Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə97/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma'naviy ne'matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.
Erkin va farovon hayot qurishning quyidagi 3 omili ham mavjud:
1) Demokratik qadriyatlar erkin va farovon hayot ko‘rishning birinchi omili. Prezident Islom Karimov jamiyatning demokratlashuvini uzoq muddatli jarayon sifatida baholaydi. Demokratik g‘oyalarni shunchaki bayon qilish, yuqoridan tushirish bilan uni odamlarimiz hayotiga singdirib bo‘lmasligini ta'kidlaydi. «Demokratiya, - degan edi Prezidentimiz Islom Karimov, - jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog‘i kerak. Bu esa bir zumda bo‘ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo‘la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko‘rish va demokratiya tamoyillarini o‘zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir». (Šarang: Karimov I.A. Asarlar. T.7. 160- bet).
2) Jamiyat barqarorligi, barqaror taraqqiyot - erkin va farovon hayot qurishning muhim qadriyatlaridan biridir. Mamlakatimizda barqaror taraqqiyot uning asosiy omillari va shartlarini Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» asarida barqaror taraqqiyotni ma'lum bir shartlar bilan bog‘liq holda tahlil etadi. Bular:
a) ma'naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi;
b) davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkam-lash;
v) demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakl-lantirish;
g) bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;
d) kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi (Qarang: Karimov I.A. Asarlar. T.6. 125-190-betlar).
3) O‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish - farovon hayot qurishning uchinchi omili, hamda fuqarolik jamiyatining tayanchi hamdir. O‘rta qatlam bu o‘z shaxsiy mulki, ya'ni turar joylari, shaxsiy transport vositalariga ega bo‘lgan. O‘zini va o‘z oilasi hayotini munosib tarzda ta'minlay oladigan, o‘zining va oila a'zolarining fundamental ehtiyoj-larini (ta'lim olish, dam olish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish) qondirish uchun yetarli moddiy imkoniyatlari mavjud bo‘lgan va eng muhimi - bu imkoniyatni o‘z ish haqi va daromadlari evaziga ta'minlay oladigan hamda faol ravishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etadigan fuqaro-lardir.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin