi-sotdisini anglatadi. U umuman iqtisodiy munosabatlarni ya’ni tovarlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va nihoyat iste’mol qilish jarayonlarini ham tartibga soladi. Bunday jarayon butun baholar majmuasi, ularni shakllanishi va o‘zgarish harakati natijasida baholashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib oddiy xaridorga baholashtirish mexanizmi kam ma’lum va uni bu masala kamroq qiziqtiradi.
Iqtisodiyotda milionlab baholar baho tushunchasi orqali ishlatiladi, lekin bahoni har xil turlari mavjud. Ular ulgurji, chakana, erkin, monopol, tartibga solingan, davlat, shartnomali, jahon va hokazolar kabi (ushbu masalani alohida yoritamiz).
Baho tushunchasi, uni turlari, tarkibi, miqdori, o‘zgarish tendensiyalari bir tomondan, ikkinchi tomondan baholashtirish tushunchasi, bahoni aniqlash usullari, uslub va tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday qilib baho iste’molchilar uchun aniq ko‘rinib turadigan iqtisodiy tushuncha bo‘lsa, baholashtirish esa yashirin, xaridorga ko‘rinmaydi.
Shunday qilib baho tushunchasi va baholashtirish bir-biridan farq qiladi. Baho iqtisodiy tushuncha, kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi, baholashtirish esa, bu bahoni aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy jarayondir.
Baho tushunchasi ham allaqancha murakkabdir. Baho tushunchasi oddiy oldi-sotdi (T-T) jarayoni, mehnat taqsimotini chuqurlashishi natijasida ayirboshlash «T-P-T» yoki «T-P» jarayonlariga ayriboshlash jarayonini ajralishi natijasida vujudga kelgan. Oddiy tovar ayriboshlashda tovar-tovarga tenglashtirilgan, asta-sekin bu jarayon murakkablashib borib, tovarni tovarga tenglashtirish uchun boshqa bir ekvivalentga ehtiyoj tug‘ilgan. Bunday narsa universal, barqaror, ijtimoiy qiymatga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan. Pul shunday tovar – vositachi rolini o‘ynaydigan kategoriya sifatida kelgan.
Pul insoniyatni o‘z taraqqiyotida yaratgan eng yirik kashfiyotlardan biridir. Tarixdan ma’lumki (pul tarixi 3000 yilalrga teng) tovar ayriboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini dastlab «Tovar-pul» ya’ni qimmatbaho metallar qo‘yilmasi (slitkasi) (eramizdan oldingi VII asrgacha) bajargan, keyinchalik «Tanga – pul» - «Tangalar» (eramizdan oldingi VII asrdan - XIX eramizdagi asrgacha) o‘ynagan, undan so‘ng «qog‘oz pullari» «banknotlardan» (hozirgi kungacha va nihoyat XX asrni o‘rtasidan) «Elektron pul», «Kartochkalar» qog‘oz pullari bilan parallel harakat qilib kelmoqda.
Pulning tarixini keltirishimizdan maqsad bahoning tarixini ayonlashtirishdan iborat. Baho va pul tushunchasi bir-biriga yaqin bo‘lib, umuman «baho» so‘zi «pul» so‘zining hosili bo‘lib hisoblanadi. Ushbu sababli bahoga nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy kategoriya sifatida, hamda tarixiy kategoriya sifatida ham qaraladi.
Bahoni tushunchasi va ta’rifiga ko‘p tomonlama qarash zarur.
Xaridor nuqtai nazaridan, baho – tovar, narsa xizmat o‘lchov birligi uchun to‘lanadigan pul miqdorini bildiradi.
Sotuvchi nuqtai nazaridan, boho – sotilayotgan tovar, narsa, xizmat o‘lchov birligi uchun olinadigan pul miqdorini bildiradi. Lekin bu ta’riflar oddiy va bahoni kelib chiqishini, asli mazmunini yoritmaydi.
Jamiyatdagi inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklarni baholanish va sotish nuqtai nazaridan ikki xil yirik guruhlarga ajratish mumkin, ya’ni insoniyatga kerakliligi, foydaliligi, zaruriyligi, insonning yuqori ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan baholanadigan guruhga va ishlab chiqarish, sotish xarajatalridan kelib chiqib baholanadigan guruhga ajratish zarur.
Birinchi guruhga noyob, kam miqdorda, xaridorlarni yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlariga mo‘ljallangan tovarlar va xizmatlar kiradi.
Ikkinchi guruhga jamiki insoniyat uchun zarur bo‘lgan, iste’mol tovarlari va xizmatlari 80-90 % tashkil qiladigan qismi bo‘lib, ularni bahosi ishlab chiqarish va sotish xarajatalri, ushbu jarayonda ishtirok etuvchi sub’ektlar daromadlari, jamiyatga zarur xarajatlar yig‘indisi doirasida va boshqa obyektiv hamda sub’ektiv omillar natijasida shakllanadi.
Birinchi guruhga kiritilagn tovarlar va xizmatlar bahosi ularni ishlab chiqarish, sotish va boshqa ijtimoiy zaruriy xarajatlar qiymati bilan emas, balki zarurligi, foydaliligi, ularga bo‘lgan talab miqdori bilan belgilanib, sotish bahosi asli qiymatidan keskin farq qiladi, ularni bahosi juda yuqoriligi bilan farqlanadi.
Bular uchun baholashtirishni asosiy omillari sifatida bozor kon’yukturasi, talab va taklif, daromadlar bo‘yicha iste’molchilarni tabaqalanishi, aholi daromadlarining miqdori kabilar kiradi.
Ikkinchi guruh tovarlariga baho yuqorida keltirilgan miqdorlan kam baholansa ishlab chiqaruvchilar inqirozga uchrashi muqarrar va jamiyat ham foyda ko‘rmaydi. Bularni bahosi ishlab chiqarish va mehnat omillariga ko‘pdan bog‘liqdir. Ushbu keltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy haqiqat baho kategoriyasini ta’riflashda, nazariy tahlil qilishda, uni miqdorini aniqlash (baholashtirish) jarayonlariga metodologik asos bo‘lib hisoblanishi zarur.
Baholashtirishni yuqorida keltirilgan metodologik asoslaridan kelib chiqib, bahoga ta’rif beradigan bo‘lsak, birinchi guruh tovarlar va xizmatlarni bahosi – ularni ayriboshlash jarayonida, ya’ni oldi-sotdi jarayonida aniqlangan qiymatning puldagi ifodasidir.
Ikkinchi guruh tovarlar va xizmatlar bahosi – ularning qiymatining puldagi ifodasidir.
Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy-zaruriy mehnat miqdori bilan belgilanadi.
Bahoga ta’riflarni umumlashtiradigan bo‘lsak bizning fikrimizcha bahoga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Baho – tovar yoki xizmatni ijtimoiy zarurligi hamda unga sarf qilingan ijtimoiy-zaruriy mehnat miqdoridan kelib chiqqan (yoki aniqlangan) qiymatining puldagi ifodasidir.
Ma’muriy boshqaruv tizimida baholarning barcha turlari, jumladan iste’mol tovarlariga chakana baholar davlat tomonidan tasdiqlangan va nazorat qilingan.
Bozor iqtisodiyoti baholashtirish jarayonini erkinlashtirishni taqozo qiladi. Lekin bu degan gap, «baholashtirish absolyut erkinlashtirilgan» degan fikrga asos bo‘la olmaydi. (Bu masalani keyingi savollarda yoritamiz).
Baholarni erkinlashtirish sharoitida birinchidan, Davlat baho qo‘mitasi umuman tugutiladi;
ikkinchidan, Moliya vazirligi tarkibida baholarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus boshqarma to‘ziladi. (o‘sha vaqtda «Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish bosh boshqarmasi));
uchinchidan, 1991-1994 yillarda amalda hamma turdagi va tayyor mahsulotladr erkin baholarga o‘tkazila boshlandi. hukumatning «Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 1992 yil 10 yanvardan boshlab keng doiradagi ishlab chiqarish – texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlari, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning asosan (erkin) baholari va ta’riflariga o‘tildi;
to‘rtinchidan, baholar 1992 yil yanvardan boshlab bosqichma-bosqich, ohistalik bilan, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan kuchli choralarni oldindan ko‘rib qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi;
beshinchidan, 1993 yilda qat’iy belgilangan va tartibga solib turiladigan baholarda sotiladigan va xizmatlar ro‘yxati ancha qisqartirildi. Shu yilda ulgurji baholarni davlat tomonidan tartibga solish batamom to‘xtatildi, yonilg‘i-energitika kompleksi mahsulotlari belgilangan eng yuqori rentabellik darajasi normativlari bekor qilindi;
oltinchidan, 1994 yil oktyabr-noyabr oylarida iste’mol tovarlari asosiy turlarining baholari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarining ta’riflari oshirildi. Non va uning baholari, uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda shahar umumiy transporti xizmatlarining ta’riflarigagina qisman birinchi bosqichdayoq baholarning to‘la erkinlashtirish masalasi yechilgan.