Nomarkaziy yuklanishda (7.5-rasm) poydevor orqali zaminga uzatiladigan bosim trapetsiya ko’rinishida ta‘sir qiladi. Bu bosimning maksimal va minimal qiymatlari:
Pmax = (N + Q)/A M/W (7.5)
min
7.5 – rasm. Nomarkaziy yuklangan poydevorning hisobiy sxemasi
Zamindagi gruntda haddan ko’p plastik deformatsiyalar sodir bo’lishi hamda poydevor kam yuklangan qismining zamindan uzilishini oldini olish uchun quyidagi shartlar ta‘minlanishi lozim:
Pmax 1,2 R; P R; Pmin/Pmax > 0 . (7.6)
Agar Pmax/P < 1,2 bo’lsa, poydevor tovonining o’lchamlari eguvchi moment ta‘sirini hisobga olmagan holda (7.4) - formula yordamida aniqlanadi. Aks holda, poydevor tovonining yuzasi (7.4) - ifoda bo’yicha aniqlangan yuzadan birmuncha kattaroq miqdorda (odatda 10...20% ko’proq) qabul qilinadi va (7.6)-shartning bajarishi tekshirib ko’riladi. Materiali bo’yicha tejamli poydevorlarni loyihalash uchun, ushbu holda, poydevor tovoni o’lchamlarini ketma-ket yaqinlashuv usuli bo’yicha aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Agar maksimal va minimal bosimlar orasidagi farq ancha katta (siquvchi kuchning yelkasi е = M/N > b/6) bo’lsa, zamindagi grunt o’ta notekis yuklangan deb qaraladi. Bunday holda, poydevor tovonining og’irlik markazini siquvchi kuch ta‘sir chizig’i tomonga (kuch yelkasi е ga yaqin qiymat bilan) siljitish, ya‘ni poydevorni devor yoki ustunga nisbatan nosimmetrik holda joylashtirish tavsiya etiladi.
7.3. Nomarkaziy yuklangan poydevorlarni
ustivorlikka tekshirish
Katta miqdordagi gorizontal yuklar yoki momentlar ta‘sirida bo’lgan nomarkaziy yuklangan poydevorlar ustivorlikka ham tekshirib ko’riladi.
Poydevorning ag’darilishga ustivorligini ta‘minlovchi shart quyidagi ko’rinishga ega:
c My/M a < na , (7.7)
bu yerda c – zamindagi gruntning ish sharoiti koeffitsienti; Mу-vertikal (ushlab turuvchi) yuklarning poydevor ag’darilish qirrasiga nisbatan momenti; Ma – tashqi agdaruvchi yuk momenti; na – ustivorlikning ishonchlilik (zahira) koeffitsienti.
Poydevorning siljishga ustivorlik sharti quyidagicha:
с f N/Т < nc , (7.8)
bu yerda f – poydevor materialining grunt bo’yicha ishqalanish koeffitsienti; N – vertikal yuklar yig’indisi; T – gorizontal yuk (ta‘sir); nc – siljishga ustivorlikning ishonchlilik koeffitsienti (inshootning kapitalligi bo’yicha sinfiga bog’liq).
Dostları ilə paylaş: |