Tarqatma materiallardan namunalar
1-tarqatma material
Bo’sh katakni to’ldiring. Narxning funktsiyalarini izohlab bering. Narx sanab o’tilgan funktsiyalardan tashqari qanday vazifalarni bajaradi? Ko’rsating.
2-tarqatma material
Birgalikda jinoyat sodir qilgan ikki hibsga olinganlar quyidagi to’rt variantdan birini tanlashdan boshqa iloji yo’q.
«Hibsga olinganlar» dilemmasi matritsasi
|
2-si bo’yniga olmaydi
|
2-si bo’yniga oladi
|
1-si bo’yniga olmaydi
|
1 variant
|
2 variant
|
Birinchisi qattiq jazodan qutiladi
|
Ikkinchisi qattiq jazodan qutiladi
|
1-si umrbod qamoq jazosi oladi
|
Ikkinchisi qo’yib yuboriladi
|
1-si bo’yniga oladi
|
3 variant
|
4 variant
|
Birinchisi qo’yib yuboriladi (ozodlikka chiqadi)
|
Ikkinchisi umrbod qamoq jazosi oladi
|
Birinchisi uzoq muddatli qamoq jazosi oladi
|
Ikkinchisi uzoq muddatli qamoq jazosi oladi
|
Bu holatda eng ehtimolligi yuqori to’rtinchi variant – ikkala jinoyatchi ham uzoq muddatli qamoq jazosi oladi. Bu ularni egoistik motividan kelib chiqadi. Lekin har ikkisi uchun eng manfaatiga mos keladigani 1-variant.
Firmalar oligopolistik raqobat sharoitida ana shu dilemmada4 ko’rsatilgan holatga juda ko’p marta duch kelishadi. Ular bozorni katta qismini egallash uchun raqobatda raqiblari bilan agressiv kurashishlari kerakmi yoki aksincha, hamkorlik qilib raqobatlashish, hatto yashirin kelishish orqali, masalan narxni oshirish kerakmi yoki yo’qligi borasida, faoliyat yuritishlari kerakmi?
Iqtisodiyotda shunday vaziyat uchun teng kuchli ikki xil echim mavjud. Birinchisi Pareto echimi bo’yicha qaror qabul qilish (har ikkisini ham qo’yib yuboriladi). har ikkisi uchun ham eng ma’qul qarorga kelinadi. Bu bozor qatnashchilarining birontasi boshqalariga zarar etkazmay ahvolini yaxshilay olmaydigan vaziyatga xos.
Ikkinchisi, Nesh echimi bo’yicha qaror qabul qilish (har ikkisi ham bo’yniga oladi). U raqiblardan hech qaysisini o’zicha qarorini o’zgartirishi bilan yutug’ini ko’paytira olmaydigan vaziyatga xos.
3-tarqatma material
Dostları ilə paylaş: |