Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Ikkinchi funksiya natijasida



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə11/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Ikkinchi funksiya natijasida tovarlarni iste’mol qiymati iste’molchilarga yetkaziladi, iste’molchilar tomonidan tan olinadi, sotiladi va mulk shakli o‘zgaradi.
Amaliy nuqtai nazardan iste’mol tovarlarini taqsimoti tugaydi.
Savdo ijtimoiy – iqtisodiy funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda tashkiliy – iqtisodiy, texnik – texnologik funksiyalarni ham bajaradi.
Tashkiliy – iqtisodiy funksiyalar:
1. Taklifni imkoniyatlarini o‘rganish;
2. Talab va ehtiyojni o‘rganish;
3. Bahoni shakllantirish;
4. Tovarlar reklamasini tashkil qilish;
5. Shartnomalar to‘zish va buyurtmalar berish;
6. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish.
Texnik – texnologik funksiyalar:
1. Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga yetkazishni tashkil qilish (transport korxonalari bilan aloqa o‘rnatish, tovarlarni son va sifati bo‘yicha qabul qilish va h.k.)
2. Tovarlarni saqlash;
3. Tovarlarni qadoqlash;
4. Tovarlarni transport vositalariga yuklash, tushurish.


2.2.Savdoning ijtimoiy shakllari, tashkiliy iqtisodiy tasnifi


Bozor raqobati sharoitida savdoning ijtimoiy shakllari va tashkiliy – iqtisodiy tasnifi tubdan o‘zgardi. Sobiq ittifoq davrida respublikada davlat savdosi, kooperativ savdo va kolxoz bozori mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda mulk munosabatlari o‘zgarishi, detsentralizatsiya jarayoni amalga oshganligi munosabati bilan davlat savdosi butunlay xususiylashtirilib, uning umumiy tovar aylanishdagi hissasi 1 % gacha miqdorga qisqartirildi, xuddi shunday kooperativ savdo ham xususiylashtirildi, uni ulushi 9 % atrofida. Kolxoz bozori butunlay barham topdi, uni o‘rniga dehqon bozorlari shakllandi.
Savdoning butunlay yangi shakli, ya’ni xususiy savdo vujudga keldi, shunday qilib savdoning mulkiy shakllari butunlay yangilandi, nodavlat sektor shakllandi. Savdoda vertikal boshqaruv tizimi butunlay barham topdi. Baholar erkinlashtirildi. Xo‘jalik aloqalari bozor iqtisodiyotiga moslashtirildi. Tashkiliy tuzilmalar butunlay yangi tarkibda tuzildi.
Vazirlik va boshqarmalar yo‘q qilindi. Aksionerlik jamiyatlari, kompaniyalar, xususiy firmalar, yakka tartibdagi savdo shahobchalari vujudga keldi.
Matlubot kooperatsiyasi tizimida matlubot ta’minot – savdo aksioner kompaniyalari tashkil qilindi. Tumanlarda esa, tuman matlubotsavdo ishlab chiqarishsa savdo kooperativlari tashkillashtirildi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin