Œзбекистон республикаси олий ва œрта


Gruntlarning qattiq zarrachalari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/46
tarix27.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
GMZP MM (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Illit
1.3. Gruntlarning qattiq zarrachalari
va donadorlik tarkibi
Gruntning qattiq qismi mineral zarrachalar majmuidan iborat bo’lib, yemirilgan tog’ jinslarida ularning o’lchamlari bir necha santimetrdan millimetrning mingdan bir ulushigacha o’zgarishi mumkin.
Yirik bo’lakli zarrachalar odatda ko’p mineralli bo’ladi. Magmatik tog’ jinslarining asosini kvarts, dala shpati, avgit, slyuda, talk, xlorit singari birlamchi minerallar tashkil etadi. Metamorfik tog’ jinslarning tarkibi birlamchi minerallardan tashqari ikkilamchi minerallardan ham iborat bo’ladi. Cho’kindi tog’ jinslarining tarkibida barcha keng tarqalgan birlamchi (kvarts, dala shpati, slyuda va boshqalar) va ikkilamchi (kaltsit, gips, angidrit, dolomit, gilli minerallar va h.k.) minerallar mavjud bo’lishi mumkin.
Qum, chang va gil zarrachalari monomineral tuzilishga ega, ya‘ni ularning tarkibi qandaydir bir mineraldan iborat bo’ladi. Gil zarrrachalari qum va chang tarkibidagi birlamchi mineralning kimyoviy yemirilishidan hosil bo’lgan ikkilamchi mineraldan tashkil topadi. Shuning uchun ham ular namlanganda ko’pchib, quritilganda qotish xususiyatiga ega. Illit (gidroslyuda ), kaolinit va montmorillonit gil zarrachalari minerallarining asosiy vakillari hisoblanadi.
Gruntlarning xossalari qattiq zarrachalarining mineralogik tarkibidan tashqari har xil yiriklikdagi zarrachalarning nisbiy miqdoriga, ya‘ni donadorlik tarkibiga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. Gruntning turi va nomlanishi ko’pincha donadorlik tarkibi natijalariga asoslanib o’rnatiladi.
Donadorlik tarkibini baholashning ko’plab usullari mavjud bo’lib, amaliyotda asosan gidravlik va elash usullari qo’llaniladi. Gidravlik usullar turli yiriklikdagi (massadagi ) zarrachalarning suyuqlikda (masalan, suvda) har xil tezliklar bilan cho’kish qonuniyatiga (Stoks qonuniga ) asoslangan bo’lib, ular yordamida o’lchamlari 0,1 mm dan kichik zarrachalarni saralash mumkin. Yirik zarrachalarning tarkibi elash usulida o’rganiladi. Bunda ko’zlarining o’lchamlari ( di ) 0,1; 0,25; 0,5; 1,0; 2,0; 5,0 va 10,0 mm bo’lgan standart elaklar to’plamidan foydalaniladi.
Ma‘lumki, gilli gruntlarning donadorlik tarkibini gidravlik usullar bilan aniqlash ko’p vaqt va mehnat talab qiladi. Shu sababli, gil zarrachalarining salmog’i va grunt turini bilvosita gruntning plastiklik soni (Ip) bo’yicha ham o’rnatish mumkin (2-bo’limga qarang).
Sochiluvchan gruntlarning donadorlik tarkibini elash usuli bo’yicha o’rganishda har bir elakdagi xususiy ( nisbiy ) qoldiq quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:
Хi = mi 100% /  mi , (1.1)

bu yerda mi - berilgan elakda ushlanib qolgan grunt massasi ;  mi -namunaning umumiy massasi.


Gruntlarning donadorlik tarkibi jadval yoki grafik shakllarda ifodalaniladi. 1.1 - rasmda donadorlik tarkibi haqida ma‘lumot beruvchi umumiy qoldiq ( ( Xi) va lg(1000 di ) orasidagi bog’lanish grafigi ko’rsatilgan. Sinov natijalari bo’yicha qurilgan shunday grafik asosida gruntning bir jinslilik darajasi quyidagi nisbat bo’yicha baholanadi:

Kd = d60 / d10 , (1.2)


bu yerda d60 , d10 - umumiy qoldiqning 60 va 10 foizlariga mos keluvchi donalar (zarrachalar) yirikligi.
Donadorlik tarkibi ma‘lumotlari bo’yicha gruntning muhim ko’rsatkichlaridan biri - zarrachalarning o’rtacha vazniy yirikligini ham aniqlash mumkin:
100
d 0 = ------------- ( 1.3)
 (Xi / di )


1.1 – rasm. Gruntlarning donadorlik tarkibi





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin