Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə104/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Tayanch iboralar
Ozodlik - barcha demokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquq-lari kafolatlangan va ta'minlangan jamiyatning bosh sharti. Mustaqillik - bu huquq. Obod Vatan - fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo‘lgan, xavfsizligi ta'minlangan farovon hayot qurish makoni. Erkinlik - bosh g‘oyadagi inson hayotining mohiyati. Demokratiya - xalq hokimiyati. Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayot sohasiga to‘g‘ri keladigan tushuncha.


Muhokama uchun savollar
1. Milliy istiqlol g‘oyasining bosh pirovard maqsadini bayon eting?
2. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat! g‘oyasini asoslab bering?
3. Moddiy va ma'naviy uyg‘unlik nima degani?
4. «Ozod Vatan», «Obod Vatan», «Erkin va farovon hayot» tushunchalarini izohlang?
5. O‘rta mulkdorlar qatlami qanday shakllanadi?
6. Fuqarolik jamiyatini bayon eting?

8-MAVZU: MILLIY FOYa VA DeMOKRATIK RIVOJLANISh, millatlararo totuvlik hamda diniy
bag‘rikenglik masalalari


Ma'ruza rejasi:
1. Milliy g‘oyada miliy rivojlanish va demokratiya tushunchalarining o‘zaro munosabati.
2. Millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik g‘oyasining tarixiy, huquqiy asoslari hamda O‘zbekistonda milliy-diniy bag‘rikenglik va dunyoviylik.


1. Milliy g‘oyada milliy rivojlanish va demokratiya
tushunchalarining o‘zaro munosabati
Demokratik rivojlanishda milliy mustaqillik g‘oyasi. Mamla-katimizda demokratik institutlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uzoq muddatli jarayondir. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilib, yuqoridan joriy va tatbiq etish bilan odamlar ongida tub o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir».
Shu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an'analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdod-larimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.
Har bir jamiyat, davlat o‘zi uchun mos demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlaydi. O‘zbekiston ham o‘zi uchun maqbul demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Bizga ma'lumki, sobiq sho‘rolar davrida Sharq xalqlariga K.Marksning «Osiyocha ishlab chiqarish uslubi» deb atalgan nazariyasiga tayanib ish ko‘rilgan edi. Bu nazariyaga ko‘ra Sharqda hokimiyatni boshqarish azaldan despotizmga, ya'ni zo‘rovonlikka asoslanadi, degan fikrdan iborat bo‘lgan. yevropatsentristik qarashlar (Gegel), yevropani jo‘g‘rofiy jihatdan ustun qo‘yish (Monteske), kapitalizmning tarixan aynan yevropada paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning (Maks Veber) barchasi Sharq turmush tarzi uchun demokratiya mutlaqo yot bir narsa, degan, bepisand fikrga asoslanish oqibati edi. Bugungi kunda Sharqning ham o‘ziga xos davlatchilik an'analari, boshqaruv tizimi, idora usullari, hokimiyat tarmoqlari bo‘lgani, bu borada u Farbdan sira ham kam emasligi barchaga ayon bo‘lib qoldi.
Xususan, Sharq demokratiyasining bir qator ustuvor jihatlari mavjud: 1) Foyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlik (ajdodlari-mizning bu boradagi boy ma'naviy merosi) negizida siyosiy madaniyat shakllangan. 2) Sharq falsafasining muhim jihatlaridan biri - «me'yor» tushunchasi aslida demokratik me'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. 3) Sharqda odamlarning hokimiyatga va siyosiy munosabatlarga: saylov tizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - bularning barchasi Sharqda o‘z xususiyatlariga ega. Sharqda jamoatchilik fikri ham keng rivojlangan.
Umuman, demokratiya qadimdan dunyoning turli mintaqalarida turlicha yo‘nalishda rivojlanib borgan. Demokratiyaning shakllari:
1. Sharqona demokratiya (o‘zida milliy umumbashariy, mahalliy xususiyatlarni birlashtirgan, o‘ziga xos ko‘rinish).
2. Siyosiy demokratiya (jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlash-tirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish).
3. Ijtimoiy demokratiya (bugungi davr demokratik islohotlar jarayo-niga e'tibor) ko‘rinishlari mavjud bo‘lib kelgan.
Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne'mat, ko‘pchilikka ma'qul yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an'analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSh yoki Angliya, Fransiya (boshqa yevropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo‘lsalar-da, lekin har biri o‘z milliy ruhi, an'analarini ham saqlagan. Shu kabi Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e'tiqod udumlar negizida amal qilmoqda.
Shubhasiz, O‘zbekistonda ham biz ana shunday bo‘lishi uchun intil-moqdamiz. Yurtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e'tibor qilinib, milliy qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa'y-xarakatlar qilinmoqda. Biz demokratiya yo‘lini, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanladik, hamda rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga yetish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz52.
Shunga ko‘ra milliy g‘oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, panturkizm kabi) zararli va umrini o‘tab bo‘lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga muhabbatli odamgina yetuk ma'naviyatli, ma'rifat-lidir. Ma'rifatli odam o‘z erkini boshqalar erki bilan birga deb biladi, o‘zgalarning yashash tarzi, e'tiqodi huquqini hurmat qiladi. Bizning ulug‘ ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy ana shunday yetuk, komil inson bo‘lish uchun kurashganlar. «Naqshband uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o‘zi ham hyech kimga qul emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan g‘oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo‘lib kelmoqda.
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o‘zaro uyg‘un va bir biri bilan bog‘liq tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bo‘lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bo‘lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, O‘zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo‘lga kiritganda bir - biri bilan bog‘liq bo‘lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko‘p. Zero, demokratiya - erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, o‘z irodasini ifodalash, haq-huquqlaridan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to‘la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma'naviyat egasi bo‘lish, mas'uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas'uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog‘liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois huquq va burch, erkinlik va mas'uliyat hamma vaqt birga, uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalardir. Zero, yaxlit bir tizim markazida ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak. O‘zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi va tadbirkorlik, ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o‘zaniga tushadi, kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zo‘ravonlik qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim o‘zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Biz hozir demokratik davlat qurishning boshlang‘ich davrini boshimizdan kechirayapmiz, bu jarayon uchun muayyan vaqt kerak53. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olg‘a intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik, shaxsiy manfaatni ustun qo‘yishga mayllik vujudga kelishi muqarrar.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin