3. Diniy bag‘rikenglik - xilma-xil diniy e'tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor, hamjihat bo‘lib, yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a'zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.
Q.Nazarovning fikricha, qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardush-tiylik, nasroniylik, yaxudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharimizda masjid, cherkov, sinagoglar faoliyat ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub bo‘lgan xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega bo‘lganidan dalolat beradi56.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 15 ta konfessiyaga mansub diniy tash-kilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifoda-sini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
O‘zbekistonda milliy-diniy bag‘rikenglik va dunyoviylik. Dinlarning umuminsoniy mohiyati, maqsadi bir bo‘lib, ular aslida bir-birlariga zid emas. Aslida diniy bag‘rikenglikning mohiyati shundan kelib chiqadi. Jamiyat tarixidan turli dinga mansub kishilarning yonma-yon yashab kelganligiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bizning mamlakatimiz hududida ham islom, ham nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan, diniy amallar erkin ijro etilgan. O‘sha davrlarda ham ziyolilar, olimlar hayot saboqlarini bir-biridan o‘rganganlar, ustoz-shogird bo‘lishgan. Ularning turli dinlarga mansubligi bunday munosabatlarga halal bermagan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini o‘zaro teng huquqlilik, hamdo‘stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag‘rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo‘stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e'tiqodidan qat'iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo‘lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko‘ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko‘ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin deganda, dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do‘stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta'limot-lar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo‘lishga undaydi.
Diniy bag‘rikenglikning qaror topishi, mustahkamlanishi, rivojlanishi barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar milliy g‘oya va mafkurani amalga oshirish yo‘lida birlashtiradi. U mafkurani milliy g‘oya va kishilar ongi hamda qalbiga joylashishiga yordam beradi.
Aksincha, diniy bag‘rikenglikni tor ma'noda tushunish, bir tomonlama talqin qilish umumiy maqsadlardan chalg‘itib, kishilarni o‘zaro guruhlarga bo‘lib yuborishi mumkin. Shuningdek, ayrim guruhlarning g‘arazli manfaat-lariga xizmat qiluvchi diniy niqobni yuzaga keltiradi.
Bu haqida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov shunday yozadi: «Afsuski, insoniyat taraxida diniy ongning ajralmas qismi bo‘lgan odamlardagi e'tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o‘ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko‘rsatuvchi misollar ko‘p. Fanatizmning o‘ziga xos xususiyati va ko‘rinish-lari, avvalambor, o‘z dinining haqiqiyligiga o‘ta qattiq ishonish, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo‘liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir bo‘ladilar»57.
O‘zbekistonda yangi demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratishga kirishilgan hozirgi o‘tish davrida diniy bag‘rikenglik qanchalik muhim bo‘lsa, diniy bag‘rikenglik uchun milliy mafkura ham shunchalik muhimdir. Milliy mafkuraning yuksak g‘oyalari, o‘z navbatida, dinning haqiqiy mohiyatini jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab olishga yordam beradi. Diniy bag‘rikenglik g‘oyasini to‘g‘ri tushunishga yordam berib, barcha kishilarni e'tiqodidan qat'iy nazar birlashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi kishilar ongi va qalbiga singganda diniy mutaassiblikka, ayirmachilikka hyech qanday o‘rin qolmaydi.
Respublikamiz aholisining milliy qiyofasi faqat Sharq emas, balki, Farb sivilizatsiyasiga mos umuminsoniy tamoyillar, islom, xristianlik va boshqa dinlarga e'tiqod, an'ana va urf-odatlar, rang-barang turmush tarzidan iborat ma'naviy mezonlarni o‘zida aks ettiradi.