Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə23/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Moliyaviy resurslar












O‘z (xususiy) va unga tenglashtirilgan mablag‘lar hisobidan shakllanuvchi










Moliyaviy bozordan safarbar qilingan mablag‘lar




Qayta taqsimlash natijasida keladigan daromadlar va tushumlar


































USTAV KAPITALI




Daromadlar










Tushumlar




Kreditlashtirlgan investitsiyalar




Sug‘urta kompaniyalaridan sug‘urta tushumlari


































Asosiy faoliyatdan olinadigan daromad




Amortizatsiya ko‘chirmalari


Sotilgan mol-mulklardan tushumlar (chiqarilgan)




o‘z aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar




Byudjetdan subsidiyalar




























Sotishdan olingan daromad




Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar










Assotsiatsiya, konsern yoki tarmoq boshqarmalaridan yordamlar


































Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar




Mehnat jamoasidan badalalr (pay) va boshqa tushumlar










o‘z aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatbaho qog‘ozlaridan foizlar





































Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar




Favqulot-dagi daromadlar













Dividendlar hisobidan daromadlar



4.3.1-rasm. Xo‘jalik sub’ektlarini (jumladan savdo korxonalari) moliyaviy resurslarini umumiy ko‘rinishdagi manbalari



    1. Savdoda mehnat resurslari

Inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy, jismoniy, ashyoviy almashuvlar, munosabatlarning umumiy sharti mehnatdir. Mehnat inson hayotining doimiy va tabiiy shartidir. Mehnat inson bilan tabiat o‘rtasidagi narsalar almashuvining umumiy shartidir. Mehnat, bu nafaqat insonning muskul va ong, jismoniy va aqliy energiyasini sarflash bo‘lib qolmay, maqsadga muvofiq foydali, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy, ma’naviy va jamiyat boyliklarini yaratish uchun yo‘naltirilgan ijtimoiy-zaruriy faoliyatdir.
Mehnat jarayonini boshlashdan oldin inson uning natijasini o‘z ongida shakllantiradi, keyin mehnatini o‘z maqsadiga erishish uchun yo‘naltiradi. o‘z xohishini amalga oshirish uchun mehnatni tashkil qilish usulini va yo‘nalishini aniqlaydi. Buning uchun inson mehnat qurollarini yaratadi.
Mehnatning boshlanish jarayoniga insonning maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan faoliyati kiradi. Mehnat jarayonida nafaqat inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy almashuv amalga oshadi, unda insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ham shakllanadi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak mehnat uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil ekanligiga imonimiz komil bo‘ladi.
Inson mehnati orqali moddiy va ma’naviy boylikni yaratish bilan tabiatni o‘z hayotiga moslashtirib, uni o‘zgartirish bilan bir qatorda o‘zini ham takomillashtiradi. Mehnat orqali inson atrof-muhitni o‘zgartiradi, uni o‘zgartirish bilan o‘zining doimo ortib borayotgan ehtiyojini qondirishga intilish bilan inson o‘zining tabiatini o‘zgartiradi, ya’ni qobiliyatini, bilimini, ko‘nikmalarini, imkoniyatlarini kengaytiradi, takomillashtiradi hamda mehnat jarayonini tubdan o‘zgartirib boradi. Mehnat jarayoni takomillashadi va insonning o‘zi ham takomillashadi.
Shunday qilib, mehnat jarayonida inson shakllanganligini ko‘zatamiz.
Mehnat natijasida inson doimo eng murakkab jarayonlarni amalga oshirib, o‘ziga yanada yuqori maqsadlarni qo‘yib va unga erishib boradi.
Biz yuqorida aytgandek mehnat inson bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy ne’matlar almashuvigina bo‘lib qolmay, uni natijasida insonlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Bu jarayonda mehnatning mazmuni va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati namoyon bo‘ladi.
Mehnatning mazmuni nuqtai nazaridan mehnat insonni mehnat qurollari va predmetlari bilan o‘zaro bog‘lanishi jarayonida hamda ularga insonning ta’siri, aralashuvi natijasida vujudga keladi.
Bu jarayon doimo, tanaffuzsiz davom etib boradi va takrorlanib turadi.
Mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlar jarayonidagi o‘rnida namoyon bo‘ladi.
Oldi-sotdi jarayoni bilan shug‘ullanuvchilarni mehnati alohida faoliyatiga ajralgan va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘langan holda, u rivojlanib va takomillashib kelmoqda.
Savdoda ishchilar mehnati jamiyatdagi umumiy ijtimoiy zaruriy mehnatning ajralmas qismi bo‘lib, savdoning funksiyalaridan kelib chiqib o‘z xususiyatlariga egadir.
Savdoda mehnatning xususiyati tovar oldi-sotdi jarayonini (tovarni qiymatini almashtirish) ta’minlash, ayrim ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan belgilanadi.
Tovar muomalasi ikki xil turdagi jarayonni amalga oshiradi. Bu jarayonlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
birinchidan, bu jarayonda ishlab chiqarishning ayrim texnik-texnologik funksiyalari davom etadi (tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini savdo assortimentiga aylantirish, ularni qadoqlash, iste’mol qiymatini saqlash, transport operatsiyalari va h.k.);
ikkinchidan, qiymat shaklini o‘zgartirish «T-P» operatsiyalarini amalga oshirish;
uchinchidan, oldi-sotdi jarayonida aholiga ushbu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish.
Savdo xodimlarining mehnatining tabiati murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bilim, ko‘nikmalarni (o‘qituvchi, vrachlarga o‘xshagan) iste’dod va qobiliyatini talab qiladi. Ayniqsa, utkir raqobat sharoitida biz keltirgan xususiyatlar juda yuqori ahamiyat topadi.
Mehnat jarayoni tabiatga ishchi kuchi, mehnat predmetlari va mehnat qurollari (ikkalasi mehnat vositalarini tashkil qiladi) bilan birgalikda ta’sir qilishi tufayli sodir bo‘ladi.
Ishchi kuchi bu jarayonda asosiy rol egallaydi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati bilan belgilanadi.
Ishchi kuchi deganda bizlar insonni jismoniy, aqliy, ma’naviy va ruhiy qobiliyatlari va ularni zaruriyat tug‘ilishi bilan ishlatib qandaydir moddiy, ma’naviy va madaniy iste’mol qiymatlar yaratishga tushunamiz.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni uchta bosqichdan iborat bo‘lib unga:
- shakllanish bosqichi;
- taqsimot bosqichi;
- iste’mol bosqichlari kiradi.
Jahon standartlariga binoan ishchi kuchining asosiy qismini yollanma xodimlar tashkil qiladi. Ularga shartnoma (kontrakt) asosida ishlayotgan barcha xodimlar kiradi. Statistikada ishchi kuchi ro‘yxatdagi xodimlar sifatida hisobga olinadi. Ro‘yxatdagi xodimlarga barcha doimiy, vaqtincha va shartnoma asosida ishga qabul qilinganlar kiradi.
Vaqtincha ishga qabul qilinganlar tarkibiga bir kun va undan ko‘proq kunlarga ishga qabul qilinganlar kiradi. Bunga haqiqatda ishlayotgan va vaqtincha ishga chiqmagan, lekin ishda formal holda hisoblanadiganlar kiritiladi.
Nazariyada va amaliyotda mehnat resurslari va mehnat salohiyati degan ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Mehnat resurslari deganda mehnatga qobiliyatli yoshdagi (ayollar 16-55, erkaklar 16-60 yoshda) ishchilar soni tushuniladi. Bu chegara qonun orqali belgilangan. Mehnat resurslari chegaralangan, lekin hayotda nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar mehnat qobiliyatidan (ish kuchidan) foydalaniladi.
Mehnat resurslariga bularni qo‘shsak mehnat salohiyatini tashkil qiladi.
Masalan: viloyatda aholining soni 2,0 mln. kishi, shundan 60%, ya’ni 1,2 mln. – mehnatga qobiliyatli yoshdagi ayollar va erkaklar.
Shulardan 0,3 mln. ishsiz.
Ishlayotgan ishchilar soni 1,4 mln. kishi.
Ish bilan band bo‘lgan nogironlar, nafaqaxo‘rlar va yosh bolalar (16 yoshgacha) 1,4+0,3-1,2=0,5 mln. (ishchilar soni 1,2-0,3+0,5=1,4).
Mehnat resurslari – 1,2 mln. kishi.
Ishchilar soni – 1,4 mln. kishi.
Mehnat salohiyati – 1,4 +0,5=1,9 mln. kishi.
Korxona miqiyosida ishchi xodimlar soni mehnat salohiyatiga teng bo‘ladi.
Xodimlar (ishchilar) soni korxonalarda o‘rganishda va statistik hisobotda ikki xil turda bo‘ladi.

  1. Ro‘yxatdagilar.

  2. Ishga kelganlar.

Ro‘yxatdagi xodimlar soni barcha ro‘yxatdan o‘tgan har xil sabablar bilan ishga (doimiy, mavsumiy, vaqtinchalik) ishchilar soni kiradi. Ularga (xizmat safarida, mehnat ta’tili, dekret ta’tili, kasallar, ishga har xil boshqa sabablar bilan o‘qish, deputatlik va h.k.) kelmaganlar kiradi.
Statistik hisobotda xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni ko‘rsatkichi ishlatiladi. (1 oy, chorak, 6 oy, 9 oy va 1 yil). Bunda ishga kelganlar va kelmaganlar ham hisobga olinadi.
Masalan: oylik uchun har kuni ro‘yxatdagi ishchilar soni (bayram, dam olish kunlari ham hisobga olingan holda) har kunligini jamlab oyning taqvim (kalendar) soniga bo‘lish bilan aniqlanadi (ishchi-kun:kallendar kuniga).
3 oyga bo‘lsa har bir oyning o‘rtacha ko‘rsatkichini jamlab 3 ga bo‘lamiz va hokazo. Agarda ishchilar soni har oy boshiga berilgan bo‘lsa o‘rtacha xronologik usul bilan aniqlanadi.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin