Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə68/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

Quyidagi Internet saytlaridan foydalanildi:

  1. www. gov. uz

  2. www. press - service. uz.

  3. www. bilim. uz.

  4. www. philosophy.ru.

  5. www. filosofiya.ru.

  6. www. philosophy.nsc.ru.

  7. http // philosophy.albertina.ru.

  8. www. history.ru.

  9. www. philosophy.com.


II-BO‘LIM. O‘ZBeKISTON MUSTAQILLIGI VA MILLIY
FOYaNING ZARURLIGI
5-MAVZU: O‘ZBeKISTON MUSTAQILLIGINI MUSTAHkam-
LAShDA MILLIY FOYaNING ZARURLIGI VA AHAMIYaTI
Ma'ruza rejasi:

  1. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyadan kuzlangan maqsadlar.

  2. Milliy g‘oya - O‘zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi.

  3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasining O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda namoyon bo‘lishi va uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari.



1. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‘oyadan
ko‘zlangan maqsadlar
Milliy g‘oya - millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli.
Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni ham aks ettiradi. O‘z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada «Qarshilik ko‘rsatish» g‘oyasining milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilgani va Fransiyaning ozod etilishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi36.
U yoki bu g‘oyaning milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liq. Ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin.
Har qanday milliy g‘oyada umuminsoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan g‘oyalar mavjud. Masalan, «Milliy yarash» g‘oyasi fuqarolar, urushi ketayotgan davlatlar uchun xos hayotiy mazmunga ega. Yoki «Manfaatli hamkorlik» g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatga ega.
Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g‘oyaviy asrash, ta'minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.
«Milliy mafkura»ni faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi, deb tushunish to‘g‘ri emas. U muayyan jamiyat yoki davlatning umumiy mafkurasi ma'nosini ham anglatadi. Chunki «milliy» sifati «millat» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, nafaqat muayyan etnik birlik, balki «davlat» ma'nosini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, «milliy daromad», «milliy qurolli kuchlar» birikmalarida u aynan, «davlat» so‘zining ma'nodoshi sifatida ishlatiladi.
Milliy istiqlol g‘oyasining hayotbaxshligi taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘zbek modelining asoschisi Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan taraqqiyot yo‘lining ko‘pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma'nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir. Shu sababdan u iqtisodiyot bilan bir qatorda davlat qurilishi, ijtimoiy soha va ma'naviyatni, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin