9.2.Qoziqli poydevorlarni chegaraviy holatlarning
birinchi guruhi bo’yicha hisoblash
Ma‘lumki qoziqlar va rostverk yetarlicha mustahkamlikka ega bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Qoziq va rostverk tanasining mustahkamligi qurilish konstruktsiyalarini loyihalashning umumiy qoidalari asosida ta‘minlanadi. Rostverkning o’lchamlari devor yoki ustunning o’lchamlariga muvofiq, konstruktiv qabul qilinadi. Rostverk asosan temirbetondan barpo etiladi.
Qoziqli poydevorlar hisobining asosini qoziqlar sonini aniqlash tashkil etadi. Qoziqlar soni umumiy holda quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:
n > (N + Q)/Fк , (9.1)
bu yerda N – inshootdan rostverkka uzatiladigan yuk; Q – rostverk va uning ustidagi grunt og’irligi; Fк – bir dona qoziqning yuk ko’tarish qobiliyati.
Bir dona ustun qoziqning yuk ko’tarish qobiliyati quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Fк = (с/g )RA , (9.2)
bu yerda c –qoziqning ish sharoiti koeffitsienti; g –grunt bo’yicha xavfsizlik koeffitsienti; R–qoziq tovonidagi mustahkam gruntning hisobiy qarshiligi; A–qoziqning ko’ndalang kesim yuzasi.
Bir dona osma qoziqning yuk ko’tarish qobiliyati:
Fк = ( с/g )( с R R A + Uсf fiHi), (9.3)
bu yerda с = 1 – qoziqning ish sharoiti koeffitsienti; g = 1,4 – ishonchlilik koeffitsienti; сR , сf – gruntning qoziq tubi va yon sirtlaridagi ish sharoiti koeffitsientlari; R – gruntning qoziq tubidagi hisobiy qarshiligi; A , U – qoziq kesimining yuzasi va perimetri; f – qatlamlardagi gruntlarning qoziq yon sirti bo’yicha hisobiy qarshiliklari (tabiiy yoki yuvilish sodir bo’ladigan yer sirtidan qatlamlar o’rtalarigacha bo’lgan Hi masofalar, gruntlarning turi yoki ularning konsistentsiya ko’rsatkichlari asosida qabul qilinadi).
Qoziqli poydevorning hisobiy sxemasi 9.4–rasmda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |