Immunitet lotincha (immunitatis) so‘zidan olingan bo‘lib, biror narsadan xalos, ozod va farig‘ bo‘lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo‘zg‘atuvchi virusga, dardga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. «Immunitet» so‘zining ma'nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta'sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligini bildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma'nosini ham anglatadi, (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatik immuniteti).
Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta'bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarar»ligi haqidagi fikrni alohida ta'kidlaganlar (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 494-bet).
Aslida organizmni infeksion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo‘yicha uchga bo‘linadi:
1. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgisiga ko‘ra nasldan naslga o‘tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli bo‘ladi.
2. Tug‘ma immunitet (turga xos, tabiiy), nasbatan chidamli, nasldan naslga o‘tadigan xarakterga ega.
3. Orttirilgan immunitet - hayot davomida orttirilgan immunitet. U o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g‘oyaviy ta'sir bo‘lishi kerak23.
Milliy g‘oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir vatandoshimizning mustahkam e'tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bo‘lishini taqozo etadi. Insonning ko‘plab xususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllan-sagina mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlaydi.
Foya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma'naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da'vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo‘llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko‘p... Ikkinchi asosiy qismi ana shu bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Uchinchi unsuri: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy sohalardagi aniq mo‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bog‘liq.
Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini: 1) mafkuraviy bilim; 2) his-tuyg‘u; 3) iroda; 4) ko‘nikma va 5) malakalar tashkil qiladi.
Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida quriladi. Ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston - dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil bo‘ladi.
Demak, mafkuraviy immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o‘zi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g‘oyalarga qarshi tura olish malakalaridir.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda mafkuraviy profilak-tikaning o‘rni katta. Mafkuraviy profilaktika xilma xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy ishlar majmui, ya'ni ta'lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
Milliy g‘oya asosidagi mafkuraviy immunitet har bir yigit-qiz, fuqaro mustaqillikning ma'no-mohiyati, Prezident Islom Karimov asarlarida ilgari surilgan bunyodkor g‘oyalar; yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot natijalari, Vatan va dunyo tarixi, umumbashariy sivilizatsiya yutuqlariga doir bilimlarga tayanadi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, har bir kishi, jamoa va jamiyatning mafkuraviy bilim darajasini 5 holatga ajratish mumkin:
1. Yuqorida zikr etilgan bilimlardan mutlaqo bexabar, shuning uchun ham turli g‘oyalarga befarq, loqaydlilar.
2. Bilimlari bor, lekin ular hayot, turmush bilan bog‘lanmagan.
3. Hayotiy, umume'tirof etilgan siyosiy, mafkuraviy bilimlari bor, lekin o‘quvchi yoki talaba ularni hayotda qo‘llashga qiynaladi.
4. O‘quvchi-talaba asosli bilimlarga ega, vaziyatni to‘g‘ri baholaydi, turli mafkuraviy ta'sirlarga amaliy munosabat bildira oladi.
5. O‘quvchi-talaba zarur bilimlarni puxta egallab, ularni amaliyotda bemalol qo‘llab, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi faol turadi.
Mafkuraviy immunitet insonning Vatan va xalq manfaatlari yo‘lidagi faoliyatida namoyon bo‘ladi. Mafkuraviy immunitet erkin, mustaqil fikrlashni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarashni, insonparvarlikni kundalik hayotiy faoliyatga aylantirishni taqozo etadi.