Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə97/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

NISBIY GO‘ZALLIK - G‘azzoliy unga alohida to‘htaladi. Faqat o‘z kamolotining barcha qirralariga to‘liq ega bo‘lgan narsanigina u oliy darajadagi go‘zallik deb ataydi. Bunday komillikni faylasuf faqat Allohda ko‘radi va payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Allox go‘zal va u go‘zallikni sevadi» degan so‘zlarini keltiradi. SHunday qilib, faylasuf mutlaq go‘zallik faqat Allohga taalluqli bo‘lishini, boshqa go‘zalliklarning hammasi nisbiy ekanini aniq-ravshan bayon etadi.
RUHIY TAXLIL ESTETIKASI - Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ko‘rsatadi; ong, ongoldi va ongtubi yoxud onglanmagan, ya’ni ongga aylanmagan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat (senzura) degan o‘rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani bajaradi; birinchisi, shaxs o‘ziga maqbul ko‘rmagan va qoralagan his-tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmaganlik hududiga siqib chiqaradi; ikkinchisi, ongda o‘zini namoyon etishga intilgan faol onglanmaganlikka qarshi kurashadi
NAFOSAT - bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda-metakategoriya. Boshqacha qilib aytganidan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir
ESTETIK ANGLASH - va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy-biologik, ham ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin