Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Moddiy borliq nima, ular qanday turlarga bo‘linadi?
2. Insoniyat hayotda qanday muammolarga duch keladi?
3. Fan nima?
4. Savdot so‘zining mazmunini yoritib bering?
5. Iqtisodiyot fanlari tizimiga qanday fanlar kiradi?
6. Savdo tarmoqlari xo‘jalik faoliyati fanining obyekti nima?
7. Savdo tarmoqlari xo‘jalik faoliyati fanining predmeti?
8. Savdo tarmoqlari xo‘jalik faoliyati fani qanday usularni ishlatadi?
2-BOB. SAVDONING MOHIYATI VA UNING BOZOR RAQOBATI SHAROITIDA AHAMIYATI
2.1. Savdoning mohiyati, funksiyalari Savdoning kelib chiqishi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarishni va tovar muomalasi, ayriboshlashni vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Tarixan savdoni foyda olish maqsadida moddiy boyliklarni qayta
sotish uchun sotib olish deb tushunilgan. Savdo jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
P – T - P 1 … T – P1…
Savdoni tovar ayriboshlashni shakli nuqtai nazardan qaralsa, savdoning vazifasi makon va zamon jihatidan bir – biridan ajralib turgan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqani bog‘lashdan iborat bo‘lgan.
Savdo mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy funksiya bajarib, boshqa iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik tarmoqlari qatori uning faoliyatida ham mulkdor (mulk egasi), yollangan xizmatchilar, mehnat, tadbirkorlik, foyda kabilar o‘z aksini tarixan topgan.
Savdo ishlab chiqarishning biridan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va ishlab chiqaruvchi qo‘lidan iste’molchi qo‘liga mahsulotlarni yetkazish vazifasini bajargan.
Savdo jarayonida mahsulotlar tovarga aylanadi. Chunki tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlardir.
Mahsulot biron – bir ehtiyojni qondirmasa, ya’ni uni iste’mol qiymati zaruriyat topmasa, uning qiymati qoplanmaydi va uni ishlab chiqaruvchi inqirozga uchrashi ehtimoldan o‘zoq bo‘lmaydi.
Savdoni shakllanishi insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Ibtidoiy jamiyatda alohida qabilalar ehtiyojidan kelib chiqib mahsulotlari bilan ayriboshlashgan.
Savdoga qanday ta’rif berish mumkin?
Buning uchun savdoning qanday xususiyatlari borligini aniqlab olish kerak.
Savdoning xususiyatlari:
1. savdo – bu tovar ayriboshlash, oldi – sotdini shakli;
2. savdo – bu tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan shaxsiy iste’molchilarga yetkazish;
3. savdo – bu tovarlarni qishloqdan – qishloqqa, shahardan – shaharga, hududdan – hududga, davlatdan – davlatga yetkazib berish jarayonidir;
4. savdo – sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir;
5. savdo – iqtisodiyotning xo‘jalik yurituvchi sub’ekti, tarmog‘i;
6. savdo – bozor elementlari (taklif, talab va baho) namoyon bo‘ladigan jarayon.
7. savdo – xizmatning alohida turi bo‘lib u bir tomondan ishlab chiqaruvchilarga xizmat qiladi, ikkinchi tomondan iste’molchilarga, uchunchi tomondan Davlatga xizmat qiladi va to‘rtinchidan u boshqa iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga ham xizmat ko‘rsatadi,ularni xizmatlaridan iste’molchi sifatida foydalanadi va ular bilan aloqada bo‘ladi.
Savdo – birinchidan, tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik aloqalar va tovar ayriboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi;
- ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida mustaqillashgan savdo korxonalari majmuasidir.
Savdoning mohiyati (ta’rifi)dan kelib chiqib, uning bajaradigan funksiyalarini aniqlash zarur.
Savdo – o‘z mohiyatidan kelib chiqib quyidagi ijtimoiy – iqtisodiy funksiyalarni bajaradi:
Birinchidan, tovar ayriboshlash shakli sifatida tovarlar qiymatini ayriboshlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida tovarlarni ishlab chiqishdan iste’molchilarga yetkazish.
Birinchi funksiya natijasidatovarlarni qiymati sotiladi, unga sarf qilingan ijtimoiy mehnat qoplanadi va qo‘shimcha qiymat vujudga keladi.