Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Chakana tovar oborotini prognozlash va rejalashtirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə33/74
tarix20.11.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#165370
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Савдо тармоқлари хўжалик фаолияти

Chakana tovar oborotini prognozlash va rejalashtirish

Iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini o‘zoq muddatga prognozlash obyektiv zaruriyatlardan kelib chiqadi. Bu hol jamiyatni ijtimoiy – iqtisodiy to‘zumidan qat’iy nazar, amaliyot uchun zarur faoliyat.
Jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy mehnat taqsimoti, ilmiy texnik rivojlanish xalqaro va xududiy bog‘liqliklarni kengaytirib, murakkablashtirib yuboradi.
Xalqaro, hududiy va korxonalararo iqtisodiy aloqalarini va ularni iqtisodiy, shartnomaviy munosabatlarini prognozlash va rejalashtirish asosida olib borishni taqozo qiladi.
Umuman oddiy hayotda, har bir shaxs, oila, korxona, davlat o‘zoq muddatga muljallangan maqsad, vazifalarsiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish mavjud resurslardan, imkoniyatlardan kelajakda foydalanish yo‘llarini iqtisodiy nuqtai nazardan hisob – kitob qilishni, oqilona va optimal foydalanish yo‘llarini asoslashni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyotini insoniyat hayotiga, xo‘jalik sub’ektlari faoliyatiga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy va boshqa jihatlariga dahshatli salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tomonlari mavjud. Bunday omillarni kelajakka bashorat qilmay, e’tiborga olmay, hisoblashmiy taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi.
Jamiyatdagi barcha tabiiy, moddiy, moliyaviy resurslar chegaralangan, ulardan maqsadli va ratsional foydalanish zarur. Ushbu holat birinchidan, halqaro, xududiy va umuman ho‘jalik sub’ektlarida bog‘liqliklarni chuqurlashtiradi. Ularni e’tiborga olish zaruratini tug‘diradi;
Ikkinchidan, xalqaro, tarmoqlararo kompleks masalalarni kelishilgan holda hal qilishni taqazo qiladi;
Uchinchidan, barcha iqtisodiy munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshirishni talab qiladi;
To‘rtinchidan, har bir xo‘jalik sub’ekti o‘z faoliyati ko‘rsatkichlarini rivojlanish tendensiyalarini kelajakka hisob – kitob qilish zaruriyatini tug‘diradi.
Uzoq muddatga prognozlash metodologiyasi umumiy rejalashtirish metodologiyasiga asoslanadi.
Uzoq muddatga prognozlashtirish asosida maqsadga erishish yo‘llari asoslanadi. Buning uchun prognozlashtirishda ilmiy tashkilotlar, ishtirok etishni ta’minlanishi, ilmiy asoslangan norma va normativlarni ishlatilishi, prognozlar ko‘p variantlarda tuzilishi, uzoq muddatga tuzilgan shartnomalarni hisobga olishi va hakozolar zarur bo‘ladi.
Prognozlash, kelajakni ko‘ra bilish, bashorat qilish mazmunini anglatib ehtimol xarakteriga ega. Prognozlashtirishni rejalashtirishning dastlabki bosqichi o‘zoq muddatga qabul qiladigan qaror uchun qo‘shimcha axborot olish vositasi sifatida tushinish ham mumkin.
1.Chakana tovar oboroti uzoq muddatga prognozlash va rejalashtirish metodologiyasi. Prognozlash (kelajakni ko‘ra bilish, aniqlash ma’nosini bildiradi), rejashtirishni dastabki bosqichi, uzoq muddatga tahlilning varianti, qaror qabul qilish uchun qo‘shimcha axborot olish vositasi sifatida ishlatiladi.
Bozor raqobati sharoitida inqirozlardan chiqish, inqirozga ro‘para bo‘lmaslik barchasida prognozlarning ahamiyati juda katta. Chunki prognozlash maqsadga erishish uchun chora tadbirlarni ishlab chiqish orqali rejalashtirish va maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Prognozlash bir nechta variantlarda amalga oshiriladi.
Chakana tovar oboroti prognozlashda respublika miqiyosida quyidagi tenglamani asos qilib olishi mumkin.
Axft ≥ ChTAt ≤ TRt
Bunda:
Axft – aholining harid fondi;
ChTA – chakana tovar oboroti;
TR – aholiga sotishga mo‘ljallangan tovar resurslari
t – prognozlash yili.
Bu ko‘rsatkichlar balansi respublika miqyosida viloyatlar miqyosida, viloyatlar miqyosida tovar guruhlari (makrotartib, mikrotartib) bo‘yicha detallashtiriladi va uni ta’minlashga intilish zarur.
Bu tenglamani ishlatish «Umumiylikdan → elementlarga» o‘tish (tahlil) yoki «elementlardan → umumiylikka» o‘tish (sintez) usullari bo‘yicha amalga oshirish mumin.
Chakana tovar oboroti prognozlashga nisbatan bu usullar quyidagi jarayonni anglatadi:
1. «Umumiylikdan → elementlarga» o‘tish chakana tovar oboroti umumiy hajmini oldin belgilash va keyin uni makro yoki mikro tarkibini aniqlashga o‘tishni anglatadi.
2. «Elementlardan → umumiylikka» o‘tish chakana tovar oborotini makro yoki mikro tartibini oldin aniqlash va ularning yig‘indisini hisoblash orqali chakana tovar oborotini umumiy hajmini belgilash.
Bu qoida chakana tovar oboroti uzoq muddatga prognozlash, qisqa muddatga va joriy rejalashtirishda metodologik asos bo‘lib hisoblanadi.
Chakana tovar oboroti prognozlash va rejalashtirishda yuqorida keltirilganlar metodologiya nuqtai nazardan bir variant bo‘lib hisoblanadi.
Metodologik qoidani ikkinchi varianti sifatida chakana tovar oborotini aholining jon boshiga yoki hajmini aniqlash orqali prognozlash usuli ishlatilishi mumkin.
Bu holda:
1. Chakana tovar oboroti umumiy hajmi sintez usuli ya’ni «elementlardan – umumiylikka» qarab borish usuli bilan aniqlanadi.
Oldin chakana tovar oboroti aholi jon boshiga yoki oilaga to‘g‘ri keladigan hajmi aniqlanadi, so‘ngra ularning umumiy aholi yoki oila soniga ko‘paytirish yo‘li bilan chakana tovar oboroti umumiy hajmi aniqlanadi.
Chakana tovar oboroti prognozlash va rejalashtirishni metodologik prinsiplaridan biri «Bezararlik nuqtasi»ni aniqlashdir. Chunki, chakana tovar oborotini prognozlashda savdo korxonalarining asosiy maqsadidan kelib chiqish mumkin.
Bezararlik nuqtasi quyidagicha aniqlanadi.
BN =
Bu yerda:
Dx – doimiy xarajatlar (muomala xarajatlarining doimiy o‘zgarmas qismi)
Yx – o‘zgaruvchan xarajatlar (muomala xarajatlarining o‘zgaruvchan qismi)
Bezararlik nuqtasini aniqlashni boshqa usullari ham mavjud.
1. Doimiy xarajatlarni 100% ga ko‘paytirib, daromadlarning darajasiga bo‘lish
BN =
Bu yerda:
D – daromadlar summasi.
2. Chakana tovar oborotini doimiy xarajatlarga ko‘paytirib chakana tovar oborotidan o‘zgaruvchan xarajatlar qismiga bo‘lish

BN =


Chakana tovar oboroti prognozlash va rejalashtirishda quyidagi usullardan keng foydalanish mukin.
1. Statistik tajriba usuli (taxmin, omillarni o‘rganish va h.k.lar).
2. O‘rtacha siljish ko‘rsatkichlari orqali ( ) ko‘p amilla regression modellar.
3. Matematik modellashtirish ekstropolyatsiya usuli.
4. Normativ usullar.
Statistik tajriba usuli asosan joriy rejalashtirish (yil, chorak, oy, xafta, kunlik) ishlatilishi mumkin.
O‘rtacha siljish ekstropolyatsiyani oddiy varianti bo‘lib, bu ham ko‘proq joriy rejalashtirishda qo‘llaniladi.
Matematik modellashtirish, jumladan ekstropolyatsiya (matematik modellar orqali) chakana tovar oboroti umumiy hajmini uzoq va o‘rta muddatlarga prognozlashda qo‘llanish tavsiya qilinadi.
Normativ usullar chakana tovar oboroti tarkibini prognozlash va rejalashtirishda ko‘proq ishlatiladi.
Chakana tovar oboroti prognozlashni ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz.
Chakana tovar oboroti respublika miqiyosida prognozlashda quyidagi matematik modellardan foydalanish mumkin.
Birinchi bosqichda chakana tovar oboroti oila xo‘jaligi to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorini aniqash mumkin.
Yx = a0 + a1x1 + a2x2 + a3x3 + a4x4
Bunda:
Yx – o‘rtacha oila xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan chakana tovar oboroti o‘sish sur’ati;
x1 – o‘rtacha har bir oila xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlarining o‘sish sur’ati;
x2 – oila xo‘jaligini tovarlar sotib olishga qilgan xarajatlarining o‘sish sur’ati;
x3 – savdo maydonini 1000 oila xo‘jaligini hisobini o‘sish sur’ati;
x4 – vaqt omili;
a0, a1, a2, a3, va a4 – tenglama parametrlari.
Tenglama parametrlarining 5-10 o‘tgan yillar ko‘rsatkichlari asosida kompyuterlar orqali hisoblash mumkin.
Ikkinchi bosqichda o‘rtacha chakana tovar oboroti oila xo‘jaligi uchun prognoz qilingan davrga aniqlanadi.
Uning uchun quyidagi formula ishlatiladi:
ChTAoxp =
Uchinchi bosqichda ChTA umumiy hajmi aniqlanadi.
ChTAp = ChTA o.x.p.∙ O.Xp
Keyingi bosqichda respublikada ChTAp viloyatlar bo‘yicha hajmini aniqlash mumkin va tavsiya sifatida ularga yuborilishi mumkin.
Buning uchun viloyatlarni respublika chakana tovar oboroti hissasi aholi daromadida yoki xarid fondlaridagi hissasi ishlatilishi mumkin.
Masalan: 1. Chakana tovar oboroti hissasi bo‘yicha
ChTA pi = ChTAp ∙ ;
2. Xarid fondlari hissasi bo‘yicha
ChTApi = ChTAp
3. Pul daromadlari hissasi bo‘yicha
ChTApi = ChTAp
Uchchala variantni solishtirib optimal chakana tovar oboroti viloyatlar bo‘yicha tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan prognoz hisob – kitoblari boshqacha matematik modellar asosida ham amalga oshirish mumkin.

  1. Yt = af(t) + b

Bu yerda: Yt = ChTPp o‘sish tendensiyasi
f(t) – turdagi funksional chakana tovar oboroti dinamik qatorda o‘zgarish xarakterini ko‘rsatuvchi matematik funksiya.
t – vaqt
2. YtD = af(D) + b
D – aholining pul daromadlari
3. YtDTr = af(D) + bf(Tp) + c
Tr – tovar resurslari
4. YtMn = af(Mn) + b
Mn – milliy daromad
5. YtIf = af(If) + b
If – iste’mol fondi
6. Yi = fi(x1,x2,…xn)
Yi – i davrga chakana tovar oboroti
fi – hisoblanadigan matematik funksiya
x1,x2,…xn – chakana tovar oborotiga ta’sir qiluvchi omillar.
Chakana tovar oboroti hajmi va tarkibi ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, uni prognozlashda talab va taklifni prognoz ma’lumotlari, iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, iqlimga bog‘liq prognozlar e’tiborga olinishi lozim. Bular bilan bir qatorda chakana tovar oboroti aholining hayot tarzi, yashash darajasi kabilarga ham bog‘liqdir.
Chakana tovar oborotini prognozlashda umumsiyosiy masalalarni, halqaro aloqalarning rivojlanishi kabilar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Yuqorida qayd etilgan shart – sharoitlar va omillarni hisobga olish murakkab, hisobga olish ehtimoli kam yoki yo‘q bo‘lishi mumkin. Shu sababli bunday omillar, shart – sharoitlarni ta’sir qilish darajasi ularga ekspert baho berish usuli orqali hisobga olinishi mumkin.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin