Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning elementlari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə13/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

2.5. Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning elementlari

Bozor raqobati sharoitida savdo korxonalari faoliyatini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, uning muammolarini aniqlash, ularni yechimini topish kabi ishlar murakkab jarayon bo‘lib, ularni hal qilish uchun quyidagilardan kelib chiqish zarur deb hisolaymiz.


Birinchidan, savdoning kelib chiqishi, mohiyatini ilmiy asoslagan holda yoritish.
Ikkinchidan, savdoning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ahamiyatini aniqlab olish.
Uchinchidan, savdoda vujudga keladigan iqtisodiy, tashkiliy va boshqarish muammolarini aniqlab olish. Bu esa, o‘z vaqtida savdo jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarini, uning xo‘jalik mexanizmini chuqur bilishni taqozo qiladi.
To‘rtinchidan, savdoni tashkil qilish jarayoni, savdo korxonalari va shahobchalari faoliyatining holatini rivojlantirish tendensiyalarni o‘rganish.
Beshinchidan, savdoni tashkil qilishni chet el ilg‘or tajribalarini tahlil qilish, ularni ijobiy va respublikamiz iqtisodiyotiga mos tomonlaridan foydalanish masalalarni yoritish kabilardir.
Tashkiliy-tarkibiy tuzilishi nuqtai nazardan jahon amaliyotida savdo bir-biridan farqlanadigan har xil shakllarga va turlarga bo‘linadi.
Mulk shaklidan kelib chiqib savdo xususiy, jamoaviy (kooperativ, aksiyador) davlat va aralash shakllarga bo‘linadi.
Tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarga qarabsiljish nuqtai nazaridan ulgurji va chakana savdoga turlanadi.
Hududiy tashkillanish jihatidan tashqi va ichki savdoga bo‘linadi.
Ushbulardan tashqari ulgurji va chakana savdo tashkiliy-huquqiy jihatlari, tovar bo‘yicha ixtisoslashishi, savdo shahobchalarining tiplanishi, tovarlarni sotishni takomillashtirish usullarga qarab har xil bo‘ladi. Masalan:
1.Ulgurji savdo universal, ixtisoslashgan, ulgurji vositachilar, xarid qiluvchi markazlar, birjalar va hokazolardan tashkil topadi.
2. Chakana savdo universal, franshiza, supermarket, gipermarket, market, ixtisoslashgan oziq-ovqat, posilka orqali savdo, do‘kondan tashqari, ya’ni ko‘chma savdo, savdo uylari, savdo markazlari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish savdo shahobchalari, bozor savdosi, laryoklar, kiosklar, pavilonlar, savdo avtomatlari va hokazolarga turlanadi.
Savdoning xo‘jalik mexanizmi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rni, xususiyatlari, bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi.
Savdo bozor iqtisodiyotining tarkibiy ajralmas qismi bo‘lmish «Bozor»ning bir sohasi sifatida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdan iste’molchilarga oldi-sotdi jarayoni orqali yetkazishdek mukammal funksiyani bajaradi.
Savdo jarayonida bozorning barcha elementlari ishtirok etadi, ya’ni taklif, baho va talab. Savdoda raqobat orqali bu elementlar muvofiqlashtiriladi.
Ushbu jarayonda savdo jamiyat iqtisodiyotining ko‘p tarmoqlari va har xil iste’molchilar bilan iqtisodiy aloqaga chiqadi, o‘zining boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini tuzadi, savdoning turlari (ulgurji, chakana kabi) shahobchalari har xil vositachilar vujudga keladi.
Bu jarayonda aholiga tovar sotish bilan bir qatorda tovarlarni sotish, uylariga yetkazish, iste’molni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat amalga oshiriladi. Savdoga xos tadbirkorlik rivojlanadi, alohida vositachilar guruhi vujudga keladi. Moliyaviy sub’ektlar bilan aloqalar o‘rnatiladi, iqtisodiy-moliyaviy vositalar ishlatiladi.
Oldi-sotdi jarayoniga bog‘liq huquqiy vositalar va normalar o‘z aksini topadi.
Ushbu jarayonda ijtimoiy vositalar ishga tushadi, psixologik muhitlar yaratiladi va h.k.
Va nihoyat, tovar – pul muomalasi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va psixologik munosabatlar shakllanadi.
Shunday qilib, savdoning xo‘jalik mexanizmi, jamiyat xo‘jalik mexanizmining ajralmas qismi, uni xarakatlantiruvchi faol vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Savdoning xo‘jalik mexanizmi – uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqaruv uchun usullari, tashkiliy tuzilmasi, aniq xo‘jalik yuritish shakllari, huquqiy, psixologik vosita va normalar majmuasidir.
Savdoning xo‘jalik mexanizmi quyidagi elementlardan tashkil topadi.
Birinchidan, savdoni tashkil qilish shakllari, savdo korxonasi va tadbirkorlikning shakl va turlari, ularning ixtisoslashishi, kooperativlashishi, asotsiatsiyalashuvi va hokozolar.
Ikkinchidan, uni boshqarish tarkibi, usul va shakllari. Bu element iqtisodiy munosabatlarni boshqaruv aspektiga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishga ta’sir qilish uchun ishlatiladigan ma’muriy va iqtisodiy usullarni o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, savdoning davlat organlari va iqtisodiyotning boshqa sub’ektlari bilan moliyaviy, kredit, pul munosabatlari, oldi-sotdi va xo‘jalik aloqalari.
To‘rtinchidan, savdoda ishlatiladigan iqtisodiy rag‘batlantirish shakllari, usullari, iqtisodiy dastaklar (baho, ish haqi, foydalar kabi).
Beshinchidan, savdo faoliyatini tartibga solishni huquqiy shakl va usullari. huquqiy qonunlar, davlat organlarining normativ xujjatlari, ko‘rsatmalari, savdo tashkilotlari va korxonalarning nizomi, ustavi va hokozlar.
Oltinchidan, savdo munosabatlariga ta’sir qiluvchi sotsial-psixologik omillar.
Yettinchidan, davlatning iqtisodiy siyosati. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida O‘zbekiston Respublikasi davlatining iqtisodiy siyosatining asosini beshta ustuvor yo‘nalishlari tashkil qiladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat bosh islohatchi; qonun va Konstitutsiyaning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish. Bu tartib va qoidalar savdo iqtisodiyotida o‘z ifodasini topadi va uning faoliyatini yo‘naltiradi.
Sakkizinchidan, raqobat, jur’at, xavfsizlik, tijorat, sirlarining shakl va usullari.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin