«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko‘lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.
Fuqarolik jamiyati va davlat tuzilishini quyidagi chizma asosida izohlash mumkin.
Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, kooperativlar, ishbilarmonlar uyushmalari, klublar va boshqalar fuqarolik jamiyatining yadrosini tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasi amaliyotga tadbiq etilmoqda. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, «fuqarolik jamiyati mavjud bo‘lmagan joyda siyosiy kelishuvning ham bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan ayondir». Zero, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish degani davlatning kuchliligi yo‘qoladi, degani emas, fuqarolik jamiyati qanchalik taraqqiy topgan bo‘lsa, davlatdagi birdamlik, barqarorlik va uyg‘unlik shunchalik mustahkam bo‘ladi.
Biz bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerakki, umumiy va maxsus bilimlarga ega ongli, tafakkur ham har xil «izmlar»dan ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘lgan insonlargina fuqarolik jamiyatini barpo etishga va uni yanada takomillashtirishga qodir bo‘ladi.
Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlash-tirish hamda yangilash yo‘lidagi harakatlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish va so‘zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat'iyat bilan davom ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir.
Ana shunday maqsadlarni o‘zida mujassam etgan dasturning negizini quyidagi ustuvor vazifalar tashkil etadi:
1. Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tengsiz oliy ne'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo‘lib qolaveradi.
2. Ikkinchi ustuvor yo‘nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashdan iborat.