Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə96/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

FORIG‘LANISH-KATARSIS - bu tushunchani mohiyatan diniy ma’noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san’atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san’at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. YA’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
DINIY-BADIIY ASARDA RAMZ -. Ramzning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘z mazmuniga emas, butunlay boshqa mazmunni anglatadigan shakl, o‘z mohiyatini emas, butunlay boshqa mohiyatni ifodalaydigan hodisa, qisqasi, butunlay boshqa botinni ifodolovchi zohirdir. SHu bois ham u sirli, yashirin hodisa: uni muayyan bilimga ega bo‘lmay turib anglash mumkin emas.
IDEAL - Diniy-badiiy janrda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Umuman olganda, idealni ma’lum ma’noda, antiqa holat-paradoks deyish mumkin: unda bor narsa yo‘q narsaning mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud narsaga yoki hodisaga o‘sha paytda mavjud bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan yondashiladi. Masalan, axloqiy idealni olaylik. U, shubhasiz, insonni kelajakda erishilishi lozim bo‘lgan axloqiy yuksaklikka, ya’ni oldinga chorlaydi. Lekin uning uchun o‘tmishdagi axloqiy qiyofa xizmat qiladi. Buning ustiga, diniy-badiiy ideal hayotiy idealdan keskin farq qiladi-u hech qachon o‘zgarmaydi: hech qachon biz uchun - Muhammad alayhisalomdan, nasroniylar uchun - hazrati Isodan, yahudiylar uchun - hazrati Musodan o‘zga ikkinchi payg‘ambar paydo bo‘lmaydi
DINIY-BADIIY QONUN - me’morchilikda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, yirik masjid-jomening tashqi va ichki ko‘rinishiga e’tibor qilaylik: kiraverishdagi peshtoqda Kalomullodan oyatlar, bir yonda mezona-minora, tomda gumbaz, hovlida tahorat uchun hovuz, ichkarida diniy va dunyoviy rahbarlarga atalgan maxsus joy-maqsura, fatvolar o‘qiladigan, va’z aytiladigan minbar, qibla tomonda mehrob va hokazo. Bularsiz jome masjidni tasavvur qilish qiyin. YOki nasroniylar cherkovida mehrob (altar), devor va shiftlarda Bibi Maryam, Iso alayhissalomning tasvirlari, gumbazlar, qo‘ng‘iroqxona singari unsurlar albatta bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin