Œзбекистон республикаси олий ва œрта


Fakat istiklolgina xalkimizga uz Vatanida uzini erkin xis kilish, chinakam milliy kadriyatlarni tiklash, uz milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə17/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#119417
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
узбек т. маъруза А.А.Э. Yu Ergasheva

Fakat istiklolgina xalkimizga uz Vatanida uzini erkin xis kilish, chinakam milliy kadriyatlarni tiklash, uz milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi.

Mustakillikka erishilgach, xalkimiz oldida keskin muammolar kundalang buldi, Bular:

Birinchidan, eski ma‘muriy-buyrukbozlik tizimini, unga muvofik bulgan xokimiyat va boshkaruv organlarini tugatish;

Ikkinchidan, yangi davlatchilikning siyosiy-xukukiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish;

Uchinchidan, Konstitutsiya va konunlarda kursatilgandek ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini xam markazdagi, xam joylardagi davlat xokimiyati organlarining yangi tizimini mustaxkamlab kuyish.

Yangi uzbek davlatchiliigining karor topish jarayoni xam tashki, xam ichki murakkab sharoitlarda ruy berdi.

Ichki siesatimizda biz bir-biriga boglik ikki vazifani xal kilishimiz lozim edi. Bu :


Yangi davlatchilikni barpo etishi;
Keng kulamli siesiy va iktisodiy isloxotlarni amalga oshirish;
Yangi mustakil davlatlarda isloxotlarni amalga oshirish shuni kursatmokdagi, bozor isloxatlarini ruyobga chikarish iktisodiyotda tanazzulga, axolining kupchilik kismi turmush sharoitining pasayishiga olib keldi. Bu jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bulishi mumkin.
Yangi davlatchiligimizni. Kup ishlar ibtidosidan boshlash; tashki siyosat faoliyat bobida yetarli tajribaga ega bulmagan xolda jaxon xamjamiyatida uz urnimizni topishga majbur bulgan bir vaziyatda karor topdirishga tugri keldi.
Umuman olganda Uzbekistonning yangi mustakil davlatchiligi murakkab sharoitlarda karor topdi. Mustakillikning dastlabki boskichida milliy davlatchilikka poydevor kuyildi.
Eski, ma‘muriy-buyrukbozlik tizimi va unga xos bulgan xokimiyat va boshkaruv organlari barxam toptirildi. Siyosiy va iktisodiy boshkarish xamda tartibga solishning kupgina tuzilmalari va organlari tugatildi. Ular demokratik kadriyatlar va tamoyillarga yunaltirilgan yangi davlatchiliikning karor topishi va erkin bozor iktisodiyotining poydevorlarini yaratish yulidagi asosiy tusik bulib keldi.
XX asrning sungi un yilligi insoniyat tarixida buyuk uzgarishlar davri sifatida kiradi: Chunki:
1) Mustamlakachilik va irkiy kamsitish tamomila yuk buldi; Sotsializm, uning kommunistik mafkurasi tugab ketdi;
2) Tarix saxnasiga yangi mustakil davlatlar chikdi va ular jaxon xamjamiyati mamlakatlari orasida uz urniga ega bulmokda;
3) Kuchlarning an‘anaviy joylashuvida Osiyo kit‘asi mamlakatlarning roli tobora ortib bormokda va buni xisobga olib, unga tuzatishlar kiritishga majbur bulinmokda;
4) Demokratik tarakkiyot kadriyatlari, tamoyillari va me‘yorlari tobora xamma bop bulib bormokda. Endilikda ularning zarurligi va amaliy ta‘sirini xech kaerda inkor etib bulmaydi. Shu bilan birga demokratiya va tarakkiyot tomon borishning uziga xos yullari borgan sari katta rol uynamokda.
Murakkablashib borayotgan kup kutbli dunyodagi shu kabi ulkan uzgarishlar Uzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iktisodiy rivojlanishini bevosita va bilvosita belgilab berdi. Borgan sari ochiklik, demokratik tamoyillarga, umuminsoniy kadriyatlar va me‘yorlarga mansublik siyosati respublika ijtimoiy xayotini demokratlashtirish jarayonida kurinadi. Shuningdek, bu uzgarishlarning jaxon xamjamiyati kuz ungida idrok kilinishiga xam ta‘sir kursatib, respublikaning xozirgi obru-e‘tiborini yanada oshiradi.
Demokratik tamoyillar, kadriyatlar va institutlar xayotimizning barcha soxalariga kirib bormokda.
Jamiyatda mavjud manfaatlar va munosabatlarni mujassam xolda ifodalovchi, ijtimoiy-siyosiy institut bulmogi lozim bulgan demokrati, xukukiy davlatning karor topish jarayonini kanday utadi?
Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatni demokratik yuldan rivojlantirishning xukukiy kafolatidir.
Asosiy Konun demokratik jamiyatning karor topishiga kushgan juda katta xissasi shundan iboratki, u mavxum jamiyat yoki umuman xalkning emas, balki muayyan insonning extiyojlari, manfaatlari, xukuk va erkinliklariga karatilgan. Konstitutsiyaviy me‘yorlar va konunlarning ustivorligi fukarolik jamiyati asoslarini karor toptirishning asosiy omilidir.
2. 1992 yil dekabrida Uzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining kabul kilinishi mamlakat xayotida ulkan siyosiy vokea, yangi Uzbekistonni karor toptirish jarayonidagi muxim kadam buldi.
Konstitutsiyaga muvofik, davlat xokimiyati organlarining avvalgi totalitar tuzimdan mutlako fark kiladigan, xokimiyat-larining, ya‘ni konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlarning bulinishi printsipiga asoslangan tizimi yaratildi.
Tashkil etilgan ijro etuvchi xokimiyat organlari tizimi oldingilardan tubdan fark kiladi. Ular rejalash-taksimlash vazifalaridan xoli bulib, iktsodiy siyosatni muvofiklashtirish va tartibga solish rolini bajaradi. Kuplab vazirliklar urniga bozor sharoitlariga mos bulgan xujalik birlashmalari, uyushmalari, kontsernlar, korporatsiyalar, xolding kompaniyalar tashkil etildi.
Prezident I.Karimov uzining “Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyot yuli” nomli kitobida “...Konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarning tuzilmasini tubdan yaxshilash, respublika xokimiyati bilan maxalliy xokimiyatning vakolatlari va vazifalarini anik belgilab kuyish, adolatli va insonparvar konunchilikni vujudga keltirish mumkin”, - deb takidlagan edi.
Ma‘lumki, 1990 yilda Uzbekistonning yangi tarkibdagi Oliy Kengashi Uzbekistonning mustakilligini ta‘minlashga karatilgan yangi konunchilik tizimini vujudga keltirish yulidan bordi va uni kadamma-kadam shakllantirishni boshlangan edi. Xususan, Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezident sayladi, Mustakillik Deklaratsiyasini, Uzbekistonning davlat mustakilligi asoslari tugrisida konstitutsiyaviy konunni va boshka muxim xujjatlarni ishlab chikdi va kabul kildi.
Uzbekiston Konstitutsiyasining XVIII bobi Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirishga bagishlangan va uning 76-moddasida: “Uzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Oliy davlat vakillik organi bulib, konun chikaruvchi xokimiyatini amalga oshiradi”, - deb mustaxkamlab kuyilgan. 1994 yil 25 dekabrda Oliy Majlisga saylovlar utkazildi va unga 250 deputat saylandi. 1995 yil fevralida bulib utgan Uzbekiston Respublikasinig Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov “Uzbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iktisodiy istikbolining asosiy tamoyillari” tugrisida keng kamrovli ma‘ruza kildi. Prezident uz ma‘ruzasida: - “Vakillik xokimiyatini vujudga keltirishining jaxondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. Uzbekiston Parlamenti-Oliy Majlis ilk marta kuppartiyaviylik asosida saylandi”, - dedi.
Insoniyat tarixidan ma‘lumki, xar kanday jamiyatda davlat va boshkaruv usha davlat Konstitutsiyasida kuzda tutilgandek, uning tub maksadlariga mos bulishi kerak.. Buni Uzbekiston mustakillikka erishgandan keyingi ijtimoiy xayot xam takozo kila boshladi. Uzbekistonda prezidentlik instituti urnatilgan dastlabki davrda Vazirlar Kengashi ijroiya xokimiyati sifatidagi xukukiy makomini va vakolatlarini saklab kolgan edi. Respublikada demokratik jamiyat kurish borasida boshkaruv idoralari tabora takomilashib bordi. Xususan, yangi jamiyat kurish borasida tajribalar ortishi bilan Prezidentlik boshkaruvi xam rivoj topib bordi. Bu borada 1990-1992 yillarda amalga oshirilgan ishlarni misol kilish mumkin.
Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida: “Uzbekiston Respublikasining Prezidenti Uzbekiston Respub-likasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshligidir. Uzbekiston Respublikasining Prezidenti ayni vaktda Vazirlar Maxkamasining Raisi xisoblanadi”, deb kayd kilinadi.
Konstitutsiyada kuzda tutilganidek Uzbekiston Respublikasi ijroiya xokimiyati Prezidentlik xokimiyati va Vazirlar Maxkama-sidan iborat Respublika Prezidenti koshida ijro etuvchi xokimiyat devoni tuzilgan bulib, unga Prezident raxbarlik kiladi. Vazirlar Maxkamasi Prezident tomonidan tuziladi va Respublika Parla-menti tomonidan tasdiklanadi. Vazirlar Maxkamasiga Prezident Raislik kiladi.
Jaxon davlatchiligi tarixi jamiyatning bir xolatdan ikkinchi xolatga utishi kabi inkilobiy uzgarishlar jaraenini kup kurgan. Ana shunday murakkab sharoitda turli davlatlar turlicha yul tutishgan. Birok, tajriba shuni kursatadiki, tub burilish paytida kuchli ijro xokimiyatini vujudga keltirish, boshkaruv tizginini bir kishi kulida maxkam tutishi zarur ekan, Anikrok kilib fan tili bilan aytganda, davlat raxbari ayni paytda ijro xokimiyatining raxbari xam bulmogi lozim.
Ba‘zilar kuchli ijroiya xokimiyati diktatura va zuravonlikni keltirib chikaradi, tashabbuslarni bugib tashlaydi, erkin fikr va ijodiy gayratni sundiradi, deyishadi. Prezident I.Karimov esa kuchli ijroiya xokimiyatini jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlar, yangicha tafakkur, tashabbus va isloxchilik faoliyatini utmish illatlaridan, bokimandalik, sustkashlik va tekinxurlik kasalligidan asrash, konunning tula kuvvat bilan ishlashini ta‘minlash zaruriyati deb tushunadi. Prezident I.Karimov tasavvurida kuchli ijroya xokimiyati, eng avvalo konunlar va boshka aktlarning tula ijro etilishini ta‘minlash, ikkinchidan, boshkaruv organining uzi xam amaldagi konunlarga buysunib, ular doirasida faoliyat kursatishi demakdir.
Prezident Islom Karimovning Prezidentlik lavozimidagi faoliyatni sinchkovlik bilan kuzatib, “Agar ogox sen...” kitobida tanikli jurnalist, siyosatshunos olim Narzulla Juraev keltirgan xulosalar kitobxonni befark koldirmaydi. “Ayrim muxoliflarimiz, - deb kayd kiladi muallif uz asarida, - Prezident Islom Karimovni yakka xokimlikda, boshkaruv organlarining asosiy buginlarini uz vakolatiga olganlikda ayblashadi. Darxakikat u Respublika Prezidenti va ayni paytda mamlakat Vazirlar Maxkamasining xam raisi. Ana shu nuktai nazardan muxoliflar mamlakatda Parlamentar-Respublika boshkaruvi joriy etilishi tarafdori bulishmokda. Birok, bu bir yoklama gap va tarixiy tajribani bilmaslik okibati. Ularning fikricha boshkaruvning Prezidentlik-Respublika shakli totalitar tuzumiga olib kelar emish” ( Juraev N. Agar ogox sen ... Portretga chizgilar. siyosiy esse. - T.,: “ Yezuvchi”, 1998, 48 - bet )
Boshkaruvning Prezidentlik Respublika usuli nima? Prezidentlik-Respublika boshkaruvida, eng muximi xokimiyat bulinishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya‘ni, konun chikaruvchi, ijro va sud xokimiyati bir-biriga daxlsiz xolda ish olib boradi. Prezidentlik-Respublika boshkaruvida ijro xokimiyati Prezident kulida buladi. Bu usul imkoniyatlarini dunyo tan olgan.
Uz-uzidan savol tugiladi: Nima uchun Prezident Islom Karimov boshkaruvning aynan shu yulini tanladi? Bu masalaning ikki tomoni bor:
Birinchidan, azaldan Sharkda davlat kanchalik demokratiyaga keng imkoniyat yaratib bergan bulmasin, kuchli xokimiyat mavjud bulgan. Eng ulug va adolatpesha davlat boshligining bir kulida kilich, ikkinchisida ma‘rifat bulgan. Kilich xamma vakt xam ishga solinmagan, u tinchlik, adolat va xakikatga xizmat kilgan. Aks xolda, xar kanday xokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi mumkin.
Ikkinchidan, boshkaruvning Parlamentar - Respublika usulida Prezident Parlament yigilishida uning a‘zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik - Respublika boshkaruvida esa umumxalk saylovi yuli bilan barcha fukarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident uz vakolatini Parlamentning sanokli a‘zolaridan emas, keng xalk ommasidan oladi.
Uzbekistonda demokratik jarayonlarni chukurlashtirishda sud xokimiyatini shakllantirsh muxim axamiyatga ega. Shuning uchun xam mamlakatda mustakillik yillarida sud isloxotlarini izchillik bilan utkazishga aloxida e‘tibor berildi. Oliy Majlisning 1995 yil fevralda bulib utgan birinchi, 1995 yil dekabrda bulgan IV va 1996 yil avgustda bulgan VI sessiyalarida sud xokimiyati uchinchi, mustakil xokimiyat tarmogi ekanligi, odil sudlov tizimini shakllantirish va demokratiyalashtirish lozimligi kursatildi. Oliy Majlisning VI sessiyasida Prezident Islom Karimov “Sud isloxotini chukurlashtirish, xokimiyatining uchinchi, mustakil va karam bulmagan tarmogi sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish-xukukiy davlatni mustaxkamlashning yana bir muxim yunalishidir... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning xukuklari va manfaatlarini ximoya kiluvchi organga aylanib, xakikatdan xam mustakil bulib kolishi lozim”, - dedi.
Uzbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Uzbekiston Resublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Uzbekiston Respublikasi Oliy xujalik sudi, shu muddatga saylanadigan viloyat sudlari, tuman, shaxar xujalik sudlaridan iborat.
1996 yildan boshlab sud isloxotlarining ikkinchi boskichi boshlandi. Oliy majlisning 1996 yil 26 dekabrda bulgan VII sessiyasida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodekslariga jiddiy uzgarishlar kiritildi.
Sud xokimiyati Konstitutsiya va xalk tomonidan sudga berilgan jinoyat, fukoralik va ma‘muriy xamda xujalik ishlari buyicha xukuk va adolat, konun ustivorligi tamoyiliga amal kilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir.
Uzbekiston mustakilligi yillarida maxalliy xokimiyat organlari tubdan islox kilindi. Bu tizim tarkibiga viloyat, tuman, shaxarcha, shaxarlar tarkibidagi tuman, shaxar, kishlok, posyolka doirasidagi xokimiyat muassasalari majmui kiradi.
Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chikkan xolda va “Uzbekiston Respublikasi maxalliy xokimiyat idoralarini kayta tashkil etish tugrisida”gi Konunga mavofik viloyat, shaxar va tumanlarda xokim lavozimi ta‘sis etildi. Viloyat, tuman, shaxar xokimi maxalliy xududning oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli xudud ijroiya xokimiyatini boshkaradigan buldi.
Uzbekistonda uzini-uzi boshkarish organlarini tashkil etishga katta e‘tibor berildi. Uzbekiston Konstitutsiyasida uz-uzini bokarish organlarini tuzish tartiblari belgilab berilgan. Konstitutsiyaning 105-moddasida shaxarlardagi maxallalarda xamda shaxarcha, kishlok va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi maxallalarda fukarolarning yiginlari uzini-uzi boshkarish organlari xisoblanadi, deb belgilab kuyilgan. Fukarolarning yiginlarida ikki yarim yil muddatga maxalla raisi ( oksokoli) va uning maslaxatchilari saylanadi.
Markaziy Osiyo mintakasi va musulmon sharkida davlat kurilishi va boshkaruv tajribasi uziga xos xususiyatlarga va uziga xos an‘analarga ega. Sharkda kadimdan ijtimoiy-siyosiy xayotda maxallalarning roli salmokli bulgan.
Maxalla azaldan Markaziy Osiyodagi shaxarlar ichidagi, xududiy birlik bulib, u bizga utmishdan meros bulib kolgan. Maxalla; - uz-uzini boshkarishning asosiy bugini. U axolining ijtimoiy masalalarini xal etishda muxim rol uynaydi. Maxallachilik uzok an‘analarga va xalkimiz tarixiga, uning boy ma‘naviy-axlokiy udumlariga boglik bulgan ulkan xayot maktabidir.
Mamlakatimizda maxallalarni tashkil etishga xomiylik kiliishda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika “Maxalla” xayriya jamgarmasini tashkil etish tugrisidagi 1992 yil 12 sentyabrdagi xamda mamlakat “Maxalla” xayriya jamgarmasiga mablag ajratish tugrisidagi 1992 yil 8 oktyabrdagi farmonlari katta siyosiy va ijtimoiy axamiyatga ega buldi.
3. Ma‘lumki 1995 yildan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy- siyosiy jarayonlarning, tub isloxotlarning ikkinchi davri boshlandi. Bu boskichning vazifalari va xususiyatlarini Prezident I. Karimov Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevral-dagi birinchi majlisida kilgan “Uzbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iktisodiy istikbolning asosiy tamoyillari” nomli ma‘ruzasida belgilab berdi.
Bu dasturiy ma‘ruzada jamiyatni demokratiyalashtirishning muxim shartlari kursatilgan. Bu shartlar nimalarda iborat?
Demokratik jarayonlar uz ob‘ektiv konuniyati asosida rivojlanadi. Tabiiyki, bu konuniyatlarni urganib borish va ularga amal kilish talab etiladi.
Birinchidan, tub yangilanish davrida milliy an‘analarga, kolaversa, Sharkona demokratik jarayonlarning uziga xos xususiyatlariga tayanib ish tutish, ulardan yangi uzgarishlarga mos xolda okilona foydalanish zarurdir.
Jamiyatni demokratiyalashtirishning ikkinchi muxim sharti - bu odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik uzgarishlar darajasi va sur‘atlari bir-biriga kanchalik mutanosib ekanligini xisobga olishdir.
Tarixiy tajribalar shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib kur-kurona kuchirish aslo samara bermaydi. Demokratiyaning uz-uzidan vujudga kelmasligini xam insoniyat bosib utgan tarakkiyot yuli isbotlaydi. Prezident I.Karimov bu xususda shunday ta‘kidladi: “Demokratiyaga tinimsiz akliy va jismoniy mexnat kilib, ter tukib, xayotning achchik-chuchugini obdan totib, kiyin, aytish mumkinki, xatto fojiali tajribalarni xam boshdan utkazib, ogir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin” (I.Karimov: “Uzbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iktisodiy istikbolining asosiy tamoyillari”. T., “Uz-bekiston” 1995 11-bet).
Demokratik jarayonlarning uchinchi sharti shuki, demokratik jarayonlar xalkimiz milliy madaniyatining uziga xos jixatlarini xisobga olib, uning tabiatini uzida mujassam etmogi kerak.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy xayotidagi, tub isloxatlarni amalga oshirishdagi 1995 yildan boshlangan jarayonlar ikkinchi boskichning bosh vazifasi demokratik jarayonlarni chukurlashti-rishdan iborat edi.
Uzbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 1996 yil 26 avgustida bulib utgan VI sessiyasida nutk suzlagan Prezident I.Karimov ana shu yangi davrni ta‘rifladi va demokratik jarayonlarni chukurlashtirish tamoyillarini kursatib berdi:
1) Jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha soxalarida tub isloxotlarni amalga oshirish, shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzok davom etadigan uzluksiz jarayondir. Jamiyatda demokratiyani chukurlashtirish izchillikni takozo etadigan, sobitkadamlik bilan turli karshiliklarni va tuskinlarni yengib, eskicha koliplarni sindirib tashlab, yangicha tafakkur tarzini joriy kiladigan murakkab jarayondir;
2) Jamiyatni demokratlashtirish - bu bevosita iktisodiy isloxotlardan tortib xukukiy, siyosiy va ma‘naviy yangilanishlarga tayangan vokelik. Afsuski, “demokratiyalash jarayonining ayni ana shu xukukiy, siyosiy va ma‘naviy jarayonlari iktisodiy tarakkiyotdan orkada kolmokda” deb sessiyada ta‘kidlangan edi. Uz navbatida bu xolat xokimiyatning konun chikaruvchi, ijro etuvchi va sud tizimlari xamda jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish, ta‘sirchanligini va ish samaradorligini oshirish zarurligini kursatadi. Anikrogi, ular faoliyatini inson xukuklari va erkinliklarini ximoya kilishning butun bir tizimini yaratishga, bu soxada uzok muddatli pirovard maksadlarni inobatga olgan strategik dasturlarni ishlab chikishga, shu yul bilan odamlar tafakkurida uzgarish yasab, jamiyat ma‘naviy kiyofasini shakllantirishga safarbar etish lozimligini kursatadi;
3) Konun ustivorligiga erishish, konun oldida barchaning tengligini ta‘minlash lozim. Eng avvalo xukuk-targibot ishlarini, konunlar va boshka me‘yoriy xujjatlarni xalkaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma‘lumki, xozirgi paytda jaxonda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud bulib, ularning barchasi jaxon xamjamiyatida tan olingan tamoyillar xisoblanadi;
4) Axolining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga kanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fukaro siyosiy va ijtimoiy jixatdan faol bulsa, u uz-uzini boshkarishga va shu orkali jamoa xarakatini shakllantirishga, uning mazmunini chukurlashtirishga kodir buladi. Fukaro uzini erkin xis kilsa, erkin fikrlasa, oldin fikrining tugriligiga, jamiyat uchun foydaligiga ishonsa, sung uni xech kiynalmasdan bayon kilsa, ana shundagina demokratiya uz-uzidan jamiyatning tarkibiy kismiga aylanadi, unda mustaxkam urnashib oladi;
5) Oliy Majlisning VI sessiyasida xokimiyat bulinishi tamoyillariga kat‘iyan amal kilish demokratik jarayonlarni chukurlashtirishning muxim omili sifatida kursatildi. Bu ayniksa, utish davrida jamiyat boshkaruvini takomillashtirishga, uning barkarorligini ta‘minlashga, fukaro va jamiyat urtasidagi uzaro bogliklikni chukurlashtirishga zamin yaratadi.
Ana shu tamoyillarning barchasiga rioya kilish xukukiy demokratik davlat ildizlarini chukurlashtirishga, uni xar jixatdan mustaxkamlashga, davlatni kudratli mexanizmga aylantirishga yordam beradi.
Prezident I.Karimov bosh isloxotchi-davlatning istokbol rejalari va strategik dasturlari xususida gapirar ekan, kuyidagi xulosani urtaga tashladi:
“SHunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy xokimiyat uz sa‘y-xarkatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fukarolarning xavfsizligi, tartib-intizom, tashki siyosat, valyuta-moliya, solik tizimini shakllantirish, konunlar kabul kilish va jamiyatning boshka strategik vazifalarni amalga oshirish singari asosiy umum milliy vazifalarga karatmogi zarur.
Boshka masalalarni xal etish esa asta-sekin markazdan joylarga, davlat xokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fukarolarning uz-uzini boshkarish organlariga utkazilishi lozim”.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chukurlashadi, fukorolarning ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda maxalliy uz-uzini boshkarish organlari ishi bevosita barcha fukarolarning ishtiroki asosida takomillashib boraveradi.
Siyosiy va ijtimoiy xayotda demokratiyaning urni va moxiyati tugrisidagi fikr va muloxazalarni Prezident I.Karimov uzining “Uzbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolotlari “nomli kitobida yanada kengrok ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitdi (T.,“Uzbekiston”,1997). Xususan, kitobda demokratiya tushunchasiga kuyidagicha ta‘rif berilgan:
“Umumiy tarzda demokratiya deganda xammaning manfaatlari yulida kupchilikning xokimiyati va ozchilikning irodasini xurmat kilish tushuniladi. Batafsil taxlil kilinganda esa demokratiya-xalkning uz erkinligi va mustakilligiga karashlari xam, xar bir shaxsning manfaatlari va xukuklarini uzboshimchalik bilan cheklashlar va shu yusindagi xarakatlardan ximoya kilish xam, fukarolarning uz-uzini boshkarish shakli xam ekanligi ayon buladi” (usha kitob, 180 bet)
Prezident I.Karimov jamiyatda demokratiya kay darajada ekanligini aniklaydigan kamida uchta mezon borligini ta‘kidlaydi.
Birinchisi - xalk karorlar kabul kilish jarayonlaridan kanchalik xabardor ekanligi;
Ikkinchisi - Xukumat karorlari xalk tomonidan kanchalik nazorat kilinishi;
Uchinchisi - oddiy fukarolar davlatni boshkarishda kanchalik ishtirok etish; “Ana shu uch soxada xakikiy siljishlar bulmas ekan;-deb yozadi I.Karimov - demokratiya xakidagi xamma gap-suzlar yo xalkka xushomad kilish, yoki oddiy siyosiy uyin bulib kolaveradi” (usha kitob, 181 bet).
Uzbekiston Prezidenti I.Karimov 1999 yil 14 apreldagi birinchi chakirik Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida kilgan “Uzbekiston XXI asrga intilmokda” nomli ma‘ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi, isloxatlarni chukurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustivor yunalishlarini belgilab berdi. Shunday muxim ustivor yunalishlardan biri-mamlakat siyosiy xayotini, davlat va jamiyat kurilishini yanada erkinlashtirishdir.
Davlat kurilishi va fukarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi katta axamiyat kasb etishini aloxida kayd kilar ekan Prezident I.Karimov shunday dedi: “Bu boradagi asosiy vazifalar xokimiyat barcha tarmoklarining bir-biridan mustakil xolda ish yuritish tamoyillarni mustaxkamlash, xokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fukarolarni uz-uzini boshkarish organlariga boskichma-boskich utkaza-borish, ularning xak-xukuklari va erkinliklarini muxofaza etishni kuchaytirishdan iborat” (“Uzbekiston XXI asrga intilmokda”, T., “Uzbekiston” 1999, 17-bet).
1999 yildan mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy xayotida, iktisodiy isloxotlar soxasida yangi boskich boshlandi. Bu boskichda ya‘ni davlat ijtimoiy tuzilmalar va maxalliy xokimlik idoralarning dikkat markazida jamiyatni yangilash va islox etish buyicha turgan vazifalarni Prezident I.Karimov ikkinchi chakirik Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi (2000 yil 22 yanvar) “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot - pirovard maksadimiz” ma‘ruzasida belgilab berdi.
Xususan, siyosiy soxadagi vazifalar kuyidagilardan iboratligi kayd etildi;
mamlakat siyosiy xayotining barcha soxalarini, davlat va jamiyat kurilishini erkinlashtirish;
mamlakat siyosiy xayotida xakikiy ma‘nodagi kuppartiya-viylik muxitini karor toptirish;
nodavlat tuzilmalar, xukumatga karashli bulmagan va jamoat tashkilotlarning, fukarolarning uzini-uzi boshkarish organlarining faoliyatini yanada mustaxkamlash va rivojlantirish; Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi kuchayib borgani sari, davlat uz vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fukarolarning uzini-uzi boshkarish organlariga boskichma-boskich utkazib borishi zarur.
jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va karashlar rang- barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini yaratish;
inson xukuklari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik kadriyatlarni yanada mustaxkamlash va rivojlantirish;
Sessiyada davlat kurilishi va boshkaruvi soxasidagi muxim vazifalvridan biri-xokimiyat tizimlari bulinishining konstitu-tsion printsipiga amal kilinishini ta‘minlashdan iborat deb kursatildi. Konun chikaruvchi xokimiyat - Oliy Majlis va joylardagi vakillik organlari bulgan viloyat, shaxar va tuman kengashlarining Konstitutsiya xamda konunlarda ularga berilgan vakolat va nazorat vazifalalrining suzsiz amalga oshirilishiga erishish zarur.
Mustakillikning utgan davrida davlat kurilishi va boshkaruvi tizimida anchagina ijobiy ishlar amalga oshirilganiga karamay, markazda va joylarda amaldagi boshkaruv tizimining xar bir bugini uz vazifasi, vakolatlari va mas‘uliyatini yaxshi va chukur anglaydigan, uni yukori malaka bilan bajaradigan yaxlit samarali mexanizm sifatida faoliyat kursata olmayotganligi I.Karimov ma‘ruzasida kayd etildi.
SHuning uchun “mamlakatda amaldagi Konstitutsiya va konunlarga muvofik faoliyat kursatadigan, ishni barkaror va faol tashkil kiladigan, uz moxiyatiga kura jamiyatimizning olga siljishiga xalakit berayotgan barcha illat va eski asoratlarga karshi kurasha oladigan tizimni vujudga keltirish zarur”- deb kursatdi Prezident I.Karimov (“Xalk Suzi”, 2000 yil 23 yanvar).
SHunday kilib, mustakillikka erishgan xur Uzbekiston uz istiklolining dastlabki kunlaridan boshlab Prezident Islom Karimov raxnamoligida uzining istoklol va tarakkiyot yulini belgilab oldi. Bu yul demokratik xukukiy davlat va fukarolik jamiyatini barpo kilish yulidir.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin