Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə8/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

T/ N


1. Individual ehtiyoj bu har bir oilaning, jamoaning ehtiyoji bo’lib, u birgalikda yashash va faoliyat yuritishga bo’lgan ehtiyojni o’z ichiga oladi.
2. Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari: mehnat jamoasi, turli uyushmalar ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
3. Umumjamiyat ehtiyojlari mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir.
4. Mahallada militsiya tayanch punkti ochildi. Uni individual ehtiyojga misol qilsa bo’ladi.
5. Atrof-muhitni holatini o’rganish uchun laboratoriya tashkil etildi. Bu umujamiyat ehtiyojini qondirishga kiradi.
6. Bizni ehtiyojlarimiz olgan axborotlarimizga ko’ra shakllanadi.
7. Ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig’imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti, uni anjomlar bilan bezashga intilish, aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo’lmasa kerak, deb ta’kidlagan Gegel.
8. Komfort(qulaylik)- umuman tugamaydigan narsa degan, Gegel.
9. Qaror qabul qilish uchun turli muqobil variantlarni tanlash mezonlari asosida taqqoslanadi.
10. Resurslarni cheklanganligi ham, imkoniyatlar kattaligi ham tanlashni zarur qilib qo’yadi. Faqat tanlash mezonlari tubdan farq qiladi.
11. Talaba oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qildi. Bu individual ehtiyojga kiradi.
12. Korxona kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun chet eldan so’nggi modadagi material xarid qildi. Bu individual ehtiyojni qondirish.


Testlar

  1. Resurslar cheklanganligi muammosini echish mumkin:

  1. agar hamma odamlar resurslarni tejashsa;

b) agar hamma ixtiyoriy ravishda o’z ehtiyojlarini cheklasa;
v) kelajakda, fan va texnika taraqqiyoti tovar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini bersa;
g) muammoni echib bo’lmaydi.



  1. Pulingiz etmagani sababli bir nechta qimmat, lekin sifatli, shu bilan birga bir nechta arzon daftar sotib oldingiz. Siz …

  1. resurslar cheklanganligi muammosiga;

b) resurslar cheklanganligi tufayli murosali tanlovning zarurligiga;
v) resurslar cheklanganligi, murosali tanlov zaruriyati va muqobil qiymatni baholash muammosiga;
g) resurslar cheklanganligi va muqobil variantni baholash muammo-siga duch keldingiz.



  1. Quyidagi keltirilgan qaysi iqtisodiy tushunchalar ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ni ifodalaydi.

  1. talab va taklif;

b) yalpi talab va yalpi taklif;
v) ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi, murosali tanlov, muqobil qiymat;
g) mavjud ishlab chiqarish imkoniyati darajasida ehtiyojlarni qondirishning eng yaxshi usuli.



  1. Ishga avtobusda yoki marshrut taksida borish mumkin. Siz marshrut taksida borishni yoqtirasiz. «ToshshaHaryo’lovchitrans» shu liniyaga yangi «Mersedes» avtobuslarini qo’ydi, shu bilan birga yo’l xaqi ham oshirildi. Sizni marshrut taksidan foydalanish bo’yicha qaroringiz muqobil qiymati o’zgaradimi?

  1. o’sadi;

b) aniqlab bo’lmaydi;
v) kamayadi;
g) o’zgarmaydi.



  1. Iqtisodiyotning asosiy savollari quyidagi javob variantlaridan qaysi birida berilgan?

  1. nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish?

b) nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim ishlab chiqaradi?
v) nima ishlab chiqariladi, qanday iste’mol qilinadi, kim ishlab chiqaradi?
g) nima iste’mol qilinadi, qanday ishlab chiqariladi, kim iste’mol qiladi?



  1. Muqobil tanlov muammosi:

  1. faqat alohida kishilar oldida;

b) faqat firmalar oldida;
v) faqat davlat organlari oldida;
g) kishilar, firmalar oldida ham, davlat organlari oldida ham turadi.

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin