Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə96/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi.
1. www. gov. uz
2. www. press - service. uz.
3. www. bilim. uz.
4. www. philosophy.ru.
5. www. filosofiya.ru.
6. www. philosophy.nsc.ru.
7. http // philosophy.albertina.ru.
8. www. history.ru.
9. www. philosophy.com.

III-BO‘LIM.
MILLIY ISTIQLOL FOYaSI - O‘ZBeKISTONNING
O‘ZIGA XOS VA MOS RIVOJLANISh
KONSePSIYaSI uchun asos


7-mavzu. Milliy istiqlol g‘oyasining bosh maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish


Ma'ruza rejasi:
1. Milliy istiqlol g‘oyasi - O‘zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi.
2. O‘zbekistonda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog‘liqligi.
3. Milliy istiqlol g‘oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.


1. Milliy istiqlol g‘oyasi - O‘zbekiston istiqbolini ifoda
etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish - milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi hisoblanadi. Insonning ijtimoiy-siyosiy mohiyati faqat ozodlik va erkinlik sharoitidagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi asosiy maqsadi - «ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish» bo‘lib, bu g‘oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilish-larini, bunyodkorlik faoliyatining ma'no-mazmunini ifodalaydi.
Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasida mustaqillik, ozodlik, erkinlik tushunchalari ustuvor va yetakchi o‘rinda turadi. Bu g‘oya Vatan ozodligi barcha orzu-intilishlarimiz, istiqlolni mustahkamlashga doir amaliy faoliyat ko‘lami va yo‘nalishlari uchun asos ekanligidan dalolat beradi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Biz uchun mustaqillik - o‘z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo o‘z hayotimizni o‘z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko‘zlagan holda tashkil etish, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish huquqidir».
Xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh maqsadi - buyuk demokratik davlat barpo etishdir. Davlatning buyukligi nima bilan belgilanadi? Davlatning buyukligi, avvalo, Vatanning ozodligi va obodligi, insonning komilligi, xalqning erkin va farovon hayoti bilan belgilanadi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin