Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə94/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

RIGVEDA - «Veda»-muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Dhi - «fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuitsiya (fahm), bilish, aql; bilim, san’at, ibodat», shuningdek, «ko‘z o‘ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash. SHoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. SHoirlar ma’budlardan dhi ato etishlarini so‘raganlar. Dhi tufayli shoirlar ma’budlar odamlar orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero shoir-«doimo ma’budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go‘zallik maskani Vedalardagi tasavvurga ko‘ra, shoirlar o‘zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko‘rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so‘zga aylantiradilar.
UPANISHAD - so‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «davra», «davra olmoq» (ustoz atrofida) demakdir. Lekin uning ikkinchi botiniy ma’nosi - «sirli bilim», «yashirin bilim». Upanishadlar vedalarga borib taqaladigan, ularning sirlarini tushuntiradigan diniy-falsafiy tabiatga ega ta’limotdir. Aynan milodgacha bo‘lgan YII asrlarda vujudga kela boshlagan ana shu upanishadlarda qadimgi hindlarning estetik tasavvur va qarashlari shakllangan. Upanishadlardagi nafosatli tasavvurlar ham axloqiy qarashlar bilan mustahkam bog‘liq.
SHITS-ZIN («Qo‘shiqlar kitobi») - U qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina tarixiy, etnografik va boshqa yodgorliklarga nisbatan to‘laroq, chuqurroq aks ettiradi, desak yanglishmaymiz. «SHitszin» 305 she’riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» («Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «SHitszin»dagi she’riy asarlar asosan xalq og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i musiqaga solingan she’rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda tutsak, bu yodgorlikda ham so‘z san’ati, ham musiqa san’ati, ham raqs san’ati ruhini, unsurlarini ko‘rish mumkin.
DAOCHILIK - ushbu yo‘nalishining muhim belgisi, bu-fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va inson go‘zalligi darajasi esa ana shu borliq go‘zalligiga qanchalik o‘xshash, yaqin ekanligi bilan belgilanadi.
XUAYNAN-SZI - san’atning uch xil darajasini ko‘rsa bo‘ladi. Birinchisi, daoga asoslangan san’at, bu-donishmandlik. U eng yuksak darajadagi narsalar bilan bog‘liq; bular yaxlitlik, yo‘qlik, dao, olam (kosmos). Bunday san’atning maqsadi «oliy uyg‘unlikka» (toy xe) erishish va oxir-oqibatda tabiat bilan barobar darajada narsalar ijod qilish. Ikkinchi darajadagi san’at hisob-kitobga, ya’ni me’yorga asoslanadi. Bu-«boshqarish» (odamlarnimi, narsalarnimi-baribir) san’ati. Uchinchi xil san’at esa bizning tushunchamizdagi hunarga to‘g‘ri keladi; u yuzaki mohirlik oqibati bo‘lmish tashqi bezak sifatida talqin etiladi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin