Œзбекистон республикаси олий ва œрта


Cho’kindi tog’ jinslaridan



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə5/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
GMZP MM (2)

Cho’kindi tog’ jinslaridan hosil bo’lgan qoya gruntlarining mustahkamligi ham birmuncha yuqori, ammo ularning ba‘zilari suv ta‘sirida eruvchanlik xususiyatiga ega. Bu gruntlarning ishonchliligi ulardagi qattiq zarrachalarni bog’lovchi minerallarning turiga bog’liqdir. Kvartsli va temirsimon minerallar bilan tsementlangan qoya gruntlari suvda deyarli erimaydi, gilli tsement bilan bog’langan gruntlar esa suv ta‘sirida erib, o’zlarining bikrligini ham yo’qotishi mumkin.
Siqilishga vaqtinchalik qarshiligi 5 MPa dan kam bo’lgan mergellar, oxaktoshlar, alevrolitlar, argillitlar, burlar, toshtuzlar va boshqalar yarim qoya gruntlari deb ataladi. Bu gruntlarning ko’pchiligi tashqi muxit ta‘siriga chidamsiz bo’lib, gidrotexnika inshootlari qurilishida odatda ular sun‘iy usullar bilan mustaxkmlanadi.
Qattiq zarrachalari kuchsiz bog’langan gruntlar. Bu gruntlarning xossalari ulardagi qattiq zarrachalarning miqdori va o’lchamlariga ko’p jihatdan bog’liqdir. Yirikligiga ko’ra qattiq bo’laklar yoki zarrachalar quyidagicha nomlanadi: silliq yoki qirrali xarsang tosh (d > 200 mm); qayroqtosh yoki qirrali tosh (d = 200...40 mm); shag’al va chaqirtosh (d = 40...2 mm); qum (d = 2...0,05 mm); chang (d = 0,05...0,001 mm); gil ( d < 0,001 mm).
Qattiq zarrachalarni yuqoridagi o’lchamlar bo’yicha farqlash faqat bir xil nomli zarrachalardan tashkil topgan gruntlarning o’ziga xos tomonlari va xossalari mavjudligiga asoslangan. Masalan, tarkibi faqat tosh yoki shag’aldan tashkil topgan grunt qattiq skeletga va yuqori mustahkamlikka ega, o’ta suv o’tkazuvchan, suvning kapillyar ko’tarilishi ularda kuzatilmaydi.
Zarrachalari kuchsiz bog’langan gruntlar o’z navbatida yirik bo’lakli, qumli va gilli gruntlarga bo’linadi.
Yirik bo’lakli gruntlarning tarkibida har xil o’lchamga va shaklga ega bo’lgan qattiq elementlar bo’lishi mumkin. Lekin ular massasining yarmidan ko’progini o’lchamlari 2 mm dan katta bo’lgan tosh yoki shag’al tashkil etishi kerak. Yirik bo’lakli gruntlar dastlabki tog’ jinslarining harorat, suv, shamol singari fizikaviy omillar ta‘sirida yemirilishidan hosil bo’lgan. Bosim ta‘sirida kam siljishi, yuqori mustahkamlik va katta suv o’tkazuvchanlik ularning o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Yirik bo’lakli gruntlarning xossalari ularning tarkibida ko’pincha mavjud bo’ladigan qum, chang va gil zarrachalarining miqdoriga ham bog’liqdir. Bu zarrachalar miqdorining oshib borishi grunt suv o’tkazuvchanligining kamayishiga olib keladi.
Qumli gruntlar tarkibining asosiy qismini yirikligi 2...0,05 mm oraliqda bo’lgan qum zarrachalari tashkil etadi. Bu zarrachalarning shakli ko’pincha yumaloqroq bo’lib, ular boshlang’ich tog’ jinslarining fizikaviy yemirilishidan hosil bo’lgan. Qumli gruntlarning tarkibida ko’pincha tosh, chang va gil zarrachalari ham mavjud bo’ladi. Changsimon zarrachalar aslida dastlabki tog’ jinslarining yemirilish jarayonida qum bilan birga paydo bo’lganligi uchun ularning mineralogik tarkibi va boshqa xususiyatlari o’xshashdir. Gil zarrachalarining nisbiy miqdori qumli gruntlarda 3% gacha bo’lishi mumkin.
Tarkibiga ko’ra qumli gruntlar quyidagi turlarga bo’linadi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin