5. Vayronkor g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta'siri Buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi.
«Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya'ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq» (I.A.Karimov).
2.11-chizma.
Vayronkor g‘oyalar
Mustabidlik
Bosqinchilik
Terrorchilik
Aqidaparastlik
Jaholatparastlik
Irqchilik
Millatchilik
Mahalliychilik
Vatansizlik
Yovuzlik
Vayronkor g‘oyalar jamiyat, xalq va davlat-
larning tanazzuliga sabab bo‘ladi, g‘ayri-
insoniy maqsadlarga xizmat qiladi.
Demak, vayronkor g‘oya deb, turli ta'sirchan vositalardan foydalanib, odamlarni soxta va puch maqsadlarga ergashtiruvchi, ularning kuch-qudratini buzg‘unchilik va jinoyatga yo‘naltiradigan, insoniyat uchun faqat kulfat keltiradigan g‘oyaga aytiladi. Shu bilan birga vayronkor g‘oyalarning mazmun-mohiyatini, maqsad-muddaolarini bilish nihoyatda muhim. Bu fuqarolar, ayniqsa yoshlar uchun buzg‘unchi g‘oyalar xavfini anglash, o‘zlarida mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun zarur bilimlarni egallashiga yordam beradi.
Vayronkor g‘oyalar odamzot boshiga ko‘pdan ko‘p fojialar keltirgan. O‘rta asrlarda Farbda amalga oshirilgan salib yurishlari Sharqdagi muqaddas yerlarni xristian bo‘lmagan xalqlardan tozalash bahonasida qanchadan-qancha urushlar sabab bo‘lgan. Vayronkor mafkuralar, vayronkor xatti-harakatlar asosida g‘ayriinsoniy g‘oyalar yotadi. Ular insonga, insoniyat erishgan yutuqlarga nafrat bilan qarashni, buzg‘unchilikni rag‘batlantiradi. Vayronkor mafkuralarning ko‘rinishlari: