Ўзбекистон республикаси олий ва


Tarqatiladigan materiallardan namunalar



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə9/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Tarqatiladigan materiallardan namunalar:


1-tarqatma material
Quyidagi grafiklarga qarang

Ularni solishtiring va javobingizni izohlang.
2-tarqatma material
Hayotdagi turli tuman vaziyatda tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor shu variantlarni taqqoslashga tushadi.
Taqqoslashdagi mezonlar juda ko’p va xilma-xil bo’lib, ular ma’lum sharoit, vaziyat, qo’yilgan maqsad va boshqalarga bog’liq. Xuddi shu fikrni muqobil variantlar haqida ham aytish mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo’lsa tanlash, tanlash uchun esa taqqoslash zarur bo’ladi. Taqqoslash natijasida u yoki bu qarorga kelinadi. Bu jarayon alohida kishi, oiladan boshlab to butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish jarayonini quyidagi model orqali izohlash mumkin.

Qaror qabul qilishni qadam-baqadam modeli.
1. Muammoni aniqlash. Eng avvalo muammo (erishish lozim bo’lgan natija)ni ajratish, ayni shu vaqt, shu vaziyat uchun qaysinisi asosiy hisoblanadi, aniqlash zarur.
2. Muqobil variantlarni aniqlab chiqish (belgilangan natijaga erishishning turli usullarini aniqlash). Masalan: auktsion, musobaqa, navbatda turish, boshliqning qarori, mulk egasining xohishi va boshqalar.
3. Mezonlarni belgilash. (har bir variantni baholashning mezonlarini aniqlaydigan standartlarni belgilash.) Masalan: Hammaga teng shans, naflilik, eng yuqori narx, mukofot, qadr-qimmat, omad va Hokazo.
4. Muqobil variantlarni baholash (har bir mezon har bir muqobil variant uchun qo’llaniladi).
5. Qaror qabul qilish (Turli variantlar mezonlari bo’yicha taqqoslanadi va ulardan eng maqbuli tanlanadi).


3-tarqatma material
Qaror qabul qilish setkasi

Muqobil
variantlar





M e z o n l a r

Hammaga teng shans

Eng yuqori
narx

Qadr-qimmat,
naf

Mulk egasining tanlovi

Omad

Mukofot

Boshliq (o’qituvchi)ning qaroriga ko’ra






+


Lotereya o’tkazish

+










+




Auktsion




+

+










Konkurs

+




+







+

Mulk egasining xohishiga ko’ra










+







Albatta boshqa narsalar, maqsadlar uchun muqobil variantlar va qaror qabul qilish mezonlari boshqacha bo’ladi. Masalan: tadbirkorning qanday faoliyat turini tanlashi muqobil variantlari, maktabni bitiruvchining kelajakda qanday kasb tanlashi variantlaridan farq kiladi. Albatta mezonlari ham. Oliy Majlisga deputat nomzodiga ovoz berishda ham albatta muqobil variantlar ichidan o’zimiz belgilagan mezonlarga ko’ra qaror qabul qilamiz.
Undan tashqari imkoniyat cheklangan sharoitda bir xil mezon tanlasak, imkoniyat nisbatan katta bo’lgan sharoitda boshqa xil mezon tanlanadi.
Siz oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish uchun mutaxassislik tanlashda qanday mezonlarga asoslanib, qaror qabud qildingiz?

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin