Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə12/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

2.3. Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni


Savdoning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, ahamiyati, savdoning xususiyatlari, bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi.
Savdo aholi hayotini ta’minlaydigan alohida soha bo‘lib hisoblanadi. Uni ishtirokida ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar tomonidan ijtimoiy tan olinadi, tovar taklifi bilan iste’molchilar talabi kelishtiriladi.
Tovar taklifi bilan iste’molchilar talabini kelishtirish orqali savdo ishlab chiqarishga faol ta’sir qiladi, u ishlab chiqarish hajmini va tarkibini (assortimentini) belgilashga ta’sir qiladi.
Savdoning ishlab chiqarish bilan aloqasi – ularni xo‘jalik aloqalari, tijoriy ishlar orqali amalga oshadi.
Jamiyatda savdo korxonasisiz ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar iste’molchilarga yetib bormaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonini qaytarilib turishiga savdo real iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi. Har qanday ishlab chiqaruvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zi ishlab chiqargan tovarini sotilishini ta’minlash shart, aks holda uning faoliyati to‘xtatib qolishi mumkin. Savdo korxonalari ishlab chiqaruvchilarga o‘z xarajatlarini qoplash va tegishli daromad olish imkoniyatini yaratadi.
Savdo ushbu vazifalarni bajarish orqali ishlab chiqaruvchilarga xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar to‘g‘ridan – to‘g‘ri iste’molchilarni (bu yerda aholi nazarda tutilmoqda) o‘z tovarlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas va uni bajara olmaydi. Shu bilan birga savdo ishlab chiqaruvchilarni vaqtni tejaydi va takror ishlab chiqarishni tezlashtiradi.
Xuddi shunday savdo miliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan ham aloqada bo‘ladi. Savdo taqsimotini real holda amalga oshishini ta’minlaydi.
Savdo – pul, kredit, moliya tizimini muvofiqlashtirilishi jarayonini namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi (pul emissiyasi, kassa rejalarini boshqarishi, inflyatsiya, milliy daromadni shakllanishi) va h.k.
2.4. Shaxsiy iste’molni qondirishda savdoning ahamiyati


Savdoning asosiy vazifalaridan biri iste’molchilarga xizmat qilish bo‘lib hisoblanadi.
Iste’mol takror ishlab chiqarish jarayonining to‘rtinchi va oxirgi fazasi. U mahsulotlarning harakatini oxirgi bosqichi.
Iste’molda (ishlab chiqarish va shaxsiy) tovarlarni iste’mol qiymati namoyon bo‘ladi, tan olinadi.
Savdoning shaxsiy iste’mol bilan aloqasi aholining iste’mol tovarlariga ehtiyojini qondirish amalga oshadi.
Savdoda alohida shaxs yoki iste’molchilar guruhi uchun mos keladigan tovarlari iste’mol assortimenti shakllanadi. Uzluksiz savdo amalga oshiriladi, ya’ni talabni uzluksiz qondirib borish jarayoni ta’minlanadi.
Shaxsiy iste’mol orqali insoniyat ishchi kuchini takror ishlab chiqaradi. Bu esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga manfaat tug‘diradi, chunki har qanday tarmoq ishchi kuchi bilan uzluksiz ta’minlanishi zarur.
Savdoda ehtiyojni shakllantirish orqali iste’mol tarkibiga, aholining umr va yashash darajasini oshirishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Reklama, har xil turdagi savdo shahobchalarini tashkil qilish (elita yoki arzon bahodagi savdo shahobchalari tashkil qilish kabi) orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari orasida iste’mol darajasi va tarkibini tartibga solishdek murakkab vazifani amalga oshiradi.
Savdo har xil foydali maslahatlar berish orqali oqilona iste’molni shakllantiradi. Bu esa aholining hayotini va iste’mol darajasini ortishiga olib keladi.
Savdo shahobchalarida progressiv savdo texnologiyalarini joriy etish, xaridorlarga zaruriy shart-sharoitlar yaratish bilan aholining tovar sotib olish xarajatlarini (tovar sotib olishga va iste’mol uchun sarflangan mehnat va moddiy xarajatlar), tovar sotib olishga sarflangan vaqtini tejashga ijobiy ta’sir qiladi. Aholining bo‘sh vaqti esa jamiyatning boyligi, uning taraqqiyoti uchun asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Savdoda aholini vaqtini tejashga imkoniyat yaratish orqali ularni bo‘sh vaqtlarini oshiradi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin