Aksiltarg‘ibotning fosh etuvchi yo‘nalishida: 1) g‘oyaviy dushmanlar tomonidan e'lon qilingan fikrlar va baho-larni rad etish;
2) «mafkuraviy urush» olib borayotgan taraf tashviqotining mohiya-tini ochib berish;
3) mafkuraviy tazyiq ko‘rsatuvchi guruh yetakchilarini obro‘sizlan-tirish;
4) raqiblarning ruhini susaytirish orqali ularning harakatlarini kuchsizlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.
4. Mafkuraviy tarbiya ishini samarali tashkil etish imkoniyatlari hamda haqiqat mezoni asosida baholash tamoyillari Milliy mafkuramizni hayotga tez va keng yoyish uchun, dastavval uning mohiyatini chuqur o‘rganish, maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, o‘zlashtirib olish, xalq o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq etish, turli vosita va shakllardan foydalanish talab etiladi.
Mafkura targ‘ibotida yangi texnologiyalarni qo‘llashda jahonning bir qator davlatlarida to‘plangan ilg‘or tajribalardan foydalanish mumkin. Xususan, jahonda keng tarqalgan «to‘rt qadamli» universal modeldan maf-kura targ‘ibotida foydalansa bo‘ladi. Uning asosiy jihatlari quyidagicha:
1-qadam: Muammoning qo‘yilishi. Mafkura targ‘ibotida singdiri-lishi zarur bo‘lgan g‘oyalar belgilab olinadi.
2-qadam: Rejalashtirish va dasturlashtirish. Bu bosqich uzoq muddatga mo‘ljallangan kommunikativ (muloqot) vazifalar strategiyasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
3-qadam: Muloqotga kirishish. Milliy istiqlol mafkurasi targ‘i-botini samarali tashkil etish uchun asosiy kommunikativ vazifalar rejalashtirilgan va aniq maqsadlar sari yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Uchinchi bosqich o‘z ichiga quyidagi elementlarni qamrab oladi: harakat strategiyasi, kommunikativ strategiya dasturni amalga oshirish rejasi. 4-qadam: yakuniy xulosalar yasash. Yakuniy xulosalar yasash ikki yo‘nalishda: baholash mezonini ishlab chiqish va qayta aloqa kanalidan olingan ma'lumotlarni o‘rganish shaklida amalga oshiriladi. Baholash mezonini ishlab chiqishda kishilarga singdirilgan g‘oya ularga qay darajada ta'sir etganligini aniqlashning ob'ektiv mezonlari belgilansa, qayta aloqa kanalidan olingan materiallarni o‘rganishda berilgan axborotlar soni, unga nisbatan javob reaksiyasi singdirilgan g‘oya natijasida kishilar o‘z harakatlarini qay daraja o‘zgartirganliklari tahlil qilinadi, ularning mafkuraviy ta'sirga javob reaksiyasi o‘rganiladi.
Milliy istiqlol mafkurasini singdirishda yangi texnologiyalardan foydalanish auditoriyani segmentlashni (turkumlarga ajratishni) taqozo etadi. Auditoriyani segmentlash quyidagi omillar asosida amalga oshiriladi: