Њзбекистон республикаси олий ва њрта


II. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə99/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

II. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida:
1. Hokimiyat tizimlari bo‘linishining konstitutsion prinsipiga amal qilishini ta'minlash. Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqil faoliyatini erkinlashtirish.
2. Ma'muriy sohada amalga oshirilayotgan islohatlarning samarador-ligini kuchaytirish. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berib, erkin tadbirkorlikni demokratik rivojlantirish. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishini ta'minlash.
3. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va yangilash tizimini takomillashtirish zarur.
III. Iqtisodiyot sohasida:
1. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosh vazifa – eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish, xususiy bines faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat.
2. Xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosda amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.
3. Mamlakat iqtisodiyotiga xorix sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish taqozo etilmoqda.
4. Kichik va o‘rta biznes iqtisodiy taraqqiyotimizda ustuvor o‘rin olishi darkor.
5. Mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini ta'minlash.
6. Mamlakatimiz iqtisodiy mustaqillini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davot ettirish.
IV. Ma'muriy sohada:
1. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o‘rnini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish.
2. Ko‘ppartiyaviylik, ko‘pfikrlilik sharoitida fuqarolarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning negizi bo‘lmog‘i kerak.
3. Dinga hurmat va e'tiqod – biz uchun o‘lmas qadriyatdir.
4. Oila, onalar va ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni va mavqyeini oshirish.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish.
6. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an'analarini rivojlantirishga ko‘maklashish, ular faoliyatini kengaytirish.
7. Keksalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishdek noyob insoniy qadriyatni yangi mazmun va amaliy ishlar bilan boyitish va mustahkamlash.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin